Referat mavzu: xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi, mohiyati va strukturasi. Bajardi: Qabul qildi: Toshkent 2020 Reja


Entimema (Qisqartirilgan qat’iy sillogizm )



Yüklə 74,56 Kb.
səhifə13/19
tarix02.01.2022
ölçüsü74,56 Kb.
#43227
növüReferat
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Mavzu xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi, mohiyati va

Entimema (Qisqartirilgan qat’iy sillogizm ). Entimema deb, asoslardan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizmga aytiladi. Entimema- aqlda, fikrda degan ma’noni anglatadi. Entimemada sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi yodda saqlanadi. Entimemalar uch turli bo'ladi:

1.Katta asosi tushirib qoldirilgan.

2.Kichik asosi tushirib qoldirilgan.

3.Xulosasi tushirib qoldirilgan.



Murakkab va murakkab qisqartirilgan sillogizmlar. Bir-biri bilan o’zaro bog’langan, ikki yoki undan ortiq oddiy qat’iy sillogizmlardan tuzilgan xulosa chiqarish-polisillogizm, ya’ni murakkab sillogizm deb ataladi. Polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining katta yoki kichik asosi bo'ladi. Shunga ko’ra, polisillogizmning progressivva regressiv turlari farqlanadi.

Progessiv polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining katta asosi o’rnida keladi.

Regressiv polisillogizmda dastlabki sillogizmning xulosasi keyingisining kichik asosi bo’lib keladi.

Polisillogizm tarkibidagi birinchi, dastlabki sillogizm prosillogizm, qolganlari episillogizm deyiladi.

Polisillogizmning qisqartirilgan ko’rinishi-sorit deb ataladi.

Soritning tuzilishi quyidagicha:

Hamma A – B.

Hamma B – V.

Hamma G – D.

___________

Hamma A – D.

Soritlar ham progressiv yoki regressiv bo'ladi. Progressiv soritda prosillogizmning xulosasi – episillogizmlarning katta asosi tushirib qoldiriladi. Regressiv soritda prosillogizmning xulosasi-episillogizmlarning kichik asosi tushirib qoldiriladi. Sillogizmning kichik asosi tushirib qoldirilgan sorit – Aristotel soriti, sillogizmning katta asosi tushirib qoldirilgan sorit – Goklen soriti, deb ataladi.

Epixeyrema. Epixeyrema-murakkab qisqartirilgan sillogizm bo’lib, uning har ikki asosi qisqartirilgan oddiy sillogizm (entimema)lardan iborat bo'ladi. Epixeyremaning shakli quyidagicha:

M – P dir, chunki M –N dir.

S – M dir, chunki S – O dir.

________________

S – P dir.

Epixeyremadan bahs va munozaralarda, notiqlik san’atida foydalaniladi. Epixeyrema murakkab sillogizmning bir turi bo’lishiga qaramay, uning tarkibidagi katta va kichik asoni, xulosani ajratib olish, farqlash oson bo’lgani uchun ham fikr yuritish jarayonida keng qo’llaniladi.


Yüklə 74,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin