Xulosa
Stol tennisi o’yinining uslubiy asoslari bilan tanishib chiqqan holda zarur bilimlarga ega bo’ldingiz va rasmiy musobaqalarda ishtirok etish uchun tennis stoli yoniga kelishga tayyorsiz, deb umid qilamiz.
Lekin tezda muvaffaqiyatga erishishga umid qilmang. Avvalambor, ko’p va astoydil mashq qilish, barcha ko’rsatmalarga amal qilish, texnika va taktikadagi xatolarni e’tiborga olish va tuzatish kerak. Mashqlar vaqtida o’zingizdagi mehnatsevarlik, tartib-intizom, intiluvchanlik fazilatlarini shakllantirishga harakat qiling. Hisob uchun o’ynayotgan vaqtingizda oson, tezkor g’alabaga umid qilmang, lekin o’zingizni mag’lubiyatga tayyorlamang. Ko’p hollarda o’yinchilar texnika va taktikadagi ishonchsizliklari evaziga mag’lubiyatga uchrashadi. Musobaqalarda ham xuddi mashqlardagi kabi o’zingizga ishonch bilan, sokin, bardam o’ynashga harakat qiling.
Raqibingiz sizdan ko’ra kuchliroq ekanini bilsangiz ham, o’yin oxirigacha kurashishga, imkoniyatlaringizni qo’ldan bermaslikka harakat qiling. Doimo ziyrak
bo’ling, ayniqsa, ochko o’ynalayotgan vaqtda o’zingizga bo’lgan ishonchni yo’qotmang. Faqat koptokning emas, balki raqibingizning harakatlarini ham ko’zdan qochirmang.
Hisobda oldinda borayotgan vaqtingizda diqqatingizni jamlang, ziyraklikni qo’ldan bermang. Ba’zi hollarda o’yinchilar g’alaba qilishlariga ishonib, bo’shashadilar, bunday hollarda hatto tajribali o’yinchilar ham mag’lubiyatga uchragan holatlar bo’lgan.
Ochko yutsangiz ham, ochko yutqizsangiz ham hissiyotlaringizni jo’shqin namoyish etmang – bu o’yinga halaqit beradi. O’ta xursand bo’lish yoki o’ta xafa bo’lish o’yin natijalariga ta’sir ko’rsatadi.
Mag’lubiyatingiz sababini atrofdagilardan emas, o’zingizdan izlang.
O’zingizni mag’lub deb tan olishga o’rgating, qadr-qimmatingizni erga urmang.
Raqibingiz ustidan g’alaba qozonib, g’ururlanmang. Esingizda bo’lsin: g’alabada hissiyotlaringizni jo’shqin namoyish etish raqibingizga nisbatan adolatsizlik bo’ladi. Raqibning qadr-qimmatini erga urish mumkin emas. Aks holda do’st va yaxshi raqibni yo’qotib qo’yish mumkin. Mag’lubning do’sti bo’lib qolish eng yaxshi fazilatdir, chunki bugun siz g’olib bo’lsangiz, ertaga raqibingiz g’olib bo’lishi mumkin.
Raqibingizni, u qanday o’ynashidan qat’iy nazar, doimo hurmat qiling. Raqibingizning texnika va taktikasi zaif bo’lsa, unga nisbatan mensimaslik qilib, beparvolik bilan o’ynamang.
Adabiyotlar
Barchukova G.V. Uchis igrat v nastolno’y tennis. G’ G.V. Barchukova. – M. Sovetskiy sport, 1989. – 48 bet.
Eremenko K. Mastera maloy raketki. G’ K. Eremenko, A. Silinkov. – Tashkent
: Yosh gvardiya, 1988. – 128 bet.
Nastolno’y tennis. Programma dlya sportivno’x sektsiy, kollektivov fizkulturo’ i sportivno’x klubov. – M. : FiS, 1978. – 40 bet.
Orman L. Sovremenno’y nastolno’y tennis G’ L. Orman. – M. : FiS, 1985. – 175 bet.
Vilingstore.netG’pagesG’stol-tennisi-haqida-malumot
Dostları ilə paylaş: |