Referat nuriddinova Shahlo Oily nerv faoliyatining tiplari



Yüklə 36,48 Kb.
səhifə2/3
tarix07.11.2022
ölçüsü36,48 Kb.
#67881
növüReferat
1   2   3
Yosh fiziologiyasi va gigiyena

Dinamik steriotip Oddiy hayot sharoitiga odam va hayvon organizimga turli xil tasirlovchilarning murakkab tazimi tasir etadi. Organizmning bunday murakkab tasirlozchilarga moslashishi miya yarim sharlari po’stlog’ining shartli reflekslar analitik -sintatik faoliyati tufayli amalga oshiririladi . Buning natijasida kompleks shartli reflekslar xosil bo’ladi. Bu miya yarim shartli po’stlog’ining yanada murakkab faoliyati bo’lib ,sharli reflektor faoliyati yoki dinamik stereotib hisoblanadi.

Dinamik stereotip –deb bir vaqtda bir tartibdagi shartli reflekslarning uzliksiz ravishda tartib bilan kelishi va nerv tizimida bu tasirlarga javob qaytiladi. Dinamik steriotip boshqacha aytganda, odamda bir necha yillar davomida shartli reflekslarning izchillik bilan kelib, miya po’stlog’ida qo’zg’alish va tormozlanish juarayonlarini xosil qilishdir. Dinamik stereotip har bir odam uchun o’ziga xos bo’lib, odamdagi odat va malakalarning asosi hisoblanadi. Maktab yoshidagi bolalar bosh miya yarim sharlari po’stlog’ida dinamik stereotipni xosil bo’lish jarayonlrini tekshirish amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Masallan: Darslarni fiziologik asosida tashkil etish, kun tartibini tuzish, ovqatlanish, mehnat va dam olishni va boshqa faoliyat turlarini o’qituvchilar nerv tizimida dinamik stereotibni vujudga keltitish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Tekshirish savollari:

1.Birinchi signallar sistemasiga nima kiradi?

2.Ikkichi signallar sistemasiga nima kiradi?

3. Oliy nerv faoliyati necha tipga bo’linadi?

4. Dinamik steriativ nima?


Tayanch tushinchalar .

Signal, birinchi va ikkinchi signal, tip, xolerik, sangivinik, flegmatik, melanxonlik .




6 –ma’ruza

Mavzu: nerv sistemasining gigienasi.

Reja:


  1. Charchash va o’ta charchash.


  2. Charchash va o’ta charchashni oldini olish.


  3. Asab buzilishi.


  4. Uyqu va uyqu gigienasi.



O’sib kelayotgan yosh avlodning sog’ligini saklash masalasi keng ma’nodagi tushuncha bo’lib o’quvchilarning charchashi – ya’ni, toliqishi va o’ta charchashining oldini olish vazifasini ham o’z ichiga oladi, bu esa birinchi navbatda o’quvchining o’ta toliqishiga yul qo’ymaslik bilan bog’likdir. Bu masala maktabdagi pedagoglar va mediklar, ota – onalarning diqqat markazida to’rishi lozim. Maktab kasalliklari deb ataluvchi kasalliklarning oldini olish hozirgi vaqtda o’quvchilar tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi har bir kishining asosiy vazifasidir.

Zamonaviy o’qitish jarayoni o’quvchiga axborot berishning yangi shakl va usullarini kulamoqda, ya’ni bilim berishning samaradorligini oshirishga karatilgan texnika vositalaridan keng foydalanilmoqda. Natijada o’quuvchining darsdagi faoliyati bir muncha aktivlashtirishga erishildi.

Odam organizmining barcha to’qimq va organlaridagi hayotiy jarayonlar, ularning ishi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Odam tug’ilganidan boshlab butun umri davomida aqliy va jismoniy faoliyatining takkomillashuvi, ya’ni tarbiyalanishi, bilim olishi, hunar o’rganishi miya po’stlog’idagi nerv markazlarining funksional holatiga bog’liq. Miyaning faoliyati ikki hil sababga ko’ra susayishi mumkin. Birinchidan, miya to’qimasidagi tug’ma kamchiliklar, tug’ilgandan keyin har hil kasalliklar paydo bo’lishi.

Aqliy mehnat (o’qish, yozish, fikrlash, mqasala yechish dars tinglash va tayyorlash va hokazolar) asosan ko’rish, eshitish, organlari va ularninmg bosh miya po’stlogidagi markazlarining nerv hujayralarini bajaradigan ishdir.

Shunday ekan, o’quvchilar aqliy mehnat gigiyenasining zarur shartlarini kun tarriblariga rioya qilish. Fizkultura va sport bilan shug’ullanish, o’quv va o’qishdan tashqari mashgulotlar uchun sharoit yaratish, bir faoliyatini ikkinchisi bilan almashtirib turish, spirtli ichimliklar ichmaslik, chekmaslik, zararli odatlarga berilmaslik va hokozalarini ongli ravishda bajarishga harakat qilishlari kerak.

Aqliy faoliyat uzoq vaqt davom etaversa, ularning ish qobilyati asta- sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi, bajarayoygan ishga nisbatan etibor kamayadi, o’zlashtirish pasayadi, bo’shashadi, mudraydi. Bu holat miyaning ish bajarayotgan markazlaridagi nerv hujayralari qo’zg’alish holatidan tormozlanish holatiga o’tganligini, yani ular charchaganini ko’rsatadi. Charchash bu tashqi muhit bilan miya po’stlog’idagi nerv hujayralari o’rtasidagi aloqaning vaqtincha uzilishidir. Charchash deganda, miya hujayralarining shu bilan birga butun organizmning ishchanlik qobilyati pasayishi tushuniladi. Bu fiziologik jarayon bo’lib, tormozlanishning oxirgi pog’onasi hisoblanadi. Tormozlanish dastlab bosh miya po’stloq qismiga, so’ngra nerv sistemasining tuban qismlariga tarqalib, organizmni bo’shashtiradi.

Darsda charchashning birinchi bosqichi aktiv tormozlanishbo’shashi bog’liq .

Bu harakatlar ozgacha ko’rinishda namoyon bo’ladi.

O’quvchilarning o’zlari aktiv yo’ldan to’xtagan bo’ladilar- sinfda ozgina shovqin- suron ko’tariladi. Charchashning bundan keyingi ikkinchi bosqichi qo’ zg’alish prosesslarining bo’shashi, bilan birga davom etadi. Tormozlanish prosesslari qo’zg’alish prosesslaridan ustun turadi.


Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun charchashning eng dastlabki bosqichlari xosdir. Yuqori sinf o’quvchilari esa charchash vaqtida ham ishlash qobilyatlarini yo’qotmaydilar. Biroq ko’p ishlash natijasida ish qobilyati pasayadi.

Ota- onalar va o’qituvchilar o’quvchi hulqida va holatida aqliy charchash alomatlarini sezsalar, ko’pincha e’tibor bermaydilar, chunki bu o’zgarishlar vaqtinchalik bo’lib, tez o’tib ketadi. Lekin bular bolada boshlanayotgan surunkali chaqaloqlikning birlamchi belgilari bo’lib, astenik sindromdeb ataladi va bu kasallik markaziy nerv sistemasi faoliyati buzilishining bir turi hisoblanadi.

Aqliy toliqishning xususiy belgilariga yana diqqatining susayishi xotiraning pasayishini, fikrlash va tasavvur qilishning buzilishini ham kiritib o’tishi lozim.

Bazi adabiyotlarga asoslanib, aqliy ishchanlik qobilyati ko’rsatkichlarini kun davomida o’rganib chiqib alohida davrlarga ajratish mumkin. Bu o’z navbatida o’qish va mehnat qilish bo’yicha ratsional kun tartibi tuzishdaeng obyektiv mezon hisoblanadi. Aqliy ishanlikqobilyati 5 ta davrdan iborat.




  1. ishga kirishish davri. Darsda bir necha minut davom etib, o’quvchi ish sharoitiga moslasha boradi.


  2. optimal ishchanlik davri. Aqliy mehnatni bajarishning stabillashgan davridir. Bunda diqqat dominatasi vujudga keladi.


  3. to’liq kompensatsiya davri. Oldingi davrdan farq qilib, toliqishning dastlabkibelgilari paydo bo’la boshlaydi, ammo odamning iroda kuchi kompensatsiyalashtirib, yuzaga chiqarmay turadi.


  4. beqaror kompensatsiya davri. Toliqishning ortib borishi ish faoliyatining pasayishi bilan xarakterlanadi, ammo odam iroda kuchi bilan ma’lum vaqtgacha aqliy mehnatni talab darajasida davom ettirishi mumkin.


  5. mehnat faoliyatining progressiv pasayish davri. Bu davr toliqishning tez ortib borishi bilan xarakterlanadi, bunda bajarilayotgan aqliy mehnatning maxsuli va samaradorligi keskin kamayadi. Bu davrlarni dars davomida, kun, hafta, chorak, yil davomida kuzatish mumkin. Aqliy mexnat faoliyatini yuqori mahsuldorlitgini ta’minlovchi sharoitlar quyidagilardan iborat.


- har qanday mehnatni bajarishga asta- sekin kirishi;

- ish bajarishning optimal ritmini va tartibini tanlash va unga rioya qilish

- ishni izchilikda va ketma- ket bajarishga odatlanish;

- mehnat va dam olishni to’g’ri tashkil qilish, bir ish turini ikkinchisi bilan almashtirib olib borish;

- mumtazam ravishda jismonish mashqlar bilan shug’ullanish tufayli aqliy mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashtirish hamda avtomatik malaka hosil qilish;

Xullas dars vaqtida aqliy mehnatning yuqori mahsuldorligini ta’minlash, charchashni oldini olish choralari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak;


  1. “o’qituvchi yangi materialni o’quvchining optimal ish qobilyatiga ega bo’lgan vaqda tushuntirish;


  2. darsning birinchi yarimida. Dars berishning aktiv usullarini qo’llab, o’quvchi, diqqatini uzoq vaqt bitta predmetda ushlab turmasdan tushuntirilsa, yuksak natijaga erishiladi.


  3. Dars berish usulini o’zgartirib turish uni yuqori saviyada olib borish;


  4. sinf xonalarini tanaffuz paytida shamollashtirish;


  5. o’quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb qilish, o’quv texnika vositalaridan, televuizordan, programmalashtirilgan ovoz yozish aparatidan, diafilimlardan foydalanishning o’zi asosiy gigiyena qoida;lariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi.


  6. dars materialini tushuntirishda ko’rgazma qurollaridan(rasmlar namoyish qilish, tajribalar ko’rsatish) didaktiv o’quv vositalaridan maksimal foydalanish.


  7. dars oralig’ida fizkulminutlar o’tkazish.


  8. o’qituvchining pedagokik mahorati. Uning yangi materialni tushuntirish paytdagi ko’tarinki kayfiyati, o’qituvchining har hil ohangda so’zlashi.


Agarda charchash xolati o’z vaqtida dam olish bilan almashtirilsa u o’ta charchash holatiga o’tadi. Bu organizm uchun kasallikdir.

O’ta charchagan bolalar darsni yaxshim natija o’zlashtirishlari pasayib ketadi. Maktab o’quvchilarida o’ta charchash, asosan o’quv va o’qitishdan tashqari ishlarning meyoridan ortib ketishi, kun tartibing buzilishi, ochiq havoda yetarli sayr qilmaslik, ovqatlanishning to’g’ri tashkil qilmaslik natijasida kelib chiqadi.

O’ta charchash natijasida nerv sistemasida qo’zg’alish va tormozlanish kelishib ishlash xususiyatini buzilishiga ya’ni asabiylik yoki nevrozga olib keladi. Nevroz yoki asab kasallikgi quyidagi kamchiliklar tufayli vujudga keladi.





  1. O’ta charchash.

  2. Aqliy mehnatning zo’riqishi.

  3. O’quv nagruzkasining ortib ketishi.

  4. Turli yuqumli kasaliklardan so’ng.

  5. Vitamin yetishmasligidan;

  6. oiladagi notinj hayot.

  7. O’quvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi kelishmovchilikdan.

Nevrozga chalingan biolalarda kasallik belgilari 3 holatda namoyon bo’ladi.





  1. hayolfarastlik;

  2. o’jarlik, qaysarlik.

  3. qo’rquv

Bu holatdagi bolalarda ishtaha yo’qoladi, tez-tez ishlolmaydi, boshi og’riydi, boshi aylanadi, tez charchaydi, tajanglashadi, parishonxotir, serzarda, yig’loqi, kamgap, besaramjon, injiq, serxarxasha, uyqulari notinch uyquda alaxlaydigan ko’p tush ko’radigan bo’ladi.

Bu negativ holatlarni yo’qotish uchun ota- onalar, vrachlar va pedagoklar birgalikda ish olib borib, uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etishga harakat qilishlari kerak. Buning uchun maktabda dars jadvallari va o’quv yuklamalari bolaning yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzilishi, o’quvchilar vitaminlarga boy, yuqori kaloriyali ovqatlar iste’mol qilishi, aktiv dam olishi sof havoda sayr qilishi, tonusi kuchaytiradigan achiq choy, kofeyn, kofe ichmasliklari kerak. O’qituvchilar o’quvchilar bilan, ularning xarakterini, hisobga olgan holda muomala qilishlari kerak.


Yüklə 36,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin