Referat mavzu: "Markaziy asab tizimi " Bajardi: 401 -guruh G`aniyeva K. Tekshirdi: b f. n. Ismayilova M. A



Yüklə 107,29 Kb.
səhifə9/20
tarix20.11.2023
ölçüsü107,29 Kb.
#165060
növüReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi-fayllar.org

Markaziy asab tizimida qo’zg’alishning to’planishi (summasiya). Markaziy
asab tizimining birinchi marta I.M.Sechenov tomonidan kashf etilgan ikkinchi 
xususiyati shuki, u o’ziga keluvchi qo’zg’alishlarni to’play oladi. Bu xususiyat
shundan iboratki, afferent tolaga pog’ona osti kuchiga teng bo’lgan kuch bilan 
ta’sirot berilsa markaziy asab tizimi bu ta’sirotga javob bermaydi va refleks yuzaga
chiqmaydi. 
Agar bu ta’sirotlar tezlik bilan ketma-ket berilsa, markaziy asab tizimi
qo’zg’alish bilan javob beradi va tegishli refleks yuzaga chiqadi. 

Pog’ona osti impulslari har biri alohida-alohida borganda qo’zg’alishni


keltirib chiqara olmagani holda tezlik bilan ketma-ket kelganida qo’zg’alishni 
keltirib chiqara olishiga sabab nima? Bu hodisa nerv markazining xossalari bilan
izohlanadi. Nerv markazida unga kelgan har bir qo’zg’alish bir qancha 
o’zgarishlarni keltirib chiqaradi, jumladan nerv markazining qo’zg’aluvchanligini
oshiradi. Keyin ta’sirotlar unchalik siyrak bo’lmasa, o’ta qo’zg’aluvchanlik 
davriga to’g’ri keladi va to’planib, qo’zg’alish to’lqinining kelib chiqishi uchun
kifoya qiladigan bo’lib qoladi. 
Burunning shilliq pardasidagi retseptorlarning unda to’plangan shilimshiq,
chang zarralari yoki boshqa moddalar bilan uzoq ta’sirlanishi natijasidagina refleks 
yo’li bilan kelib chiqadigan aksa urish bunday summasiyaga misol bo’la oladi.

Markaziy asab tizimining charchashi. Nerv markazi juda tez charchashligi
bilan nerv tolasidan farq qiladi. Ma’lumki, nerv tolasi deyarli charchamaydi. 
Markazga intiluvchi nervning bir qadar uzoq ta’sirlanishi tufayli reflektor akt
sekin-asta susayadi, keyinchalik esa, tamomila to’xtaydi. N.Ye.Vvedenskiy 
markazga intiluvchi nervni ta’sirlab, ta’sirlash boshlanganidan 10-40 sekund
keyin reflektor aktning susayganligini va tamomila to’xtab qolganligini ko’rgan. U 
markazga intiluvchi qo’shni nervni ta’sirlab, refleks paydo bo’lishini kuzatgan. Bu
kuzatish xuddi markaziy asab tizimining charchashini ko’rsatadi. Quyidagi tajriba 
ham charchash hodisasini o’rganishga imkon beradi. Markazga intiluvchi nervni
ta’sirlab, refleks yo’qotilsa, so’ngra markazdan qochuvchi nerv ta’sirlansa, muskul 
qisqarish bilan javob beradi. Bu tajriba charchashning xuddi markaziy asab
tizimida boshlanganligidan guvohlik beradi. 


Markaziy asab tizimi qo’zg’aluvchanligining o’zgarishi. Markaziy asab
tizimining yana bir xususiyati shuki, u organizmda ro’y beradigan o’zgarishlarga 
g’oyatda sezgir bo’ladi. Organizmda biror o’zgarish ro’y berishi bilan markaziy
asab tizimining qo’zg’aluvchanligi o’zgaradi. Gazlar almashinuvi va qon 
aylanishining andak bo’lsada o’zgarishi nerv hujayralarining qo’zg’aluvchanligiga
ta’sir etadi. 
Markaziy asab tizimi kislorodni gavdamizdagi boshqa hamma organlarga
qaraganda ko’proq iste’mol qiladi: itning 100 g bosh miyasi bir minutda 10 ml 
kislorod oladi: xolbuki, shuncha jigar 10 marta, shuncha muskul esa 22 marta kam
kislorodni iste’mol qiladi. Kislorod kirishi kamayganda nerv hujayralari 
qo’zg’aluvchanligini juda tez yo’qotishi, keyinchalik esa butunlay nobud bo’lishi
mumkin.

Bosh miyaning faoliyati qon aylanishining mutadil borishiga ham bog’liq.


Miyadagi qon aylanishi qisqa vaqt buzilganda ham, miyaning qo’zg’aluvchanligi 
pasayib va hatto butunlay yo’qolib, odam hushidan ketadi.
Asosan miyaga ta’sir etadigan ba’zi zaharlar markaziy asab tizimining 
qo’zg’aluvchanligini o’zgartiradi.
G’oyatda kuchli, ta’sir etadigan zahar strixnindir. Strixnin markaziy asab 
tizimining qo’zg’aluvchanligini oshiradi. Hayvon organizmiga juda oz strixnin
kiritilishi bilanoq u hatto kuchsiz ta’sirotlarga ham shiddat bilan reaksiya ko’rsata 
boshlaydi. Agar baqaning limfa xaltasiga strixninning kuchsiz eritmasidan bir
ozgina quyib, baqa yotgan stol taqillatilsa, u tirishib talvasaga tushadi. Issiq qonli 

hayvonlarda ham shunday hodisani ko’rish mumkin. Issiq qonli hayvonlar


organizmiga ozgina strixnin kiritilsa, shungacha hayvonda reaksiya qo’zg’amagan 
ta’sirotlar endi hayvonning tirishishiga sabab bo’ladi.
Strixnin juda oz miqdorda ba’zan dori-darmon uchun qo’llaniladi. 
Narkotiklar deb ataladigan zaharlar bosh miyaning katta yarim sharlariga
ta’sir etadi. Narkortiklarga xloroform, efir, alkogol va shu kabilar kiradi. 
Xloroform bilan efir jarrohlik amaliyotida narkoz vujudga keltiruvchi moddalar
sifatida 
keng
qo’llaniladi. 

Bu
zaharlar 


avvaliga
nerv

tizimining


qo’zg’aluvchanligini oshiradi, so’ngra esa juda pasaytirib yuboradi va chuqur 
uyquni keltirib chiqaradi. Bu zaharlarning bosh miya katta yarim sharlariga ta’sir
etib, uzunchoq miyaga deyarli ta’sir etmasligi muhimdir. Uzunchoq miyaning bu 
zaharlardan deyarli ta’sirlanmasligi organizm uchun juda katta ahamiyatga egadir.
Uzunchoq miyada nafas olish markazi, yurak faoliyatining markazi va boshqa 
muhim markazlar borki, ularning yaxshi ishlamay qo’yishi organizmni halokatga
olib borishi mumkin. 
Markaziy asab tizimi shikastlanganda uning qo’zg’aluvchanligi o’zgarib
ketadi, orqa miya kesib qo’yilsa, kesilgan joydan pastdagi nerv markazlarining 
faoliyati
susayadi. 
Zararlangan
qismdan

pastdagi


nerv

markazlarida


qo’zg’aluvchanlikning shu tariqa yo’qolishi spinal shok deb ataladi. Bir necha 
vaqtdan keyin shok o’tib ketadi va orqa miyaning reflektor faoliyati tiklanadi. Turli
hayvonlarda shok turlicha muddat bilan davom etadi: hayvon zoologiya silsilasida 
qancha yuqorida tursa, shok o’shancha kuchliroq va uzoqroq davom etadi. Baqada
shok bir necha daqiqada o’tib ketsa, mushuk bilan itlarda necha kun va haftalab 
davom etadi. Maymunlarda va odamlarda shok ayniqsa og’ir bo’lib, uzoq davom
etadi.


Yüklə 107,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin