MURAKKAB HUKMLARGA ASOSLANGAN DEDUKTIV XULOSA. Murakkab hukmlarga asoslangan deduktiv xulosa chiqarishda xulosa asoslariga mantiqiy bog’lovchilar orqali bog’langan oddiy hukmlar deb qaraladi. Xulosa asoslari yo shartli, yoki ayiruvchi, yoki ham shartli, ham ayiruvchi hukm ko’rinishida bo’lishi mumkin. Asoslardagi hukmlarning turiga ko’ra bunday xulosa chiqarishning quyidagi shakllari mavjud:
1.shartli xulosa chiqarish.
2.Ayiruvchi xulosa chiqarish.
3.Shartli-ayiruvchi xulosa chiqarish.
Shartli xulosa chiqarish deb har ikki asos yoki asoslardan biri shartli hukm bo’lgan sillogizmga aytiladi.
Ular sof shartli va shartli-qat’iy turlarga bo’linadi.
Sof shartli xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi shartli hukm bo’lgan sillogizmga aytiladi. Uning formulasiquyidagicha:
1) yoki
2) yoki
Bu turdagi sillogizmlarning xulosasi shartlangan (shartli hukm0 bo’lgani uchun ulardan bilish jarayonida kam foydalaniladi.
Shartli-qat’iy xulosa chiqarish deb, katta asosi shartli hukm, kichik asosi oddiy qat’iy hukm bo’lgan sillogizmga aytiladi. Bunday xulosa chiqarishning ikkita to’g’ri (aniq xulosa beradigan) modusi mavjud:
1.Tasdiqlovchi modus-modus ponens
yoki
2. Inkor etuvchi modus-modus tollens
yoki
Shartli-qat’iyn sillogizmning xuklosasi aniq, chin bo’lishi uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
1.Shartli hukmdagi asosning chinligidan natijaning chinligi,
natijaning xatoligidan asosning xatoligi mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqadi.
2.Shartli hukmdagi natijaning chinligi asosning chuinligini, asosning xatoligi esa natijaning ham xatoligini isbotlamaydi.
Bu qoidalar buzilganda shartli-qat’iy sillogizmning formulasi quyidagichz bo'ladi:
_______ ___________
Ehtimol p Ehtimol
Shartli qat’iy sillogizm xulosalarning noaniq (ehtimol) bo’lishiga
sabab shuki, shartli hukm p-chin, q-xato bo’lgan holatdan boshqa hamma holatlarda chin hisoblanadi.
Bunda natijaning chinligidan asosning chinligini mantiqan keltirib chiqarish mumkin emas. Chunki boshqa asos ham shunday natijani keltirib chiqarishi mumkin. Yuqoridagi misolda shartli hukmning asosi xato, noaniq, natijasi chin bo’lganligi uchun sillogizmning xulosasi noaniq bo’lgan. Quyidagi jadvalda yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda ko’rsatish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |