Referat mavzulari ro’yxati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

2.19-rasm
. G‘ovakli to‘ldiruvchi oddiy (1) va engil (2, 3) betonlar 
mustahkamligining suv-sement nisbatiga bog‘liqligi. 
G‘ovak to‘ldiruvchi tarkibli engil betonlarning asosiy xususiyatlaridan biri, 
har bir yirik to‘ldiruvchi faqat ma’lum bir mustahkamlikka ega bo‘lgan
betonlarni olish imkonini berishidir. Mazkur mustahkamlikka erishgan beton 
keyinchalik qorishma mustahkamligi oshirilganda ham mustahkamlikning 
ahamiyatli darajada oshishiga olib kelmaydi (2.19-rasm). R
b
=f (R
p
) bog‘liqlik
 
ikki zonaga ega. Birinchi zonada qorishma mustahkamligining ortishi beton 
mustahkamligini oshishiga olib keladi va bu erda sement-suv nisbatining ta’siri 
namoyon bo‘ladi. Ikkinchi zonada qorishma mustahkamligini oshirish 


75 
betonning mustahkamligini oshishiga olib kelmaydi. Bunga to‘ldiruvchining 
zaifligi va sement yupqa karkasining mo‘rtligi sabab bo‘ladi.
Bundan keyingi qorishma mustahkamligini oshirish iqtisodiy nuqtai 
nazardan maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Turli markadagi engil betonni olish 
uchun to‘ldiruvchining mustahkamligini shunday tanlash lozimki, sement sarfi 
samarali ravishda qo‘llanilsin, ya’ni birinchi zonadagi betonga mos bo‘lsin.
Betonlarning alohida xususiyatlariga mos holda talab qo‘yilgandagina ikkinchi 
zona zichligiga mos betonlarni tayyorlash mumkin. 
2.20-rasm

Keramzitli 
shag‘al va qorishma mustaxkamligining 
keramzitbeton mustaxkamligiga ta’siri. 
a-umumlashgan bog‘liqlik: 1-granitdan olingan chaqilgan toshli beton; 
2,3-g‘ovakli to‘ldiruvchi asosidagi beton; I-beton mustaxkamligining o‘sish 
xududi; II-beton mustaxkamligining maksimal chegaraviy xududi; b ? 
tajribalar natijasilari; keramzitning mustahkamligi, MPa: 1 - 7; 2 - 5; 3 - 4; 4 - 
3; 5 - 2.
Engil betonlarning mustahkamligiga asosan tarkibidagi yirik g‘ovakli 
to‘ldiruvchilar yoki ularning konsentratsiyasi ta’sir etib, beton tarkibidagi 
to‘ldiruvchilar miqdori, ularning mustahkamligi va sement qorishmasi 


76 
mustahkamlikka 
nisbatiga 
bog‘liq bo‘ladi. Odatda nisbatan yuqori 
mustahkamligiga ega bo‘lgan sement qorishmasi bo‘lganda to‘ldiruvchi 
miqdorini oshishi beton mustahkamligini pasaytiradi. Sement qorishmasi va 
beton mustahkamliklari bir xil bo‘lganda betonning maksimal mustahkamligi 
to‘lidruvchining maqbul miqdoriga bog‘liq. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin