Referat mavzu: "Markaziy asab tizimi " Bajardi: 401 -guruh G`aniyeva K. Tekshirdi: b f. n. Ismayilova M. A



Yüklə 107,29 Kb.
səhifə7/20
tarix20.11.2023
ölçüsü107,29 Kb.
#165060
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi-fayllar.org

intiluvchi qismini hosil qiladi. Ular retseptorlarda kelib chiqqan qo’zg’alishni
markaziy asab tizimiga o’tkazadi. Markaziy asab tizimidagi yuqoriga ko’tariluvchi 
yo’llarning neyronlari ham reflektor yoyning shu qismiga kiradi. Qo’zg’alish ana
shu yo’llar orqali markaziy asab tizimining oliy bo’limlariga o’tadi. 
Markaziy asab tizimining pastga tushuvchi yo’lllari refleks yoyining

markazdan qochuvchi qismini hosil qiladi. Qo’zg’alish shu yo’llar orqali oliy
bo’limlardan quyi bo’limlarga – qo’zg’alishni organga o’tkazadigan neyronlarga 
o’tadi. Shunday qilib, reflektor yoyning bu qismiga, pastga tushuvchi yo’llardan
tashqari markazdan qochuvchi oxirgi neyronlar ham kiradi. Oxirgi neyronlar yo 
harakatlantiruvchi neyronlardan yoki vegetativ asab tizimining neyronlaridan
iboratdir. 
Reflektor yoyning markaziy qismi qo’shimcha neyronlardan hosil bo’ladi.
Bu neyronlar markaziy asab tizimidan tashqariga chiqmaydi va retseptorlar hamda 
organlar bilan bevosita bog’lanmaydi.
Markazga intiluvchi tolalar markazdan qochuvchi nerv hujayralariga bevosita 
bog’lanmay, qo’shimcha neyronlarda tugaydi va faqat qo’shimcha neyronlargina
markazdan qochuvchi nerv hujayralari bilan bog’lanadi. 
Qo’zg’alishning o’tishi va refleksning yuzaga chiqishi uchun reflektor yoy
butun bo’lishi kerak. Refleksning yo’qolishi uchun retseptorlarni olib tashlash yoki 
falaj qilish yoxud markazga intiluvchi yo’lni qirqib qo’yish kifoya. Bunda
qo’zg’alish sezilmasligi yoki o’tmasligi tufayli refleks yo’qoladi, orqa miya 
yemirib tashlansa yoki markazdan qochuvchi nerv qirqib qo’yilsa ham reflekslar
yo’qoladi. Shunday qilib, reflektor yoyning hamma qismlari birday muhimdir
refleks yuzaga chiqishi uchun reflektor yoyning hamma qismlari butun bo’lishi
shart. Har bir refleks gavdaning muayyan qismlari ta’sirlanganda kelib chiqadi. 
Baqaning oyoq terisiga ta’sir etib, oyog’ini buktirish mumkin, ko’krak terisiga
ta’sir etilgandagina quchoqlash refleksi kelib chiqadi va hakazo. Ta’sirlanganda 
muayyan refleksni keltirib chiqaruvchi refeptorlar terining qaysi qismiga
joylashgan bo’lsa, o’sha qismi refleksning sezuvchi maydoni deb ataladi.
Turli reflekslarning sezuvchi maydonlari ro’y-rost chegaralangan bo’lmay,
ko’pincha bir-biriga o’tib ketadi. 
Tanamizning retseptorlari eksteroretseptorlar va interoretseptorlar deb ikkita
katta guruhga bo’linadi. 1.Tana sirtidagi retseptorlar – eksteroretseptorlardir
Ular tashqi dunyodagi narsalardan organizmga keluvchi ta’sirlarni sezadi. 2.Tana
ichidagi retseptorlar – interoretseptorlardir. Bular o’z navbatida ichki 
organlarning, tomirlarning va turli to’qimalarning retseptorlariga bo’linadi. Bu
retseptorlar organizmning ichki ahvolidagi o’zgarishlarni sezadi. 
Muskullar, paylar, bo’g’imlarning retseptorlari – proprioretseptorlar garchi
interoretseptorlarga kirsa ham, alohida muhim ahamiyati borligidan mustaqil 
guruh qilib ajratilishi mumkin. Prorioretseptorlar organizmdagi ayrim qismlarning
fazodagi holati o’zgarishini sezadi. Yuqorida ko’rsatilgan retseptorlardan har biri 
ta’sirlanganida tegishli refleks vujudga chiqadi.
Spinal baqaning bukish, qashish va boshqa reflekslarini ko’zdan 
kechirganimizda teri retseptorlarining ta’sirlanishi kelib chiqadigan reflekslar bilan


tanishgan edik. Hazm qilish, qon aylanish, nafas olish organlarini va boshqalarni


tekshirganda ichki organlar, shilliq pardalar va tomirlardan kelib chiquvchi 
reflekslarni bir necha marta ko’rgan edik. Aorta yoyidagi bosim oshganda
yurakning sekinroq urishi va tomirlarning kengayishi bunday refleksga misol bo’la 
oladi. Bu holda depressor nervning retseptorlari ta’sirlanadi, qo’zg’alish shu nerv
orqali uzunchoq miyaga borib, keyin adashgan nervning markaziga (bu nerv yurak 
faoliyatini susaytiradi) va tomirlarni harakatlantiruvchi umumiy markazga o’tadi
(tomirlarni harakatlantiruvchi umumiy markaz tomirlarni kengaytiradi). Nihoyat, 
muskullar, paylar yoki bug’imlardan boshlanuvchi reflekslar shu organlar
cho’zilganda kelib chiqadi va gavdamizning muayyan vaziyatini saqlashda muhim 
rol o’ynaydi. Pay reflekslari deb ataladigan reflekslar shunday reflekslarga kiradi.
Pay reflekslariga tizza refleksini misol qilib ko’rsatish mumkin. Tizza refleksi 
hammaga ma’lum: bunda payga urilsa, muskullar bir qadar qisqarib oyoq yoziladi.
Odamdagi bir muncha doimiy reflekslarni o’rganish klinikada muhim 
ahamiyatga egadir, chunki bu – markaziy asab tizimidan muayyan qismining
zararlanganligini bilishga imkon beradi. Shu xildagi bir muncha doimiy 
reflekslarga teri, pay va ko’zning ba’zi reflekslari kiradi (qorin devorining
ta’sirlangan joyidan qisqarishi, qorachiqning torayishi, oyoqning tizza bo’g’imidan 
yozilishi va hakazo).
Yuqorida keltirilgan ikki yoki uch neyronli reflektor yoyning chizmasida 
ko’rsatilganidek tasavvur qilish noto’g’ri va xato bo’lur edi. Bunday chizma faqat
shu hodisani o’rganish va tushunishni yengillashtirish maqsadida ishlatiladi, xolos. 
Haqiqatda har bir refleks ancha murakkab hodisadir, refleksning yuzaga
chiqishida ikki yoki uch neyron emas, balki ko’proq neyronlar qatnashadi. 
Qo’zg’alish markaziy asab tizimiga borib, orqa miyaning ko’pgina bo’limlariga
yoyiladi va bosh miyaga yetib boradi, deb tasavvur qilish kerak. Ko’pgina 
neyronlarning o’zaro ta’sir etishi natijasidagina organizm ta’sirotiga javob beradi.



Yüklə 107,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin