Referat tayyorladi: Turdiyeva Shohida O`qituvchi: Qo`nisheva N. Fan nomi: Falsafa mavzu: abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari


Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar



Yüklə 48,23 Kb.
səhifə4/5
tarix07.04.2023
ölçüsü48,23 Kb.
#94264
növüReferat
1   2   3   4   5
Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar
Birinchi mavjud boshqa barcha mavjudod borligining birinchi sababidir.Bo’lishi mumkin bo’lgan turli tuman kamchiliklarning barchasidan ozod-pokdir.Undan boshqa barcha mavjud narsa nuqsonlik bo’lishi holatidan holi emas. (Nuqson) bir bo’lishi mumkin va yoki birdan ko’p bolishligi mumkin.
Ammo avvaliga kelsak, u barcha nuqsonlardan holidir. Uning borligi barcha (borliq)dan afzal va boshqa borliqlar oldin kelur, uning borligidan yana ustun bo’lga va undan oldin keladigan boshqa borliqning bo’lishi ham mumkin emas. Demak, u borliq ustunligi (fazilati) borasida eng yuksak darajadadur, borliq mukammalligi nuqtai nazaridan qarasak, u yuqori martabadadur.
Bunday shahar hokimi bo’ladigan odam (Allohdan boshqa) hech kimga bo’ysunmasligi kerak. Fozillar shahrining birinchi boshlig’i shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiatan o’n ikkita hislat – fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur. Fozillar shahri hokiimi avvalo to’rt muchchali sog’-solim bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni bajarilishida biror a’zosidagi nuqson halal bermasligi lozim, aksincha, u sog’ salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim. (Ikkinchidan), bunday shahar hokimi tabiatni nozik farosatli bo’lib, suhbatdoshini so’zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg’ab olishi lozim, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur.(Uchinchidan), u anglagan, ko’rgan, eshtgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to’la-to’kis saqlab qolishi, barcha tavsilotlarni unutmasligi lozim. (To’rtinchidan), u zehni o’tkir, zukko bo’lib har qanday narsaning bilinar – bilinmas alomatlarini va u alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur. (Beshinchi), u fikrini ravon tushuntira olish maqsadida, chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi zarur. (Oltinchi), u (ustozlardan) ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo’lishi , o’qish, o’rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi kerak. (Yettinchi), taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o’zini tiya oladigan bo’lishi, (qimor yoki boshqa) o’yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi zarur.(Sakkizinchi). U haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi zarur. (To’qqizinchi), u o’z qadrini biluvchi va nomus oriyatli odam bo’lishi, pastkashlardan yuqori turuvchi, tug’ma oliy himmatli bo’lishi, ulug’, oliy ishlarga intilishi zarur. (O’ninchi), bu dunyo mollariga, dinor va dirhamalarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvimaydigan) bo’lishi zarur. (O’n birinchi), tabiatan adolatparvar bo’lib, odil odamlarni sevadigan, istebdod va jabr-zulumni, mustabid va zolimlarni yomon ko’ruvchi, o’z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani haqiqatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o’zi suygan go’zallikni ravo ko’ruvchi bo’lishi zarur. O’z haq ish oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo’lishi zarur. (O’n ikkinchi), o’zi zarur deb hisoblagan chora – tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymasligi zarur.
Mana shu barcha xislatlarnihg bir odamda jamlanishi amri mahol, zero bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir. Mobodo fozillar shahrida shunday barkamol insonlar topilibqolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitiasi, yoki beshtasi kamol topganda ham, u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi. Ba’zi mahallarda fozillar shahrida bunday odamlar yoq bo’lib qolganda ham (vafot etganda yhud boshqa joyga ketgan vaqitda – M.M.) ana shu imom (hokim) yohud uning izdoshlari (agar mazkur imomdan so’ng birin – ketin shaharga boshliq bo’lsalar) chiqargan qonun va tartiblariga amal qilinadi.
Avvalgi imom o’rniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqorida aytilgan hislatlar – fazilatlar yoshlidan shakillangan bo’lishi zarur. Ana shunda bu keyingi imomda yana oltita fazilat hosil qilinishi zarur:
Birinchi – donishmandlik.
Ikkinchi – avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilishi uchun quvvai hofizaga ega bo’lishi.
Uchinchi – agar avvalgi imomlar davrida biror (yoki bir qancha) sohaga taluqli qonun qolmagan bo’lsa, bunday qonuni o’ylab topishi uchun ijod, ixtiro qilishi quvvatiga ega bo’lish.
To’rtinchi – hozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olishi va kelgusida yuz beradigan, avvalgi imomlar ko’zda tutmagan voqealarni oldinda ko’ra bilishi uchun bashoratgo’ylik hislatiga ega bo’lish. Bu hislat unga xalq farovonligini yaxshilashda kerak bo’ladi.
Beshinchi – avvlgi imomlar o’rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvalgilardan ibrat olib, o’zi to’qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg’in so’zlash – notiqlik hislatiga ega bo’lishi.
Oltinchi – zarur hollarda harb ishlariga mohirlik bilan rahbarli qilish uchun yetarli jismoniy quvvatga ega bo’lish; ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu-jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni yaxshi bilish.

Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, dunyo fani va madaniyati, uyg’onish davrining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o’rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o’chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko’proq Arastuning asarlarini targ’ib qildi, ularning ko’plarini arab tiliga tarjima qildi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to’la o’rganmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon mutafakkirlarining “qul”iga aylanib qolmadi, baliki ko’p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o’z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma sifatida o’zini namoyon qildi.
Forobiy yaratgan tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo’lib, o’z davri fanlarining barcha muhum masalalari:
 Falsafaning umumiy muammolari
 tabiatshunoslikning asosiy falsafiy masalalari
 borliqni bilish
mantiqning bahsli muammolari
 inson va tabiat o’rtasidagi chambarchas bog’liqlik
 ekologik muammolarni ham o’z ichiga oladi.
Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikirlari o’zining keng qamrovli, teran va mazmundorligi bilan gumanistik xususiyatga ega. Forobiy ushbu asarda Arastu tomonidan ilgari surilgan, inson, eng avvalo, ijtimoiy hodisa deb ta’riflagan g’oyani yanada aniqlashtirib, quyidagilarni yozadi: “Har bir inson, o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oily darajadagi yetuklikka erishish uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi va ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug’uladi… bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda, ularning harbiriga yashash va yetuklikka erishuvi uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko’payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashadilar, natijada inson jamoasi vujudga keladi”. E’tibor bersak bu fikrning zamirida falsafaning bosh muammosi bo’lgan bahsli masala – insonning paydo bo’lishi, shakillanishi va yetuklikka erishuvi haqida so’z bormoqda. Eng muhumi bu jarayonda jamoatning ro’li va ahamiyati to’g’risida aniq va lo’nda fikr bildirilmoqda. Darhaqiqat, Forobiy o’z dunyoqarashi bilan zamonasidan ancha ilgarilab ketgan yetuk olim, ilm va ma’rifat kurashchisi, tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini ochib berishga intilgan buyuk shaxsdir.U o’z asarlarida:

 komil inson


 fozil fuqaro
 odil hukmdor
 baxt-saodat, unga erishish yo’llari,
 davlatning hususiyatlari,
axloqiy va aqliy tarbiya,
 ijtimoiy istiqbol tog’risida ilg’or g’oyalarni ilgari surgan.
Forobiy falsafasining inkor etib bo‘lmaydigan joyi shundaki, u nazariy falsafani haqiqiy va asosiy ilm, deb bilib, qolgan barcha fanlarni unga tobe bo‘lgan ikkinchi darajali sohalar maqomiga qo‘ydi. Falsafalar o‘rtasidagi umumiy dunyoqarashlar bilan kifoyalanmay, din bilan falsafani ham ayrim bir qismga joyladi. Uning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini payg‘ambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar, zero, mohiyat jihatidan falsafa bilan din o‘rtasida hech qanday tafovut yo‘q. Bunday karash o‘z davrida nihoyat darajada muvaffaqiyat qozonib, islomiy falsafaning asosi va usulini belgilab beruvchi fikrlash tarziga aylandi.
Forobiyning ta’limoti Sharqda va Evropada ijtimoiy-falsafiy fikrlarning bundan keyingi rivojida muhim o‘rin tutdi. U Basradan chiqqan falsafiy to‘garak bo‘lgan «Ixvon as-safo» («Sof birodarlar») a’zolari va Abu Sulaymon Mantiqiy, Ibn Miskaveyh, Ibn Bajja, Ibn Tufayl, Maymonid qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk olim Ibn Sino uni o‘zining ustozi deb hisoblar edi.
Forobiy Sharq xalqlari talim tarbiya to’g’risidagi falsafiy tafakkuri rivojiga ta’siri sezilarli darajada bo’lgan.
Asarlari




Yüklə 48,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin