Talab qonuni ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi manfaatini, foyda topish bilan bozorni to’ydirib, farovonlikni ta’minlashni uyg’unlashtiradi.
Talabning o’zgarishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
Iste’molchilar xohish-istagi.Aholining milliy urf-odatlari, an’analari, yashayotgan makonining tabiiy iqlim sharoiti, madaniyat darajasi va ular bilan bog’liq xaridorlar xohish-istagi, muayyan sharoitdagi moda ta’siri talabni vujudga keltiradi. Kiyim tayyorlanayotgan xom-ashyoning o’zgarishi, tikilayotgan kiyim texnologiyasi, modelining o’zgarishi kabilar ta’sirida ma’lum bir tovarlarga talab o’zgaradi. Natijada, yangi turdagi tovarlarga talab kuchayadi;