Referat mavzu: O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish



Yüklə 425,15 Kb.
səhifə5/11
tarix14.06.2023
ölçüsü425,15 Kb.
#129884
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
112-tema

Inflyatsiya. 2011 yilda inflyatsiya darajasi tasdiqlangan prognoz ko'rsatkichdan past bo'ldi va bunda qat'iy monetar siyosat yuritilayotganligi muhim ahamiyat kasb etdi. Respublika hududlarida tovarlar va xizmatlar narxlarining o'zgarishi bo'yicha olib borilgan kuzatishlar, shuningdek, iste'mol mahsulotlari bozori kon'yunkturasi va ularning xalqaro bozordagi narxlari dinamikasi tahlili 2011 yilda inflyatsiyaga asosan nomonetar omillar ta'sir etganligini ko'rsatdi.
Investitsiyalar. 2011 yilda o'zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 2010 yilga nisbatan 7,9 foizga ortib, 18,3 trln. so'mni yoki yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 23,9 foizni tashkil etgani mamlakatimizda investitsiya jarayonlarining jadal faollashib borayotganidan dalolat beradi. Asosiy kapitalga yo'naltirilgan investitsiyalarning 50,2 foizi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va aholining o'z mablag'lari, 21,2 foizi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 6,0 foizi esa byudjet mablag'lari hisobidan moliyalashtirildi. Umumiy investitsiyalar salmog'ida ishlab chiqarishga yo'naltirilgan investitsiyalarning ulushi 70,6 foizni tashkil etdi. Uning 23,6 foizi transport va aloqa, 15,2 foizi yoqilg'i-enegetika, 4,6 foizi qishloq xo'jaligi, 4,1 foizi metallurgiya hamda 23,1 foizi boshqa tarmoqlar hissasiga to'g'ri keladi. Noishlab chiqarish sohasiga yo'naltirilgan investitsiyalarning jami investitsiyalardagi ulushi 29,4 foizni, jumladan uy-joy qurilishining ulushi 17,7 foizni, ta'lim sohasi - 2,1 foizni va sog'liqni saqlash sohasi

  • 2,4 foizni tashkil etdi.

Aholining turmush darajasi. Hududiy bandlik dasturlarining amalga oshirilishi natijasida 2011 yilda respublika bo'yicha jami 1 millionga yaqin yangi ish o'rinlari yaratildi va ularning 68 foizdan ko'prog'i qishloq joylariga to'g'ri keladi. 2011 yilda respublikamizda o'rtacha ish haqi 20,2 foizga oshdi, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga o'sdi. Aholining real daromadlari yil mobaynida 23,1 foizga ortdi. Aholi jami daromadlarining 47 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olindi.

Yüklə 425,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin