O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
“BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK ISHI” KAFEDRASI
“Iqtisodiyot” yo‘nalishi 4-bosqich I-55-2 guruh talabasi Turniyozov Husniddin Bahodirovich tomonidan “Byudjet hisobi” fanidan
" Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etish.” mavzusida tayyorlangan
REFERAT O‘qituvchi: ____________________
Toshkent – 2022
Reja
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari
Asosiy vositalar kirimi hisobi
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va ularni hisobi
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va ularni hisobda aks ettirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari
Asosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir.
Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo’shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o’quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo).