1.2. Korxonalarda soliqlar va majburiy to'lovlar hisobini tashkil etish zarurati Soliq majburiyati — ma’muriy huquqiy munosabati bo'lib, unga asosan soliq to‘lovchi soliq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlarida hisobda turish, soliq va majburiy to’lovlami belgilangan tartibda hisoblash, budjetga to‘lash, buxgalteriya hamda soliq hisob-kitoblarini yuritish va vakoiatli organlarga topshirishdir. Soliq majburiyatlari: - qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi; - soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida vato‘liq hajmda bajarishi; - davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakoiatli organlaming hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi.
Shuningdek, mazkur organlaming, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi shart.
- davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakoiatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlami taqdim etishi;
- soliq tekshiruvlari o'tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlami hisoblab chiqarish, to'lash bilan bog‘liq hujjatlar hamda ma’lumotlami taqdim etishi;
- soliq to‘lovchilarga to'lanadigan mablag'lardan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlami to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda budjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga o'tkazishi;
- soliq to‘lovchilarga to‘langan daromadlarning, ushlab qolingan hamda budjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga o‘tkazilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlaming hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq to‘lovchi bo'yicha alohida-alohida hisob yuritishi shart. Soliq to‘lovchidan soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi uchun quyidagi vazifaiami bajarishni talab etadi. - davlat soliq xizmati organlarida hisobda turish;
- yuridik manzili o‘zgargan taqdirda, davlat soliq xizmati organlariga xabar berish; - hisoblangan soliq va majburiy toMovlami o cz muddatida to‘lash. Xo'jalik jarayonlarini o‘z vaqtida, to‘g‘ri va aniq hujjatlashtirish nafaqat buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etishga balki, soliq obyektlari hamda u bilan bog‘liq obyektlar hisobini tashkil etish va soliq bazasini to‘g‘ri aniqlashga xizmat qiladi. Moliyaviy hisob ma’lumotlari soliq hisobotlarini tuzish uchun yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun moliyaviy hisob ma’lumotlari asosida korxona buxgalteriya xizmati tomonidan soliq hisobotlarini tuzish uchun zarur qo‘shimcha soliq hisobi registrlari, ma’lumotnomalar tuzilishi kerak. Soliq maslahatchisi o‘z xizmat vazifasini yuqori darajada bajarishi uchun buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy tahlil metodologiyasini chuqur bilishi zarur. Bu sohalar bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan soliq maslahatchisi mijozga soliq xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha to‘g‘ri maslahatlar bera oladi.
Soliq maslahatchilari tashkilotlari:
- buxgalteriya hisobini yo‘lga qo'yish, tikiash va yuritish;
- moliyaviy hisobot tuzish;
- buxgalteriya hisobi, menejment va moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari bo'yicha konsalting xizmatlarini ham ko'rsatishi mumkin. Respublikamizda soliq siyosati yildan yilga takomillashib bormoqda. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini ishlab chiqish zaruriyati:
-soliq tizimining murakkablashuvi;
- soliq qonunchiligining bir xil talqin qilinmasligi;
- to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat bo’lmaganligi;
- soddalashtirilgan soliq solish tartibi va ayrim soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni soliq kodeksi bilan emas, balki me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinishi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda soliq tizimining shakllanishi, soliq siyosatining takomillashishi buxgalteriya hisobini rivojlanishi va lining uslubiyotini takomillashuviga olib keldi. Respublikamizda «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qilinishi, buxgalteriya hisobi milliy standartfanning (BHMS) ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mahsulot (ish, xizmat)lami ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarorini qabul qilinishi (keyingi o‘zgarishlari bilan) soliq siyosatining yanada takomillashuviga asos bo‘ldi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga mos bo‘lgan buxgalteriya hisobining huquqiy-me’yoriy asosi yaratildi degan xulosaga kelishimiz mumkin.