Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н
2.21-rasm . Engil to‘ldiruvchi miqdorining φ beton mustaxkamligiga ta’siri
(
R s k - silindrdagi keramzit mustaxkamligi)
1 - Rr/R s k =5,7; 2 - Rr/R s k =7,5; 3 - Rr/R s k =10,6 G‘ovak to‘ldiruvchili engil betonlarni tarkibini aniqlayotganda
to‘ldiruvchining mustahkamlikka ta’sirini barcha uch xususiyatiga e’tibor
qaratiladi. SHu sababli hisob ishlari aniq bir formula yoki garfik bilan emas,
balki mazkur xususiyatlarni e’tiborga oladigan qator jadval qiymatlari va
aniqlik kirituvchi koeffitsientlar asosida amalga oshiriladi
G‘ovak to‘ldiruvchilar engil betonlarning deformativ xususiyatlariga ham
ta’sir ko‘rsatadi. To‘ldiruvchini deformativligi va miqdorini oshishi bilan
betonning qovushqoqlik moduli kamayyadi.
77
Engil betonning asosiy xususiyatlaridan yana biri ularning issiqlik
o‘tkazuvchanligi bo‘lib, bu o‘z navbatida to‘suvchi konstruksiyalarning
qalinligini belgilaydi. Beton zichligi oshishi bilan betonning issiq
o‘tkazuvchanligi osha boradi (2.21-rasm). Tarkibdagi engil to‘ldiruvchilar
miqdorini oshishi, zichligini kamayishi beton issiqlik o‘tkazuvchanligini
kamayishiga olib keladi, xususan issiqlik-fizik xususiyatlari yaxshilanadi.
Biroq, bu holda betonning mustahkamligi kamayadi. SHu sababli amaliyotda
yakuniy materiallarning eng mukammal nisbatlarini topish talab etiladi. Bu
holda sement sarfini minimal darajaga tushirish ham muhim sifatlardan biri
hisoblanadi.
Engil to‘lidruvchilar ahamiyatli darajadagi suv talabchanlik xususiyatiga
ega bo‘lib, ular beton qorishmasi tarkibiga kiritilganda sement qorishmasidan
ma’lum miqdordagi suvni so‘rib oladilar. Bu jarayon beton qorishmasi
tayyorlanayotgan ilk 10-15 minutda nisbatan jadalroq davom etadi. Bu erda
shimilayotgan suvning miqdori beton qorishmasini tarkibiga bog‘liq: suyuq va
harakatchan betonlarda suv-sement nisbati ahamiyatli bo‘lib, bu miqdor ortib
boradi va aksincha suv-sement nisbati kamroq ahamiyat kasb etuvchi quyuq
betonlar qorishmalarida miqdor kamayib boradi.
G‘ovak to‘ldiruvchilarning suv talabchanligi ta’sirini muqobillashtirish va
beton qorishmasining harakatchanligini saqlab qolish maqsadida suv sarfi
orttiriladi (2.21-rasm). Beton qorishmasini suv talabchanligi oshish darajasi
engil to‘lidiruvchilar miqdori va ularning suv talabchanligiga bog‘liq:
to‘ldiruvchining miqdori va suv talabchanligi qancha ko‘p bo‘lsa talabga javob
beradigan, harakatchan beton qorishmasini olish uchun suv sarfi oshiriladi.
G‘ovak to‘lidruvchini suv talabchanlik xususiyati beton qorishmasining suv
tutuvchanlik xususiyatiga ham ahamiyatli ta’sir ko‘rsatib, quyma va
harakatchan betonlarni qatlamlashuviga mone’lik qiladi, shuningdek yuqori
darajadagi suv-sement nisbatidagi qorishmalarni qo‘llashga zamin yaratadi. Bu
78
xususiyatlar konstruktiv-teploizolyasion engil betonlarni ishlab chiqarishda
katta ahamiyat kasb etadi.