Stenozning dekompensatsiyalangan bosqichi haqida quyidagi alomatlar dalolat berishi mumkin: ovqatlanishdan so’ng darhol ko’p miqdorda qayt qilish, suvsizlanish va vazn yo’qotish, mushaklar tortishishi. Shu bilan birga, oshqozonga kiradigan oziq-ovqat endi ichakka o’ta olmaydi, chunki oshqozonning chiqish qismi nihoyatda toraygan bo’ladi.
Oshqozon yarasini aniqlash maqsadida bemorni tashxisga jo’natish sababi ovqatlanish jarayoni bilan bog’liq og’riqlardan shikoyat hisoblanadi. Og’riq qusish yoki ko’ngil aynish bilan birga kechsa, shifokorga murojaatni kechiktirmaslik kerak.