Oshqozon yarasi jiddiy asoratlarning rivojlanishi bilan xavfli bo’lib, ularning aksariyati o’limga olib kelishi mumkin.
Yaraning eng xavfli oqibatlari orasida quyidagi patologiyalarni ajratish mumkin:
Penetratsiya. Bunday holda oshqozon devorining vayron bo’lishi kuzatiladi, oshqozon yarasining tubi esa oshqozon ostiga joylashgan a’zo bo’lib qoladi. Ko’pincha bundan me’da osti bezi aziyat chekadi, ammo ba’zida bu jarayon kichik charvi, o’t pufagi, ichak yoki jigarga ham o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin. Oshqozon tomonidan ishlab chiqarilgan xlorid kislota me’da osti bezini parchalay boshlaydi va o’tkir destruktiv pankreatitning rivojlanishiga olib keladi. Bemorda penetratsiya mavjudigi o’rab oluvchi tabiatli o’tkir og’riqlar, tana haroratining kiritik darajalargacha ko’tarilishi va qondagi alfa-amilaza darajasining oshishi bilan namoyon bo’ladi. Yallig’lanishning barcha belgilari kuzatiladi, ovqatlanish yoki mavsumdan qat’iy nazar, oshoqozondagi og’riqlar muntazam ravishda mavjud bo’ladi. Penetratsiya mavjudligini aniqlash uchun oshqozonni rentgenologik tekshiruvi va FGS o’tkazish zarur;