2.Bernulli qonuni. Biz bayon qilgan bu fikrlarning hammasi suyuqliklarga ham, gazlarga ham birday tegishli. Oquvchan suyuqlikda statik bosim va dinamik bosim bo`lishini farq qilish kerak. Qo`zgalmas suyuqlikning truba devorlariga berayotgan bosimi statik bosim bo`ladi, dinamik bosim esa suyuqlikning oqish tezligiga bogliq bo`ladi. Statik va dinamik bosimlar yigindisi to`la bosim deyiladi. Suyuqlikning statik bosimi uning tezligi nolga teng bo`lgandagi to`la bosimga teng bo`lishi tabiiy; bu bosimni manometr bilan o`lchanadi.
Suyuqlik trubaning tor qismidan keng qismiga o`tganida go`yo tusiqqa duch kelgandek o`z harakatini tormozlaydi, shuning uchun uning siqilish darajasi ortadi. Aksincha, suyuqlik keng qismdan tor qismga o`tganida tezlik ortadi va siqilish kamayadi. Trubadan oqayotgan suyuqlikning tezligi qaerda katta bo`lsa, o`sha erda uning bosimi kichik bo`ladi. Suyuqlikning tezligi bilan bosimi orasidagi bu boglanish Bernulli qonuni deb ataladi. Trubaning kesimi uning biror joyida toraysa, u joyda suyuqlikning oqish tezligi ortadi, binobarin, bosim kamayadi. Oqimning suruvchi (tortuvchi) kuchi paydo bo`ladi, bu hodisadan pulvirizator, karbyurator, diffuziya nasosi va boshqa qurilmalarda foydalaniladi. Endi samolyot qanotining ko`tarish kuchi qanday hosil bo`lishini ko`raylik. Oqim tomondan qanotga natijalovchi kuchning yo`nalishi qanotning shakliga va uning oqimda qanday orientirlanishiga bogliq bo`ladi. Samolyot qanoti profilining –rasmda keltirilgan shakli eng suyri shakldir.
Ko`tarish kuchi hosil bo`lishi uchun samolyot uchaiotganda uning kanoti qanot tekisligi bilan oqim yo`nalishi orasida biror burchak (uchishda 1–1,50 dan qo`nishda 150 gacha) hosil bo`lishi kerak. Bosim kuchi va ishqalanish kuchining R teng tasir etuvchisi qanotga burchak ostida yo`nalgan. Bu teng ta`sir etuvchining Q va F tashkil etuvchilari mos ravishda ro`para qarshilik va ko`tarish kuchi bo`ladi.
Nazariya va tajribaning ko`rsatishicha, ko`tarish kuchi qanot ustida bosimning kamayishi va qanot ostida uning ortishidan yuzaga keladi. Qanot ostida bosimning kamayishiga kritik tezlikda qanot atrofida sirkulyasiya oqimining paydo bo`lishi sabab bo`ladi. Sirkulyasiya oqimining yo`nalishi qarama–qarshidan kelayotgan oqimning (uchrashma) oqimning yo`nalishi bilan qanotning ustida bir hil bo`ladi, qanotning ostida esa har ikkala oqimning yo`nalishlari qarama–qarshi bo`ladi. Buning natijasida qanotning kam bosimli sohaga surish tasiri (Bernulli qonuniga muvofiq) yuzaga keladi.
Uchishda samolyotga quyidagi kuchlar: P ogirlikni enguvchi F1 ko`tarish kuchini enguvchi parrakning tortish kuchi tasir qiladi.
Harakatlanayotgan suyuqlik (gaz) ning kinetik energiyasi bo`ladi. Gidroelektr stansiyalarda harakatlanayotgan suvning energiyasi elektr energiyasi elektr energiyasiga aylanadi. Shamol energiyasi ham kelingi yillarda qishloq ho`jaligi va sanoat ehtiyojlari uchun ishlatila boshlandi.