Bugungi kunda oshqozon yarasi bo’lgan bemorga maksimum ikkita antibakterial terapiya kursi buyuriladi.
Ular quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
Penitsillinlar, asosan, Amoksitsillin;
Tetratsiklin;
Makrolidlar, xususan Klaritromitsin;
Nitromidazol unumlari.
SHILLIQ QAVATINING HIMOYASINI KUCHAYTIRADIGAN VOSITALAR
Oshqozon yarasi bilan og’rigan bemorlarda oshqozonni qoplab turuvchi shilliq qavat himoya qilinishi kerak.
Buning uchun shifokorlar quyidagi preparatlarni buyurishadi:
Yaraning tubida himoya qoplamini hosil qilish uchun Sukralfat;
Oshqozon shilliq qavatining qayta tiklanishi jarayonlarini tezlashtirish uchun natriy karbenoksolon, xususan, Kaved-s, Biogastron, Ventroksol;
Oshqozon devorida qobiq hosil qilish, shuningdek Helicobakteriyalarni yo’q qilish uchun vismutning kolloid subsitrati ishatiladi, masalan De-nol preparati;
Shikastlangan hujayralarda tiklanish jarayonlarini rag’batlantirish va shilliq ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun Enprostil buyuriladi.