Referat mavzu: Stol tennisi oyin texnikasi va taktikasi Guruh: 102 Bajardi: Alijonov A. T



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#36671
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Stol tennisi oyin texnikasi va taktikasi


Stol tennisida o’yin qoidalari

O’yin mazmuni stolga ko’ndalang tortilgan to’r ustidan koptokni raketka bilan ikki tomondan irg’itishdan iboratdir. O’yinda ikki yoki to’rt kishi ishtirok etishi mumkin. Bir tennis stoli uchun zarur bo’ladigan xona maydoni – 7,7 x 4,5m. O’yin uchun stol, to’r, raketka va koptok zarur bo’ladi.

O’yin qur’a orqali birinchi bo’lib boshlash huquqiga ega bo’lgan o’yinchining koptok uzatishidan boshlanadi. Raketka bilan uzatilgandan so’ng, koptok boshlovchi tomonida stolga urilib, to’rga tegmasdan sakrab o’tishi va ikkinchi tomonda stolga urilishi lozim. Koptok uzatish vaqtida o’yinchi uning raketkasi va koptok stolning orqa chizig’i tashqarisida turishi kerak. Agar koptok stol ustida urib qaytarilsa, o’yin qoidasi buzilgan hisoblanadi (2002 yil 1 sentyabrdan koptok uzatish reglamenti yangi qoidalarga binoan belgilangan). Agar koptok boshlovchi tomonida stolga urilib, to’rga tegib sakrab o’tsa va ikkinchi tomonda stolga urilsa, koptok uzatish yangitdan bajariladi va ochko hisoblanmaydi. Qaytadan uzatishlar soni cheklanmagan. Koptok ikkinchi tomonda stolga urilgandan so’ng, ikkinchi o’yinchi uni raketka bilan urib orqaga qaytaradi. O’yin shu tarzda o’yinchilardan biri xatoga yo’l qo’ymaguncha davom etadi. Har bir xato raqibga bir ochko beradi. O’yinchi quyidagi hollarda ochkoga ega bo’ladi:


  • agar raqibi koptokni noto’g’ri uzatsa;

  • agar raqibi koptokni stolga tegmasidan qaytarsa;

  • agar raqibi koptokni stoldan tashqariga urib yuborsa;

  • agar raqibi to’g’ri uzatilgan koptokni qabul qila olmasa;

  • agar raqibi koptokka raketka bilan bir martadan ortiq ursa yoki koptokni raketka bilan tutib olsa va qaytarib uzatsa;

  • agar raqibi koptokka tana a’zosi bilan tegib ketsa yoki to’r, stol tirgagiga tegsa. Har ikki ochkodan so’ng (2001 yil 1 sentyabrdan - har besh ochkodan so’ng) koptok uzatish qabul qiluvchiga o’tadi.

O’yinchilardan biri 11 ochko (2001 yil 1 sentyabrgacha – 21 ochko) to’plagandan so’ng kamida 2 ochko tafovut bilan partiya yutilgan hisoblanadi. 10:10 hisobda (2001 yil 1 sentyabrgacha - 20:20 hisobda) koptok uzatishlar har ochkodan keyin almashiladi. Har partiyadan keyin o’yinchilar tomonlarni va koptok uzatish navbatini almashtirishadi. O’yin 5 yoki 7 partiyadan iborat bo’ladi (2001 yil 1 sentyabrgacha – partiyalar soni

3 yoki 5 ta bo’lgan).






Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin