Referat mavzulari ro’yxati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

Keramzit 
 
Issiqlikni izolyasiya qiluvchi devorbop panellar, monolit devorlar va har 
xil yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar tayyorlashda engil g‘ovak to‘ldiruvchilarni 
ishlatib, samarali engil betonlar olish imkonini beradi. Og‘ir to‘ldiruvchilarni 
engil to‘ldiruvchilarga almashtirish natijasida betonning xususiyatlarini kerakli 
darajada o‘zgartirish, zichligini kamaytirish, issiqlik o‘tkazuvchanligi va 
boshqalarni yaxshilash mumkin. SHuningdek ayrim g‘ovak to‘ldiruvchilarni 
etarli mustahkamligi asosida yuqori mustahkamlikdagi konstruksion engil 
betonlar tayyorlanadi. 
Respublikamizda tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar zahirasi etarli 
bo‘lmaganligi sababli sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar olishga ehtiyoj seziladi. 
SHu 
sababli 
O‘zbekistonning 
turli 
rayonlarida 
sun’iy 
g‘ovak 
to‘ldiruvchilar(keramzit, agloporit va boshqa) ishlab chiqaruvchi korxonalar 
qurilgan. Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish korxonalari xomashyo 
(mahalliy xomashyodan foydalanish) bor joylarda va unga talab bo‘lgan 
rayonlarda quriladi. Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarning tan narxi tabiiy 
to‘ldiruvchilarga nisbatan yuqori, lekin chetdan keltiriladigan to‘ldiruvchilarga 
nisbatan arzonroqdir. Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarning yuqori sifati va 
samaradorligi sababli betonlar olishda keng qo‘llaniladi. 
 
Xomashyo materiallar va qo‘shimchalar 


135 
 
Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarning eng ko‘p tarqalgan turi bu keramzitdir.
Giltuproqning ba’zi turlari kuydirishda ko‘pchiydi va bunday gillar asosida 
keramzit olinadi. Sanoatda keramzit shag‘ali va keramzit qumi olinadi, kam 
miqdorda keramzit chaqiq toshi ishlab chiqariladi. Keramzit shag‘ali donasi 
yumaloq shaklda, strukturasi g‘ovak va yacheykasimon bo‘ladi. Keramzit 
donasining yuza qismi zich qatlam bilan qoplangan, rangi qo‘ng‘ir qora, 
bo‘linganda qoramtir bo‘ladi.
Gilning ko‘pchishi 2 ta jarayonga bog‘liq: gaz ajralishi va gilning 
piroplastik holatga o‘tishidir. Gaz ajralishi –bu temir oksidlarining organik 
moddalar bilan birikishidan keyingi qaytarilish reaksiyasi, bu birikmalarning 
oksidlanishi, gidroslyuda va boshqa suvli birikmalarni degidrotatsiyasi, 
karbonatlarning dissotsiatsiyasiga bog‘liq.
Gilning piroplastik holatga o‘tishi, gilda yuqori haroratda suyuq fazaning 
(eritma) hosil bo‘lishidir. Natijada gil yumshayadi, plastik deformatsiya 
qobiliyati yuzaga keladi, ajralayotgan gazlar asosida ko‘pchiydi va natijada gaz 
o‘tkazmaydigan materialga aylanadi.
Keramzit ishlab chiqarishda xomashyo sifatida cho‘kindi jinslarga 
kiruvchi gil jinslar ishlatiladi. Xomashyo material sifatida metamorfik tog‘ 
jinslariga mansub toshsimon gilli jinslar – gil slanslari va argillitlar ishlatiladi. 
Gil jinslar murakkab mineralogik tarkib bilan farqlanadi va ularda gil minerallar 
(kaolinit, montmorillonit, gidroslyudalar) dan tashqari kvars, dala shpati, 
karbonatlar, temir, organik qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Gil minerallar gil 
moddalardan iborat bo‘ladi. Gil deb, tarkibida 30% dan ko‘p gil moddalar 
bo‘lgan gil jinslarga aytiladi. Keramzit ishlab chiqarish uchun montmorillonit 
va gidroslyudali gillar ishlatiladi, ularning tarkibida 30% gacha kvars 
mavjuddir. Gilning umumiy tarkibida SiO
2
-70% gacha, Al
2
O

-12% kam 
emas(20% gacha), Fe
2
O
3
+ FeO- 10%gacha, organik qo‘shimchalar 1-2% 
mavjud bo‘lishi kerak. 
Keramzit ishlab chiqarishda u yoki bu gil xom ashyosining yaroqli 
ekanligi xomashyo xususiyatlarini maxsus tekshirish orqali belgilanadi. 
Gil xom ashyosiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: 


136 
Birinchi talab bu gilning kuydirishda ko‘pchishidir. Gilning ko‘pchishi- 
ko‘pchish koeffitsienti bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bilan 
ifodalanadi: 
c
k
b
V
V
R

,
bu erda: V
k
– ko‘pchigan keramzit granulalarining hajmi; 
V
c
– pishirishdan oldingi xom granulalarning hajmi. 
Ko‘pchish koeffitsientini boshqa formula bilan ham ifodalash mumkin: 
)
100
1
(
п
к
с
b
П
R





bu erda:
ρ
s
– quruq xom granulaning zichligi;
 ρ
k
– ko‘pchigan keramzit granulasining zichligi; 
P
p
- quruq xom granulaning pishirishdagi massa bo‘yicha 
yo‘qotishi,% 
Keramzit ishlab chiqarishda gil xomashyosining ko‘pchish koeffitsienti 2 
dan kam bo‘lmasligi (3-4 bo‘lsa yaxshi) kerak. 
Gil xom ashyosiga qo‘yiladigan ikkinchi talab, bu uning oson 
eruvchanligidir, ya’ni xomashyoni kuydirish 1250 
0
S dan oshmasligi kerak, aks 
holda gil tarkibidagi gazlar erkin chiqib ketadi va natijada xom gil granulasi 
ko‘pchimaydi. 
Gil xomashyosiga qo‘yiladigan uchinchi talab, bu kerakli ko‘pchish 
intervali hisoblanadi. Bu pishirish harorati chegarasi bilan, ko‘pchish 
boshlanishi harorati orasidagi farq hisoblanadi. Ko‘pchish harorati deb, zichligi 
0,95 g/sm
3
ga teng keramzit granulalarining hosil bo‘lish haroratiga aytiladi. 
Pishirish harorati chegarasi esa keramzit granulasi yuzasining erigan suyuq 
qatlam bilan qoplanishi harorati tushuniladi. Keramzit shag‘alini ishlab 
chiqarishda haroratning keskin ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks 
holda granulalar yuzasi erib bir-biri bilan elimlanib qoladi. Bu esa keramzit 
shag‘alining chiqishini kamaytiradi va ba’zan pechni ishdan chiqaradi. 


137 
Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda haroratni belgilangan optimal darajadan 
pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda ko‘pchish koeffitsienti 
kamayadi va mahsulot kam ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishda xomashyoning 
ko‘pchish intervali 50 
0
S dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Bu xususiyatlarga barcha gil jinslari ega bo‘lmaydi. Gil xomashyosining 
xususiyatlarini yaxshilash uchun unga 1% gacha mazut, solyarka moyi yoki 
boshqa organik moddalar qo‘shiladi. Gil granulalarining ko‘pchish harorati 
intervalini uzaytirish uchun gil granulalari sirtiga olovga bardoshli gil kukuni 
yoki maydalangan kvars qumlari purkaladi. Keramzit ishlab chiqarishda 
qo‘shimchalarni qo‘llashda xomashyo mahsulotning ko‘pchish koeffitsientini 2-
3 barobar oshiradi, mahsuldorlik ham oshadi, tan narxi esa pasayadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin