Referat mavzu: O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish


O'zbekistonda pul-kredit sohasida so’nggi yillarda amalda oshirilgan ishlar



Yüklə 425,15 Kb.
səhifə3/11
tarix14.06.2023
ölçüsü425,15 Kb.
#129884
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
112-tema

O'zbekistonda pul-kredit sohasida so’nggi yillarda amalda oshirilgan ishlar. 2009 yilning 9 oyida monetar siyosat mamlakatda jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha 2009-2012 yillarga mo'ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan ustuvor vazifalarga mutanosib ravishda yuritilib, iqtisodiy o'sishning barqaror sur'atlarini hamda inflyatsiyaning tasdiqlangan parametrlar doirasida bo'lishini ta'minlashga qaratildi. Joriy yilning o'tgan davrida tashqi savdo balansi ijobiy saldosining muntazam ravishda oshib borishi hamda iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan kreditlar hajmining ortib borayotganligi pul massasiga ta'sir qiluvchi asosiy omillar bo'ldi. Ushbu davrda monetar omillarning inflyatsiya darajasiga ta'sirini oldini olish maqsadida monetar siyosatning bozor instrumentlaridan keng foydalanildi. Jumladan, 2009 yilning 9 oyida Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan sterilizatsiya (tijorat banklarining bo'sh pul mablag'larini Markaziy bankning maxsus depozitlari va obligatsiyalariga jalb qilish) operatsiyalarining o'rtacha oylik hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 baravarga oshdi2.

10

1-diagramma.


Shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlash va iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi hisobraqamida mablag'lar shakllantirilishi davom ettirilib, tashqi omillarning pul massasiga ta'siri kamaytirildi.




2O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari.
Pul bozoridagi vaziyatni va infyatsion kutilmalarni hisobga olgan holda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o'zgartirilmagan holda yillik hisobda 14% darajasida ushlab turildi.

11
2-diagramma.


Pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozitlar jalb qilinishini yanada rag'batlantirish maqsadida 2009 yilning 1 sentyabridan majburiy rezervlar normasi tijorat banklari depozitlarining muddatiga qarab tabaqalashtirildi. Jumladan, majburiy rezervlar normasi, muddati 1 yilgacha bo'lgan depozitlar uchun - 15%, muddati 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan depozitlar uchun - 12%, muddati 3 yildan ortiq bo'lgan depozitlar uchun - 10,5% miqdorida o'rnatildi.


Shu bilan birga, tijorat banklariga likvidlikni yanada samarali va tezkor boshqarish maqsadida majburiy rezervlarni hisob-kitob qilish davri bir oydan o'n to'rt kunga qisqartirildi.

12


  1. Yüklə 425,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin