Referat principles of economics 1 mavzu: Markentilizm


Jon Lo (1671-1729)ning g'oyalari va faoliyati diqqatga sazovordir (ba'zi manbalarda Lou). Uning «Pul va savdo tahlili



Yüklə 47,48 Kb.
səhifə5/5
tarix03.02.2022
ölçüsü47,48 Kb.
#52075
növüReferat
1   2   3   4   5
Markentalizm 3-mavzu

Jon Lo (1671-1729)ning g'oyalari va faoliyati diqqatga sazovordir (ba'zi manbalarda Lou). Uning «Pul va savdo tahlili» (1705y.) asaridagi tub g'oya baholarda foyda hissasini oshirishga va «pulning ko'payishi hozirgi

-14-


o'ziga to'q odamlarni tadbirkorlikka jalb etadi» degan fikr asosiga qo'yiladi. Uning hayoti to'g'risida «Inflyasiya otasi», «Kredit sehrgari», «Bankir Loning g'aroyib hayoti» kabi turli kitoblar chop etildi.

Xo'sh, nega bu insonning hayoti va ayniqsa faoliyati barchani qiziqtirib qoldi?

Jon Lo Shotlandiyaning Edinburg shahrida zargar oilasida tug'ildi, uning otasi pullarni foiz hisobiga qarzga berar edi. Lo qisqa vaqt ichida boyib ketdi, Londonga jo'nadi. U 1694 yil duelda odam o'ldirdi, sud bu duelni noqonuniy deb topdi va uning o'zini o'limga hukm etdi. Harakati tufayli qirol Vilgelm III uni avf etdi, ammo unga qarshi yangi sud jarayoni boshlandi. Shundan so'ng Lo qamoqdan qochib, Gollandiyaga boradi. Ammo Lo uch yil Londonda bo'lgan vaqtida bank ishini yaxshi o'rganadi, 1694 yilda birinchi bank yuzaga keldi. Uning fikricha, bu hodisani «Hindistonning ochilishi» bilan tenglashtirish mumkin edi.

O'sha davrda kredit kuchi Lo timsolida o'zining muxlisi, shoiri va bashoratchisiga ega bo'ldi. U Amsterdamda o'sha yillari eng yirik bo'lgan bankning faoliyatini chuqur o'rgandi. 1699 yilda u Parijda paydo bo'ldi, u erdan esa Italiyaga bordi. Yangi tipdagi bank ochish orzusi 1704 yilda uni o'z vataniga olib keladi. Shotlandiya og'ir iqtisodiy ahvolda, savdoda turg'unlik, shaharlarda ishsizlik, tadbirkorlik ruhi keskin pasaygan, ana shunday sharoitda u o'zining kitobini (1705y.) yaratdi. U hech qanday nazariyotchi emas edi, uning asosiy iqtisodiy qiziqishlari pul va kredit muomalalariga tegishli edi, xolos. Lekin u o'z loyihasidagi g'oyalari bilan iqtisodiyot fanida muhim rol o'ynadi.

Sen-Simon unga baho berib, «tizim, ya'ni o'z davri odami», bo'lganligini bir necha bor qayd etdi. Lo o'z loyihasini keng targ'ib etdi va muhimi uni amalga oshira boshladi.

Loning g'oyasi quyidagilardan iborat bo'lgan: uningcha, iqtisodiy ravnaqning kaliti mamlakatda pul mo'l-ko'lligidir. U pulning o'zini boylik deb hisoblamagan, tovarlar, korxonalar va savdo haqiqiy

-15-

boylikdir (bu fikrni sof merkantilistlar fikri bilan solishtiring). Ammo pulning ko'pligi, uningcha erdan, ishchi kuchidan, tadbirkor mahoratlaridan to'la foydalanishni ta'minlaydi. U shunday yozadi: «Ichki savdo odamlarining ish bilan bandligi va tovarlar almashuvidir...Ichki savdo pulga bog'liq. Pulning ko'pligi ko'p odamlarni ish bilan band etadi...»



Ammo Jon Lo avvalgi merkantilistlardan sezilarli farq qiladi. U iqtisodiy rivojlanish omilini muomala sohasida izlasa ham, metall pullarni sharaflamaydi, aksincha ularni tanqid qiladi. 200 yildan so'ng J.M.Keyns oltin pullarni «varvarlarning qoldig'i» deb ataydi, xuddi shularni Lo ham aytishi mumkin. Loning fikricha, pullar metalldan emas, balki xo'jalik talabi asosida banklar tomonidan chiqariladigan kreditdan iborat bo'lmog'i kerak, ya'ni qog'oz pullarga ustunlik beriladi. Banklardan foydalanib, pul miqdorini o'stirish hozirgacha qo'llanilgan eng yaxshi usuldir. Lo tizimida yana ikki tamoyil muhim o'rinni egallaydi. Birinchidan, u banklar uchun kredit ekspansiyasi siyosatini, ya'ni bankda saqlanayotgan metall pul zahiralaridan ko'p marta ortiq ssuda berish huquqini ko'zda tutgan. Ikkinchidan, u banklarning davlat ixtiyorida bo'lishi va davlatning iqtisodiy siyosatni o'tkazishini talab etgan. Buni misolda ko'rsatadigan bo'lsak, bank aktivida oltin hisobida 2 mln funt sterling mablag' mavjud, ssudalar 10 mln funt sterling, aktiv summasi 12 mln funt sterling, passivda esa xususiy kapital 1 mln funt sterling, qo'yilmalar 1 mln funt sterling, banknotlar 10 mln funt sterling. Turg'un bankda bunday hodisa bo'lmaydi, ssuda va banknot summasi zahiraga yaqin bo'lishi kerak. Shu sababli bunday bank katta xavotir, tavakkalchilik bilan ish yuritadi. Agar banknot egalari zahiradan ortiq, masalan 3 mln funt sterlingni almashtirish uchun olib kelsa, bankning holi nima kechadi? Bank bu holda sovun ko'pigi kabi yorilib ketadi, to'lovlarni tugatadi. Ammo Lo buni o'rinli va zaruriy tavakkalchilik deb hisoblaydi. Uningcha, agar banklar ma'lum davr to'lovlarini to'xtatsa, bu katta xavf emas emish. Bu usul bilan banklar ssuda miqdorini keskin

-16-


oshirish va muomala doirasini to'ldirish imkoniga ega bo'ldi. Kredit kapitalistik ishlab chiqarishda, uning rivojida muhimdir. Lo birinchilardan bo'lib buni tushunib etdi. Ammo bu tamoyilda bank tizimi mustahkamlanganligida katta xavf bor, bank foydani ko'proq olish maqsadida o'z ssudalarini oshirib yuboradi. Bundan banklar bankroti va iqtisodiyotga katta ziyon etishi xavfi tug'iladi. Bu xavfning yana bir aspekti shuki, banklarning bu xususiyati davlat tomonidan suiiste'mol qilinishi mumkin. Agar banklar xo'jaliklarning haqiqiy talablarini qondirish uchun emas, balki davlat byudjeti kamomadini to'ldirish uchun banknotlar chiqarishni yo'lga qo'ysa nima bo'ladi? Bu davrda hali «inflyasiya» so'zi kashf etilmasa-da, u Lo banki va shu bank ishlayotgan mamlakat uchun xavf soladi.

Jon Lo banklarning ijobiy, ustunlik tomonlarini ko'ra bildi, ammo uning salbiy holati, bo'lajak xavfni yo ko'rishni istamadi, yoki uni tushunib etmadi. Bu Lo tizimining bosh amaliy, nozik xavfi edi va u oxir-oqibatda unga zarba berdi. Nazariy jihatdan Lo katta xatoga yo'l qo'ydi. U pul va kreditni kapital bilan aynan bir deb o'yladi. U xato ravishda ssuda va pul chiqarishni kengaytirish bilan bank kapitalini yaratdi hamda shu bilan boylik va ish bilan bandlik ortadi deb o'yladi. U olib borgan kredit operasiyalar moliyaviy avantyurizm bo'lib chiqdi.

Shotlandiya parlamenti Jon Loning bank tuzish loyihasini rad etdi. Angliya hukumati uning avvalgi gunohini (duelda odam o'ldirganligini) kechmadi, oqibatda Lo yana kontinentga ketishga majbur bo'ldi, u hayotining asosiy qismini chayqovchilik, turli qimorlarda ishtirok etish bilan o'tkaza boshladi. U o'z loyihasini Parijda amalga oshirishga erishdi. Fransiyaning iqtisodi og'ir ahvolda, davlat xazinasi bo'm-bo'sh edi. 1715 yilda qirol Lyudovik XIV olamdan o'tdi, regent gersog Filipp Orleanskiy (odingi qirolning jiyani) Lo loyihasini qabul qildi, ammo oddiy emas, xususiy aksionerlik banki tuzildi. Amalda bu ko'zbo'yamachilik edi. Boshdanoq bank davlat bilan chambarchas bog'liq edi. 1716

-17-


yilning mayida tuzilgan bank nihoyatda katta yutuqqa erishdi, talantli administrator, usta ishbilarmon, mohir siyosatchi va diplomat bo'lgan Lo regent yordamida mamlakatdagi barcha pul krediti tizimini ishonch bilan egalladi. Ko'p sonli bank banknotlari ustalik bilan tartibga solib turildi va iste'molga keng kiritib borildi, ular hatto haqiqiy chaqalardan ham ustun bo'lib qoldi. Parijdagi sudxo'rlarga nisbatan ssuda foizi ancha imtiyozli edi va ongli ravishda sanoat va savdoga yo'naltirildi. Xalq xo'jaligida sezilarli jonlanish boshlandi.

Lo vatanparvar bo'lgan emas. U o'z g'oyasining jonkuyari edi. U o'zining g'oyasi ko'p erda o'tmagach, Fransiyada shu imkoniyat paydo bo'ldi. Lo Fransiya fuqaroligiga o'tdi, hatto doimiy e'tiqodini o'zgartirib, katoliq dinini qabul qildi. U o'z g'oyasini nihoyatda sevgan, ishongan, unga puli va vujudini to'laligicha bag'ishlagan. Jon Lo moliya tizimida mustahkam tartib o'rnatish, qishloq xo'jaligi, sanoat va savdoni jonlantirish, qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bosh vaziri qilib belgilandi.

Lo 1717 yilda Fransiyaning Missisipi daryosi xavzasidagi erlarda katta kompaniya tuzdi, bu kompaniya 1719 yilda qirol bankiga aylangan bank bilan hamkorlikda ish yuritdi. Bu Jon Loning ikkinchi «buyuk g'oyasi», kapitalni markazlashtirish va assosiasiyalash g'oyasi edi. U bu sohada ham o'ziga xos bashoratchi bo'lib chiqdi. Agar G’arbiy Evropa va Amerikada aksionerlik jamiyatlari faqatgina XIX asrning o'rtalarida tuzilgan bo'lsa (hozir hamma erda), Lo bu ishni XVIII asrning boshida amalga oshirdi. Kompaniya faoliyati tobora avj oldi, aksiya chiqarish va sotish tobora kuchaydi. Jon Lo bu sohada qat'iylik ko'rsatdi. Har olti oyda ikki hissa dividend (foyda) olish imkoni tug'ildi.

Kompaniya faoliyati kengayib, flot va savdoni o'ziga jalb etdi. 1719 yilda (kompaniya 1717 yilda tuzilgan edi) nominali 500 livr (Fransiyaning o'sha davrdagi pul birligi) bo'lgan aksiyalari 5000 livrdan (o'n baravar ortiq) sotila boshladi. Ajiotaj boshlandi,

-18-

aksiyalarni ba'zi birjalarda 7-8 mingdan pullash mumkin edi. Aksiyalar bahosi hatto 20 ming livrga etdi. Ko'pchilik bundan katta foyda ola boshladi. Ana shu qog'oz boyligini yaratgan inson shotlandiyalik moliyachi, maftunkor Jon Lo edi.



Amalda Jon Lo Fransiya moliya tizimini to'la boshqarar edi, ammo xuddi shu davrda (1720 y.) dastlabki xavf-xatar xabari ham sezila boshladi, Lo tizimi ostidagi zilzilaning dastlabki belgilari, er osti silkinishlari boshlandi.

Kompaniya aksiyalar chiqarish yo'li bilan to'plagan katta pul mablag'larining oz qismini kema va tovarlarga, asosiy qismini esa davlat qarz obligasiyalariga qo'ydi. Amalda egalaridan obligasiyalarni sotib olish yo'li bilan kompaniya davlatning katta qarzini (2 mlrd livr) o'z ostiga olgan edi. Bu usul Lo va'dasidagi moliyadagi tartib edi. Yangi banknotlar chiqarish yo'li bilan moliyada tartib o'rnatish abadiy bo'lmaydi, Lo buni sezmadi yoki sezishni istamadi. Lekin uzoqni ko'zlagan ayrim savdogarlar bu xavfli holatni seza boshladilar va o'z qo'llaridagi aksiya va banknotlardan qutulish yo'lini kidira boshladilar. Aksiya kursi ushlab turildi, banknotlarni metall pullarga almashtirish cheklandi. Aksiyani qo'llash uchun tobora ko'proq pul kerak edi, oqibatda pul stanogi tobora tez ishlay boshladi. Tizim halokati aniq bo'lib qoldi. 1720 yilning kuzida aksiyaning bahosi o'z kompaniyasidagi bahosining to'rtdan biriga tushib qoldi, tovarlarning bahosi keskin oshdi. Parijda oziq-ovqat etmay qoldi, xalq noroziligi kuchaydi. Noyabrda banknotlarning qonuniy to'lov quvvati yo'qoldi, tizimni tugatish boshlandi. Jon Lo 1720 yil dekabrda Parijdan qochib Bryussel (Belgiya)da qo'nim topdi. Uning barcha mulki musodara etildi va kreditorlar talabini har qalay qondirishga sarflandi. Bir moliya avantyuristining faoliyatiga chek qo'yildi. Lekin aslida shundaymikin? Yo'q! XIX asrda va XX asrda ham, ayniqsa o'z boshidan bozor iqtisodiyotiga o'tish davrini kechirayotgan davlatlarda bu holat takrorlanmoqda. Jon Lo tizimi, uning firibgarliklari o'yinchokdek ko'rinadi. Ayniqsa, Rossiya

-19-

Federasiyasida turli-tuman moliyaviy kompaniyalar («MMM», «Valentina», «Germes» va boshqalar) faoliyati diqqatga sazovordir. Aslini olganda iqtisodiy ta'limotlar tarixini diqqat bilan o'qimagan va Jon Lo kabi avantyuristlarni bilmagan xalq Mavrodi kabilarning ustalik bilan qo'ygan tuzogiga ilindilar va ilinmoqdalar (pul topishning piramida usuli bunga yaxshi misoldir). Bu holat 1997 yy. Albaniyada ham kuzatildi.



Ammo Jon Lo tizimidagi faqat negativ tomonlarnigina ko'rish tarixan adolatsizlikdir. Chunki uning tizimida bir qancha rasional tomonlar borki, ular keyingi rivojga ijobiy ta'sir etdi.

Loning moliyaviy g'oyasi - kredit-moliya sohasi va davlatning iqtisodga aralashuvi yo'li bilan xo'jalikni rivojlantirishdir. Bu g'oya (30-yillardan keng tus oldi) hozirgi iqtisodiy ta'limotlar yo'nalishidan biridir (Keyns va neokeynschilik). Bular to'g'risidagi ma'lumot quyida beriladi.












-20-

XULOSA



XV asr oxiri - XVIII asrlar davomida yangi iqtisodiy ta'limot - merkantilizm va u bilan bog'liq siyosat paydo bo'ldi. Bu ta'limot bo'yicha millat (xalq) boyligining asosi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq qiladi).

Bu ta'limotda ikki davrni ajratish mumkin:

1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya'ni pul degani) XV-XVI asrlarda (qisman XVII asrda) mavjud bo'ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho javohirlardan iborat bo'ladi, degan g'oyani ilgari surdi. Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko'proq nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targ'ib qilingan.

2. Rivojlangan merkantilizm ta'limotida boylik savdo-sotiq sohasida savdo balansi asosida yuzaga kelgan, imkoni boricha ko'proq eksport qilish va mumkin qadar kamroq import qilish g'oyasi ilgari surilgan. Merkantilizmning ayrim mamlakatlardagi ko'rinishi milliy xususiyat kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada kameralistika shakllari yaxshi ma'lum. Bu ta'limot yangi tug'ilayotgan jamiyat - kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv xarakterga ega bo'ldi. Kapitalning dastlabki jamg'arilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo'llab-quvvatladi, tovar-pul muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizm ta'limotida davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etishi shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga keldi. Merkantilizm tarixan cheklangan bo'lsa ham (u XVIII asrda to'g'ri va qattiq tanqidga uchradi), ta'limotlar tarixidan munosib o'rinni egallaydi. Lekin bu ta'limot va unga asoslangan siyosatni to'la amalga oshirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tajribasidan ma'lum. Merkantilizm moliya tizimi va savdo rivojiga muhim hissa qo'shdi.

-21-

Foydalanilgan adabiyotlar.

1  OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


2.Karimov I.A O‘zbekiston buyuk kelajak sari.t., O‘zbekiston,1998

3. Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000.

4.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001.

-22-


Mundarija:
Markentilizim ta’limotining mohiyati.. 1-10.

Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari 10-12

Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining tarixiy taqdiri....................13-20

Xulosa 21



Foydalanilgan adabiyotlar 22



`



Yüklə 47,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin