12 barmoqli ichakdan qon ketish — «qahva quyqasi» kabi qusish, juda to’q va smolasimon najas, hushni yo’qotish bilan tavsiflanadi;
Yarali nuqson perforatsiyasi (yara joyining yorilishi) — o’tkir sanchuvchi og’riqlar, ko’ngil aynishi, qusish va qorin mushaklarining tortishishi bilan xarakterlanadi;
Peritonit — yara perforatsiyasi natijasida qorin bo’shlig’ining yallig’lanishi;
Surunkali duodenit rivojlanishi;
O’n ikki barmoqli ichakning chandiqli torayishi;
Malignizatsiya — ichakda yomon xulqli o’sma o’sishi.
Ichakning ushbu qismi yarasi juda tez-tez tashxislanadigan kasallik hisoblanadi. Patologiya bemor o’ziga juda ehtiyot bo’lishni talab qiladi, chunki parhezni hatto qisqa muddatga buzish ham (agar xuruji davrida bo’lsa, yanada yomon) asoratlarning jadal rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yaradan qon ketishi, yomon xulqli o’smaning o’sishi va o’n ikki barmoqli ichak perforatsiyasi o’limga olib kelishi ham mumkin.