Asosiy vositalar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:
Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda asosiy vositalar tarkibida aks ettirish;
Asosiy vositalarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydan- joyga o’tishi (ko’chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli), shuningdek, har bir ob’ektning (predmetning, komplektning) saqlanishi va to’g’ri foydalanishi ustidan nazorat qilinish;
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;
Belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registrlarida qayd etib borish;
o asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash;
o qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.
Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
etkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to’lanadigan summalar;
asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, shu jumladan bojxona bojlari va yig’imlari (agar ular qoplanmasa);
asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’langan summalar;
asosiy vositalarni etkazib berish (qurish) xatarini sug’urtalash bo’yicha
xarajatlar;
asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar;
asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;