139
aralashtirish va so‘ndirish oson kechadi; agar qo‘shimcha kiritiladigan bo‘lsa, u
holda to‘yish vaqtida kiritish bir tekis taqsimlanadi; agar xomashyoda xavfli
qo‘shimchalar bo‘lgan ohak va gips donalari mavjud bo‘lsa, unda tuyilgan
holatda butun hajm bo‘yicha ular xavf tug‘dirmaydi; xomashyoni bunday puxta
qayta ishlash uning ko‘pchishini yaxshilasa, u holatda chiqadigan yuqori sifatli
keramzit sarflangan xarajatlarni oqlaydi.
Xo‘l (shliker) usulida gillar maxsus katta sig‘imlar-gilaralashtirgichlarda
suv bilan qayta ishlanadi. Olingan loysimon massaning namligi taxminan 50%
ni tashkil etadi. Bu massa nasos yordamida shlambasseynga va undan aylanma
pechga uzatiladi. Bu holatda aylanma pech qismiga osma zanjirli parda
o‘rnatiladi. Bu zanjirlar issiqlik almashinuvini ta’minlaydi: ular pechdan
chiqayotgan issiq gazlar tasirida qiziydi va loy massani quritadi, undan so‘ng
quriyotgan “bo‘tqani” granulalarga aylantiradi, shundan so‘ng bu granulalar
quriydi, qiziydi va kupchiydi. Bu usulning asosiy kamchiligi bu ko‘p yoqilg‘i
sarfi, ya’ni shlikerning dastlabki yuqori namligi hisobiga. Afzalligi xomashyoni
bir jinslilikka keltirish, qo‘shimchalarni oson va bir tekisda kiritish,
xomashyodan oxak donalarini va toshsimon qo‘shimchalarni yo‘qotishning
soddaligi hisoblanadi. Bu usul gilning kondagi namligi yuqori bo‘lganda tafsiya
etiladi. Ho‘l usul gilning gidromexanizatsiyalashgan qazib olishda va keramzit
ishlab chiqarish korxonasiga suyuq loy shaklda trubalarda uzatishda ham
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: