Referat mavzu: Stol tennisi oyin texnikasi va taktikasi Guruh: 102 Bajardi: Alijonov A. T


Zarbani qabul qilish va raqib zarbasini olib qo’yish usullari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə13/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#36671
növüReferat
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Stol tennisi oyin texnikasi va taktikasi

Zarbani qabul qilish va raqib zarbasini olib qo’yish usullari.


Juftliklar o’yini qoidasiga ko’ra zarbani qabul qilish stolning o’ng tomonida olib boriladi, shu sababli zarbani qabul qilish yakka o’yindagiga qaraganda juftliklar o’yinida osonroq kechadi, shuningdek, o’yinchining diqqati qaratilgan zona ham kichikroqdir, shunga ko’ra zarbani qabul qilayotgan tomon bunday qulay vaziyatlarni tashabbusni o’z qo’liga olish uchun ishlatishi zarur, bu narsa raqib zarbalarini qaytarishda katta ahamiyatga ega bo’ladi.

Qoidaga ko’ra, o’yinchi zarbani stolning o’ng tomonida qabul qiladi, shu sababli zarbani qabul qilayotgan juftlikning holatini aniqlash juda muhim. Amalda nisbatan ko’p juftliklar tezkor zarbalar yoki top-spin qo’llaydilar. Agar juftlikning ikkala o’yinchisi ham chap tomon, ham o’ng tomon zarbasini bajara olsa, ularning har ikkalasi ham eng qulay holatni egallagan bo’ladi; agar juftlikning ikkala o’yinchisi faqat o’ng tomon zarbasini bajarsa, zarbani qabul qilishda o’ng tomonga ko’p yondoshmaslik kerak. O’rta chiziqdan o’ng tomonga biroz surilish raqibning zarbasini tezda qabul qilish uchun tayyor bo’lib olishda qiyinchilik tug’diradi, bunda tashabbusni osongina yo’qotib qo’yish mumkin. O’yinchi o’rta chiziqdan o’ng tomonga biroz surilib turishi kerak, shunda raqibning turli yo’nalish va balandlikda berayotgan zarbalarini qaytarish uchun sharoit yaratiladi. Ba’zi tennischilar chap tomon zarbasini yaxshi egallagan bo’lishi va raqibning zarbasini qaytarish uchun qo’llashi mumkin. Shu sababli ular stol o’ng tomon burchagiga yaqinlashishlari muukin.

Juftliklar o’yinida zarbalarni qabul qilishdagi tashabbusga katta ahamiyat beriladi, bu ochko olish uchun kuchli zarbani amalga oshirishda sherigiga sharoit yaratish maqsadida qo’llanadi. Ammo zarba berayotgan sportchining texnikasi yuqori bo’lsa, zarbani qabul qilayotgan o’yinchiga kuchli zarbalar berib, ochko yutib olish mushkul bo’ladi. Shu sababli yaqin masofada tezkor zarba va tezkor nakat ishlatish texnikasiga mukammal ega bo’lish o’yinchi uchun raqibi tomonida o’ng tomon burchagiga zarba berishga, shuningdek, raqibining tanasiga yo’naltirilgan zarbani chap tomonga yo’naltirishga imkon beradi. Shunga ko’ra, koptokning uchish yo’nalishini o’zgartirish orqali raqibning o’z maydonida o’ngdan chapga tartibsiz harakat qilishga majbur qilish va uning himoyasiz tomoniga zarba berish imkonini beradi. Bu esa, o’z navbatida, sherigiga ko’p sonli zarbalar berish uchun sharoit yaratadi.




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin