Referat Mavzu: Navoiyshunoslik. Navoiy asarlarida til madhi. Bajardi: 2 kurs 204 guruh talabasi



Yüklə 475,2 Kb.
səhifə23/78
tarix17.04.2023
ölçüsü475,2 Kb.
#99069
növüReferat
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
Marosim folklori-fayllar.org

"Shajarai turk" asari haqida

"Shajarai turk" turkiy xalqlar shajarasi, kelib chiqishi degan ma'noni anglatadi. Unda turkiy qavmlar tarixi xonlar hukmronligi bilan bog'liq holda bayon etilgan. Tarixchi olim Bo'riboy Ahmedovning ta'kidlashicha, asarning asosiy qismi 1663-1664-yillari yozilgan. Uning yozilishi tarixini muallifning o'zi shunday izohlaydi: "Ammo bizning ota va aqalarimizning beparvoliqi va Xorazm xalqining bevuqufliqi, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizning Abdullaxonning otalari birlan bizning otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk, hech munosib kishi topmaduk, zarur bo'ldi, ul sababdin o'zimiz aytduk".


Asar qisqa muqaddima va to'qqiz bobdan iborat: 1) Odam Atodan to turklarning qadimgi xonlaridan Mo'g'ulxongacha kechgan hodisalar zikri; 2) Mo'g'ulxondin Chingizxongacha bo'lgan tarix; 3) Chingizxonning tug'ilganidan to vafotigacha tarixi; 4) Chingizxonning uchinchi o'g'li O'gaday qoon (1227 — 1241 yillari otasi o'rnida o'ltirgan) va avlodi, Chingizxonning boshqa o'g'illari naslidin bo'lgan va Mo'g'ulistonda podsholik qilg'anlar zikrida; 5) Chingizxonning ikkinchi o'g'li Chig'atoyxon (Movarounnahr, Yettisuv viloyati va Sharqiy Turkiston ustidan 1227-1241 yillari podsholik qilgan) avlodidan Movarounnahr va Qoshg'arda podsholik qilgan avlodining zikri; 6) Chingizx­onning kenja o'g'li Tuluyxon avlodidan Eronda podsholik (1256 — 1336) qilgan elxoniylar zikri; 7) Chingizxonning katta o'g'li Jo'chixon (1227-yilda otasidan taxminan olti oy avval vafot etgan) avlodidan Dashti qipchoqda (hozirgi Qozog'iston va to Dneprgacha bo'lgan janubiy Rusiya yerlari tarixda XI — XV asrlarda shu nom bilan atalgan) podshoh bo'lganlar zikri; 8) Jo'chixonning beshinchi o'g'li Shaybon (XIII asr) avlodidan Movarounnahr, Qrim, Qozoq va Turonda xonlik qilganlar, shuningdek, Jo'chixonning o'n uchinchi o'g'li To'qay Temurxon naslidan Qrim, Qozoq va Movarounnahrda podsholik qilganlar zikri; 9) Shaybon avlodidan Xorazm mamlakatida podsholik qilganlar zikri.
"Shajarayi turk" tarixning turli masalalariga (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-etnik va h. k) oid e'tiborga molik ma'lumotlarga boy asardir. Misol tariqasida ulardan ayrimlarini keltiramiz.
Tarixiy ma'lumotlar. Sibir xonligi nomi bilan ma'lum bo'lgan (XV asrning 20-yilllarida tashkil topgan) va G'arbiy Sibir us­tidan hukm yurgizgan davlat tepasida ham Shaybon naslidin bo'lgan xonlar turgan. Ularning so'nggi xonlaridan Ko'chumxon (1563-1598) haqida asarda mana bularni o'qiymiz: "...Mahmudakxoni mazkurning bir o'g'li Murtazoxon, aning o'g'li Ko'chumxon ... bu Ko'chumxon Turo viloyatinda qirq yil podsholi qildi. Uzun yosh topdi. Axir ikki ko'zi nobino bo'ldi. Tarix 1003 (1595) yilda Ko'chumxonni qo'lindin Turoni o'rus oldi. Ko'chumxon qochib mang'it xalqining ichiga bordi. Taqi haq rahmatig'a ketdi".
Etnografik ma'lumotlar. Turk-mo'g'ul qabilalari, xususan, nomlarining ma'nosi to'g'risidagi, shuningdek, o'zbeklar, sartlar hamda turkman urug'lari haqidagi ma'lumotlar ham muhimdir. Misol: "Asl lavz "mo'g'ul" mungul turur. Avomning tili kelmas-likidin bora-bora mo'g'ul tedilar. "Mung"ning ma'nosin barcha turk bilurlar: qayg'u ma'nosina turur. "Ul"ning ma'nosi sodadil, ya'ni qayg'uli soda temak bo'lur."
Milliy davlatchiligimiz asoschisi Amir Temur urug'ining kelib chiqishi ma'nosi quyidagicha izohlangan: "Oqsoq Temur ushbu uruqdin erdi. Barlosning ma'nosi sipohsolar temak bo'lur. Turkiysi cherik boshlab yuriyturgan kishi".
Toponimik hamda antroponimik ma'lumotlar. Abulg'ozining joy nomlari qarashlari ham hayotiydir: "Buxoro temakning ma'nosi mug' tili da ilm va ahli ilmning jam' bo'laturg'an yeri temak bo'lur". Haqiqatan ham tarixda Buxoro xamisha ilm ahli ilmning vatani bo'lib kelgan. Jahongashta hukmdor va sarkarda Chingizxon va XX asr adabiyotining mashhur vakili Chingiz Aytmatov ismlarining ma'nosini quyidagi izohdan bilib olish mumkin: "Ching"ning ma'nosi ulug' va katta temak bo'lur. Chingiz aning jami turur". Demak, buyuklik ma'nosidagi ism o'z sohibining chindanda buyuk bo'lib yetishuvidan dalolat berar ekan.
O'lkaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid ma'lumotlar. Xalq farovonligi va obodligidan quyidagi lavha darak beradi: "Ul vaqtda (Arab Muhammadxon davrida) Mizdakxondin to Baqirg'onning bori yuzi Quyg'un degan yergacha bug'doy ekilar erdi. Bizning xon Tuq qal'asining yuqorisidin bir ariq qazdurub tururlar. Faqir dunyog'a kelmasdin bir yil buran Mezon bo'lg'anda saqasini ko'marlar erdi. Bug'doyni o'rgan vaqtda ocharlar erdi. Bir necha yildin so'ng ariqning kengligi otgan o'q o'tmasday bo'ldi . Suvning oyoqi Quyg'un bordi. Andin Achi tengizina bordi. Yolg'uz bug'doy ekilur erdi. Otli kishi o'n kunda bug'doyning toshindin aylanib kela bilmas erdi. Ul vaqtda kulpuchak yarim misqol kumush bir tanga yerina yurur erdi. Bir tangaga yarim teva yuki bug'doy berurlar erdi. Bir misqol kumushga bir xarvor bug'doy berurlar erdi".
Abulg'ozi Bahodirxonning “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk” asarlari o’zbek tilshunosligi, elshunosligining asl manbalari, o’zbek adabiy-badiiy nasri tarixiy takomilining muhim bosqichini aks ettiruvchi o’lmas obidalardandir.
Tayanch tushunchalar:

  1. "Muntahab ut-tavoreh"


  2. "Natoyi-jul-fikr"


  3. "Shajarayi turk"


  4. Mo’g’ul

  5. Chingiz

  6. Abulg'ozi




Nazorat savollari:

  1. XVII- XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmi adabiyotida qanday janrlarda asarlar yaratildi?


  2. Abulg'ozi Bahodirxon qachon va qanday oilada dunyoga kelgan?


  3. Abulg'ozi Bahodirxonning qanday asarlarini bilasiz?


  4. “Shajarayi turk”asarini adib qachon yoza boshlagan?


  5. Abulg'ozi Bahodirxonning xalqimiz tarixida, madaniyatida tutgan o'rniga qanday baho berasiz?


  6. "...bu kitobni o'qug'uchi va tinglag'uchi turk bo'lg'usiturur. Bas, turklarga turkona aytmoq kerak, to alarning barchasi fahm qilg'aylar" so'zlari orqali olimning qaysi fazilatlari namoyon bo'lmoqda?



Foydalanilgan adabiyotlar:
B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006

B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001


N.Mаllаyеv. O’zbеk аdаbiyoti tаriхi. “O’qituvchi” T.-1965
Q.Yo’ldаshеv vа bоshqаlаr. Аdаbiyot. 7-sinf uchun dаrslik. T.-2003



Yüklə 475,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin