Referat o‘qituvchi: Toshkent 2022 Reja


Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan chiqariladi



Yüklə 65,53 Kb.
səhifə5/7
tarix19.12.2022
ölçüsü65,53 Kb.
#76397
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etish.

Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan chiqariladi:


      • tugatish;

      • sotish;

      • beg’araz berish;

      • kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi;

      • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.

Asosiy vositalarni ularning tugatilishi sababli hisobdan chiqarish to’g’risida komissiya tomonidan qabul qilingan qaror natijalari Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma bilan (AV-4-son shakl, byudj.), shu jumladan, transport vositalari bo’yicha Budjet tashkilotlarida transport vositalarini hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma (AV-4a-son shakl, byudj.) bilan, kutubxonadagi mavjud adabiyotlarni hisobdan chiqarish Budjet tashkilotlari kutubxonasida mavjud bo’lgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish bo’yicha dalolatnoma (444-son shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomalar komissiya tomonidan ikki nusxada tuziladi va barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi asosiy vositalar ob’ektlarining saqlanishi uchun javobgar bo’lgan shaxsda qolib, hisobdan chiqarish natijasida qolgan moddiy qimmatliklar yoki temir-tersakni omborga topshirish yoki sotish uchun asos bo’ladi. Transport vositasini hisobdan chiqarishda buxgalteriyaga dalolatnoma bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo’l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida hisobdan chiqarilganligini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim qilinadi. Ushbu dalolatnomalar tashkilot rahbari (yoki uning o’rinbosari) tomonidan tasdiqlanguniga qadar asosiy vositalarni qismlarga bo’lish va demontaj qilishga yo’l qo’yilmaydi.


Qonunchilikka muvofiq asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo’yilmalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiyadan o’tkazishlari shart.
Inventarizatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va qat’iy hisobda turuvchi blankalari va boshqa aktivlarning haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga taqqoslash yo’li bilan aniqlash, shuningdek moddiy boyliklar va pul mablag’larining saqlanishini nazorat qilish; qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq belgilangan normativdan yuqori bo’lgan va foydalanilmayotgan moddiy boyliklarni aniqlash; moddiy boyliklar hamda pul mablag’larini saqlash qoidalari va shart-lariga rioya qilish; balansda hisobga olingan moddiy boyliklar, kassalardagi, banklarning depozit hisob raqamlaridagi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalaridagi (keyingi o’rinlarda G’aznachilik bo’linmalari deb yuritiladi) shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalari qiymatining haqiqiyligini tekshirish.
Balanslarda o’chirish va ustiga yozishlar bo’lmasligi kerak. Balanslarda xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni balanslarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlaydilar. Moliyaviy hisobotlarga kiritilgan barcha tuzatishlar haqida ularni yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tekshirish va tasdiqlashda mazkur balanslar taqdim etilgan barcha joylarga (manzilgohlarga) majburiy tartibda xabar qilinishi shart.
Tashkilotlar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) hamda boshqa byudjet mablag’larini oluvchilar (byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilar) o’z tasarrufidagi tashkilotlarning balanslarini qabul qiladilar, ko’rib chiqadilar hamda tasdiqlaydilar, agarda qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo’lsa.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari o’tgan yilgi moliya yakunlarini chiqarishda vazirlik va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)ning o’z tasarrufidagi tashkilotlarining yillik balanslarini ko’rib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari quyidagi huquqlarga ega:
zarur hollarda balansda keltirilgan ma’lumotlar yuzasidan tushuntirishlar talab qilish;
buxgalteriya balanslari ma’lumotlarini hamda ularning hujjatlar bilan asoslanganligini, shuningdek taftish dalolatnomalari va tashkilotning moliyaxo’jalik faoliyatini o’rganish materiallarini joyida ko’rib chiqish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organ lari balanslarda nomuvofiqliklar va noaniqliklar mavjud bo’lganda o’z e’tiroz va takliflarini tegishli tashkilotlarga ular qabul qilingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan xabar qiladi.
Ma’lumki tashkilotda buxgalteriya xizmatini tashkil etish, moliya-xo’jalik faoliyatidagi amalga oshirilgan muomalalarni amaldagi qonun xujjatlariga muvofiqligi hamda buxgalteriya xujjatlarini saqlanishini ta’minlash tashkilot rahbari zimmasiga yuklatigan. Shundan kelib chiqqan holda, bevosita buxgalteriya xizmatining asosiy vazifasi kuyidagilarga qaratilmog’i kerak:
 buxgalteriya hisobini qabul kilingan qonuniy xujjatlar, yo’riqnomalar va boshqa me’yoriy xujjatlarga amal qilgan holda yuritish;
 buxgalteriya xujjatlarni o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan muomalalarni qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
 byudjet mablag’larini, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’larni smetada ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri va tejamli sarflanishi, shuningdek pul mablag’lari va moddiy boyliklarni butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
 tashkilot xodimlarining ish xaqlarini, o’quv yurtlari talabalarining stipendiyalarini belgilangan tartibda o’z vaqtida hisoblab chiqish va to’lash;
 buxgalteriya hisobi va hisobotiga oid nizomlar, yo’riqnomalar, qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalarni va bevosita buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy – xuquqiy xujjatlarni tizimli ravishda hisobini olib borish va ish jarayonida muntazam foydalanish va boshqalar.
Byudjet tashkilotlarida hisob ob’ektlari bo’yicha byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqish. Bu orqali byudjet tashkilotlarida davlat sektori buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari talablaridan kelib chiqib o’ziga xos jihatlarni inobatga olgan holda byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish bo’yicha uslubiy ko’rsatma ishlab chiqish. Bunda faoliyat turidan kelib chiqib byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini tashkil etishlari va yuritishlari yuqori turuvchi vazirlik va idoralar tomonidan yagona tarzda amalga oshirilishi lozim.



Yüklə 65,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin