Referat mavzu: Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar. Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar. Multimedia texnologiyalari. Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari. Distansion (masofaviy)


Multimedia ilovalarini ishlab chiqish texnologiyasi



Yüklə 175,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix22.06.2023
ölçüsü175,15 Kb.
#134180
növüReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Referat mavzu Ma\'lumotlar bazasi va banki haqida ma\'lumotlar. E

 Multimedia ilovalarini ishlab chiqish texnologiyasi
«Multimedia» tushunchasi
Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasi
Multimedia ilovalari shakllari
Multimedia ilovalari yaratish uchun vositalar


Hozirgi vaqtda ko’plab kompaniya va firmalarda seminarlar, uchrashuvlar, treninglar va
boshqa tadbirlarni o’tkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydala-nilmoqda.
Ma’lumot mazmunga boy, esda qoladigan va ko’rgazmali bo’lishi uchun ko’proq multimedia
texnologiyalari ishlatiladi. Bular matn, grafika va ovoz kabi ma’lumot-ning turli shakllarini
qayta ishlashga imkon beruvchi multimedia apparat vositalari bo’lish bilan birga amaliy
dasturlar paketlari ham. Multimedia bir necha ta’rifga ega:
Multimedia – turli ma’lumotlarni ishlab chiqish, ishga tushirish, qayta ishlash vositalarini
qo’llash tartiblarini ta’riflovchi texnologiya;
Multimedia – kompyuter apparat ta’minoti (kompyuterda kompakt-disklar o’qish qurilmasi
– CD-Rom Drive, uning yordamida ovozli va videoma’lumotni eshittirishga yordam
beradigan ovoz va videoplata, joystik va boshqa maxsus qurilmalarning mavjudligi);
Multimedia – bu bir necha ma’lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi.
Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multiplikasiya, videotasvir va fazoviy
modellashtirish kabi ma’lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi
tushuniladi.
Bunday vositalarning birlashishi ma’lumot qabul qilishning yangi sifatli darajasini
ta’minlaydi: inson passiv ravishda mahliyo bo’libgina o’tirmasdan, balki faol ishtirok etadi
ham. Multimedia vositalari bilan ishlovchi dasturlar ko’pmodallidir, ya’ni ular bir necha sezgi
organlariga bir vaqtda ta’sir qilgani uchun auditoriyaning qiziqishi va e’tiborini tortadi.
Multimedia ilova mazmuni muallif tomonidan ssenariy tayyorlash paytida atroflicha o’ylanadi
va texnologik ssenariyni ishlab chiqishda aniqlashtiriladi. Ta’limiy ma’lumot taqdim etishning
an’anaviy shakli – matn va statik grafika ko’p asrlik tarixga ega bo’lsa, multimediadan
foydalanish tajribasi yillar bilan o’lchanadi. Illyustrasiya, jadval va chizmalar mavjud bo’lgan
animasiya elementlari va ovoz jo’rligida taqdim etilayotgan chiroyli bezalgan multimediali
ilova o’rganilayotgan materialni qabul qilishni osonlashtiradi, tushunish va eslab qolishga
yordam beradi, ta’lim oluvchining bilim olishga bo’lgan faolligini oshirib, predmetlar haqida
aniqroq va to’laroq tushunchaga ega bo’lishini ta’minlaydi.
Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yo’naltirilgan turli-tuman, bir-biridan farqli
texnologik usullar mavjud. Ushbu ilovalarni yaratish va ulardan foydalanishda bir qator asosiy
texnologik tavsiyalarga amal qilishkerak. Multimedia ilovalarini yaratish uchun asos sifatida
materialni elementlarga bo’lish va iyerarxiya tarzida ko’rgazmali ravishda taqdim etishga
asoslangan holda tizimlashtirish usulini o’zida mujassam etgan materialni qamrab olish
modelini olish mumkin.
Multimedia ilovasini loyihalashning boshlang’ich bosqichida materialni qamrab olish
modeli quyidagilarga imkon beradi:
material mazmunini aniq belgilash;
mazmunni ko’rgazmali, aniq va ochiq tarzda taqdim etish;
multimedia ilova komponentlari tarkibini aniqlash.
Kompyuter ekranidagi ma’lumotni vizuallashtirish usullarini ishlab chiqishda psixologiya
yutuqlarini hisobga olish kerakligi bir qator umumiy tavsiyalarni shakllantirishga yordam
beradi:
ekrandagi ma’lumot tizimga keltirilgan bo’lishi kerak;


vizual ma’lumot davriy ravishda tovushli ma’lumotga almashib turishi kerak;
rang yorqinligi va/yoki tovush balandligi davriy ravishda o’zgarib turishi kerak;
vizuallashtirilayotgan material mazmuni juda ham sodda yoki juda ham murakkab
bo’lmasligi kerak.
Ekrandagi kadr formatini ishlab chiqishda va yaratishda ko’rish maydonini tashkil etishni
belgilovchi obyektlar orasida maqsad va munosabat borligini hisobga olish tavsiya etiladi.
Obyektlarni quyidagicha joylashtirish tavsiya qilinadi:
bir-biriga yaqin, ya’ni ko’rish maydonida obyektlar bir-biriga qanchalik yaqin bo’lsa, ular
shunchalik katta ehtimol bilan yagona, yaxlit obrazni tashkil qiladi;
jarayonlar o’xshashligi, ya’ni obrazlarning o’xshashligi va yaxlitligi qanchalik ko’p bo’lsa,
ular shunchalik katta ehtimol bilan uyg’unlashadi;
davom etish xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ya’ni ko’rish maydonida tartibli ketma-
ketlikning davom etishiga mos keladigan joylarda joylashgan elementlar qanchalik ko’p
bo’lsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan yaxlit yagona obrazga birlashadi;
obyektlar shakli, harf va raqamlar o’lchami, ranglarning to’qligi, matnning joylashishi va
boshqalarni tanlashda predmet va fonni belgilashning o’zigaxosligini hisobga olgan holda;
vizual axborotlarni ortiqcha detallar, yorqin va kontrast ranglar bilan bezamagan holda;
xotirada saqlash uchun mo’ljallangan materialning rangini o’zgartirish, tagiga chizish,
shrift o’lchamini va stilini o’zgartirish orqali ajratish.
Multimedia ilovalarini ishlab chiqishda turli rang va fonda tasvirlangan obyektlar insonlar
tomonidan turlicha idrok qilinishini hisobga olish kerakVizual axborotlarni tashkil etishda
predmetlarning fonga nisbatan kontrasti muhim rol o’ynaydi. Kontrastning ikki turi mavjud:
to’g’ri va teskari. To’g’ri kontrastda predmetlar va uning tasvirlari fonga nisbatan to’qroq,
teskari kontrastda esa ochroq bo’ladi.
Multimedia ilovalarida odatda har ikki turidan foydalaniladi, turli kadrlarda alohida va bitta
kadr doirasida birgalikda. Ko’p hollarda teskari kontrast ustunlik qiladi. Multimedia
ilovalarining to’g’ri kontrastda ishlashi afzalroq hisoblanadi. Bu holda yorqinlikning ko’payishi
ko’rinishning yaxshilanishiga, teskari holatda esa yomonlashishiga olib keladi, lekin teskari
kontrastda namoyish etiladigan harf va belgilar, kichik o’lchamda bo’lganda ham to’g’ri
kontrastga nisbatan aniqroq va tezroq o’qiladi. Tasvir qismlarining nisbiy o’lchamlari
qanchalik katta va uning yorqinligi yuqori bo’lsa, kontrast shunchalik kichik bo’lishi kerak.
Ko’rish maydonida yorug’likning bir me’yorda taqsimlanishi orqali ekrandagi axborotlarni
erkin qabul qilishga erishiladi.
Kompyuter ekranidan axborotlarni o’rganishni optimallashtirish uchun multimedia
ilovalarini ishlab chiqaruvchilarga mantiqiy urg’ulardan foydalanish tavsiya etiladi. Ta’lim
oluvchining diqqatini ma’lum bir obyektga jalb qilishga yo’naltirilgan usullar mantiqiy urg’ular
deyiladi. Mantiqiy urg’ularning ruhiy ta’siri ta’lim oluvchi tomonidan bosh obyektni topishga
sarflanadigan vaqtning kamayishi va diqqatni shu obyektga jalb qilish bilan bog’liq. Mantiqiy
urg’ularni yaratish uchun aksariyat hollarda quyidagi usullar tez-tez ishlatiladi: asosiy obyektni
yanada yorqinroq rang bilan tasvirlash, o’lchamini, yorqinligini, joylashuvini o’zgartirish yoki
shu’la taratuvchi rang bilan ajratish. Mantiqiy urg’uni son jihatidan uning intensivligi bilan
baholash mumkin. Intensivlik obyekt rangi va yorqinligining fonga nisbatan mutanosibligiga,


obyektning nisbiy o’lchamlari tasvir fonidagi predmetlar o’lchamiga nisbatan o’zgarishiga
bog’liq. Yanada yorqinroq yoki kontrastliroq ranglar bilan belgilash
yaxshiroq hisoblanadi, o’lchamini yoki yorqinligini o’zgartirish, shu’la taratuvchi rang bilan
ajratish unchalik yaxshi chiqmaydi.
Multimedia ilovalari quyidagilarga bo’linadi:

Yüklə 175,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin