Referat mavzu: O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish



Yüklə 425,15 Kb.
səhifə6/11
tarix14.06.2023
ölçüsü425,15 Kb.
#129884
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
112-tema

Tashqi iqtisodiy faoliyat. 2011 yilda O'zbekistonning to'lov balansi eksportni rag'batlantirish bo'yicha hamda mahalliylashtirish dasturiga muvofiq ko'rilayotgan chora-tadbirlar, jahon bozorida respublikaning asosiy eksport tovarlariga bo'lgan qulay kon'yunktura kabi omillar hisobiga shakllandi. 2011 yilda O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 25 537,4 mln. AQSH dollarini tashkil qilib, 2010 yilga nisbatan 15,0 foizga o'sdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 517,4 mln. AQSH dollarini tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 272,6 mln. AQSH
16
dollariga ko'paydi. Eksport hajmi 2010 yilga nisbatan 15,4 foizga oshib, 15 027,4 mln. AQSH dollarni, import hajmi 14,5 foizga oshib, 10 510 mln. AQSH dollarini tashkil qildi.
Pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ishlar 2011 yilda pul-kredit siyosati
«Monetar siyosatning 2011 yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari»ga muvofiq holda yuritildi. Bunda, iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini hamda makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, jumladan, inflyatsiyaning tasdiqlangan parametrlar doirasida bo'lishi va milliy valyuta barqarorligini ta'minlash maqsadida pul-kredit siyosatining bozor instrumentlaridan keng foydalanildi. Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta'minlovchi asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda keng qo'llanilib kelinmoqda. Markaziy bank tomonidan pul-kredit ko'rsatkichlarining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda, to'lov balansining ijobiy saldosi hisobiga shakllangan qo'shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalari o'tkazilib borildi. Jumladan, 2011 yilda tijorat banklari mablag'larini Markaziy bankning maxsus depozitlariga jalb qilish operatsiyalari hajmi 2010 yilga nisbatan 1,4 martaga oshib, 4,3 trln. so'mni tashkil qildi. 2011 yil davomida Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqarilgan davlat o'rta muddatli obligatsiyalari bilan birlamchi va ikkilamchi bozorlarda oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish davom ettirildi. Yuridik shaxslar uchun chiqarilgan 29,9 mlrd. so'mlik davlat obligatsiyalari auktsion savdolar orqali joylashtirildi. Bunda, 12,6 mlrd. so'mlik obligatsiyalar birlamchi savdolarda, 17,3 mlrd. so'mlik obligatsiyalar esa ikkilamchi savdolarda qo'shimcha joylashtirildi. 2012 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra muomaladagi davlat o'rta muddatli obligatsiyalari hajmi 53,0 mlrd. so'mni tashkil etib, shundan 30,5 mlrd. so'mi (yoki 57 foizi) banklar hissasiga, qolgan 22,5 mlrd. so'mi (yoki 43 foizi) korxona va tashkilotlar hissasiga to'g'ri keladi. Ushbu obligatsiyalar bo'yicha o'rtacha yillik daromadlilik 2011 yilda 6,2 foizni tashkil etdi.

Yüklə 425,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin