O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta
Maxsus ta‟lim vazirligi
Alisher navoiy nomidagi samarqand
Davlat universiteti
TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA BO`LIMI
FIZIOLOGIYA, GENETIKA VA BIOKIMYO KAFEDRASI
5420100-biologiya
Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanidan
REFERAT
Mavzu: “Markaziy asab tizimi ”
Bajardi: 401 –guruh G`aniyeva K.
Tekshirdi: b.f.n. Ismayilova M.A.
SAMARQAND – 2014
MARKAZIY ASAB TIZIMI FIZIOLOGIYASI
Bosh miya bilan orqa miyadagi nerv hujayralaridan o’simtalar boshlanadi;
periferiyaga boruvchi nerv tolalari ana shu o’simtalardan iborat. Nerv tolalari turli
yo’g’onlikdagi tutamlarni hosil qiladi. Nerv tolalarining shunday to’plami
nerv
deb ataladi.
Nervlar markaziy asab tizimini tanamizdagi turli organlar bilan bog’laydi.
Qo’zg’alish nervlar orqali yo markaziy asab tizimidan
ishlovchi organga yoki
tanamizning turli qismlaridan markaziy asab tizimiga boradi.
Nervlar qo’zg’alishni qay tomonga o’tkazishiga qarab ikki guruhga bo’linadi.
Bir guruh nervlar qo’zg’alishni markaziy asab tizimidan ishlovchi organlarga
o’tkazadi. Ular
efferent (markazdan qochuvchi yoki harakatlantiruvchi) nervlar
deb ataladi. Ikkinchi guruh nervlar qo’zg’alishni tanamizninig turli qismlaridan va
turli organlardan markaziy asab tizimiga o’tkazadi. Ular birinchi guruh nervlardan
farq qilib,
afferent (markazga intiluvchi yoki sezuvchi) nervlar deb ataladi.
Ko’pincha shu ikki xil nerv
tolalari bir dastadan boradi, shu sababli ko’pchilik
nervlarimiz aralash nervlardan hisoblanadi.