Koptok qabul qilishni takomillashtirish va zarbani olib qo’yish uchun
mashqlar Tennischilar koptok qabul qilishni takomillashtirish uchun qator zarbalar berish usulini qo’llaydilar, bu vaqtni tejaydi va zarbalr orasidagi tafovutni qisqartiradi. Buning uchun berilgan mashqlar quyidagilardan iborat: juftlik stolning burchaklariga tarqaladi, o’yinchilardan biri koptok uzatadi, ikkinchisi qabul qiladi; koptok uzatadigan o’yinchi zarbani qabul qiluvchining hohishiga qarab uzatadi. Koptokni qabul qiladigan o’yinchi tezkor zarba va tezkor nakat qo’llab, mahoratini oshiradi. Koptokni qabul qiladigan o’yinchi koptokning uchish traektoriyasi, tezligiga ahamiyat berishi zarur. Bu mashqlar koptok qabul qilishdagi mahoratni oshiradi.