Koptokni raketka bilan urib qaytarishning ikki usuli bor. Birinchisi – raketkani yo’naltirish. Bu holda koptokning qanday harakatlanishini oldindan bilib bo’lmaydi. Bu usulni yangi o’yin boshlagan o’yinchilarning ko’pchiligi qo’llaydi. Ikkinchisi – koptokni aylantirish. Buning uchun koptokni raketkaning rezinasi bilan sirpantirib urib, aylanishga majbur qilish kerak. Aylanish turi raketka burchagi va koptokka tegish vaqtidagi harakat yo’nalishiga bog’liq. Koptok urishning bir necha turlari mavjud, asosiylari – nakat, podrezka va top- spin. Stol tennisida muvaffaqiyatga erishish uchun koptok urishning turli usullarini egallash va ularni koptokni aylantirishda qo’llay bilish kerak.
Dostları ilə paylaş: |