Referat tayyorlagan Mavzu: : Korxonalarni soliqqa tortish va solik yukini kamaytirish


Korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisob-kitoblarining hisobini tash



Yüklə 100,36 Kb.
səhifə4/4
tarix14.12.2023
ölçüsü100,36 Kb.
#178311
növüReferat
1   2   3   4
Mirjamilov ASM mustaqil ish totally

1. 3. Korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisob-kitoblarining hisobini tash
Korxonalarda budjet bilan bog‘liq munosabatlarda soliqlar va majburiy to’lovlar bo‘yicha davlat va soliq to’lovchilar о rtasidagi moliyaviy munosabatlar sifatida makon va zamonda hisobga olinishi lozim. Bular, bir tomondan, soliq to’lovchi shaxs, ikkinchi tomondan, soliqni davlat foydasiga undirib oluvchi shaxs, ya’ni soliq idoralari. Birinchi shaxs soliqlami to‘lovchi sifatida hisob yuritsa, ikkinchi shaxs esa ularni undirib oluvchi shaxs sifatida hisob yuritadi. Soliqlar va majburiy to'lovlar hisobining ushbu ikki turi bir — biridan maqsadi, vazifalari, yuritilish tartibi, uslubi va usullari, texnikasi, hujjatli rasmiyiashtirilishi hamda boshqa jihatlari bilan bir-biridan tubdan farq qiladi.
Soliqlar hisobining subyektlari bo‘lib, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, turli mulkchilik shaklidagi va tashkiliy-huquqiy maqomdagi korxonalar hisoblanadi. Hisob birligi sifatida ushbu korxonalar turli soliq rejimlarida faoliyat ko‘rsatuvchilar bo‘lib hisoblanadi. Soliq to‘lovlarini hisobga olishda buxgalteriya hisobining metodini tashkil qiluvchi usullaming barchasidan foydalaniladi. Lekin, shuning bilan birga ushbu usullami soliq hisobida qo’llash o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Misol uchun, baholash usuli negizida yotuvchi qiymat tushunchasi turli maqsadlarda turlicha mazmun kasb etadi. Chunonchi, QQSni hisob-kitob qilishda bojxona qiymati, sotish qiymati, sof sotish qiymati, haqiqiy tannarxdagi qiymati, o‘rtacha qiymat, qoldiq qiymat va shu kabi qiymatning boshqa turlari qo‘llaniladi. Boshqacha aytganda soliqlami hisob-kitob qilishda soliq solish obyektini topish uchun yaxlit shakl va mazmundagi qiymatdan foydalanib bo’lmaydi. Soliqlar hisobini yuritishga asos bo'luvchi bosh hujjat bo‘lib asosan maxsus hisob-kitob shakllari hisoblanadi. Chunonchi, ushbu hisobkitoblar turli soliqlar bo‘yicha turli shakl va mazmunga ega bo‘ladi. Soliqlaming tizimli hisobini yuritish schyotlar va ularga ikki yoqlama yozuv usulidan keng foydalanishni taqozo etadi. Shuning bilan birga budjet oldidagi qarzlami hisobi uchun mo'ljallangan umumiy buxgalteriya schyotlari soliqlarning batafsil (keng mazmundagi) hisobi uchun yetarlicha bo‘lmaydi. Shu sababli ham soliqlaming batafsil hisobini yuritish uchun alohida maxsus schyotlami yuritish lozim. Ushbu schyotlar tizimini har bir xo’jalik yuritish subyekti o'zining hisob siyosatiga qarab belgilaydi. Xorijiy mamlakat olimlarining aksariyati soliqlar hisobini buxgalteriya hisobining quyi tizimi, deb e’tirof etadilar. Soliqlar va majburiy to'lovlar hisobi mazmun va mohiyatiga, tashkiliy va boshqa jihatlariga ko‘ra korxonalar buxgalteriyasiga yuklatilgan funksionai majburiyatlardan biri hisoblanadi. Soliqlar hisobining to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishiga respublikamiz qonunlariga muvofiq korxona rahbari va bosh hisobchi moliyaviy va ma’muriy jihatdan javobgardir. Korxonada o‘matilgan hisob siyosatiga ko‘ra soliqlar hisobi bosh hisobchining o‘zi yoki alohida bo‘lim, mas’ul shaxs (shaxslar) tomonidan bosh hisobchi javobgarligida olib boriladi. Bulardan xulosa qiladigan bo‘lsak, soliqlar hisobini korxonalar tomonidan yuritiladigan buxgalteriya hisobidan ajratib bo'lmaydi. Demak, soliqlar hisobi umuman olganda so‘zsiz buxgalteriya hisobiga tegishlidir. Soliqlar hisobining predmeti bo‘lib soliq to‘lovchilar tomonidan to lanadigan soliq to'lovlari hisoblanadi. Soliqlar hisobining obyekti har bir soliq turi, ular bo‘yicha soliqqa tortiladigan baza, soliq imtiyozlari, soliqqa 281 doir joriy va kechiktirilgan xarajatlar, joriy va uzoq muddatli majburiyatlar, soliqlar bo‘yicha moliyaviy, ma’muriy jarimalar, ulami undirilishi va hisobdan chiqarilishi hamda boshqalar hisoblanadi.

Xulosa
Soliqlar va majburiy to'lovlarning mohiyati hamda ahamiyati, korxonalarda soliqlar va majburiy to'lovlar hisobini tashkil etish zarurati, korxonalarda soliqlar va majburiy to ‘lovlar hisobkitoblarining hisobini tashkil qilish hamda soliq yuki ko'rsatkichini hisoblash metodikasi kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, korxonalardan olinadigan soliq yuki haqida amaliy tahlillar asosidagi misollar keltirib о‘tilgan. Iqtisodiyotni barqaror o‘sishini xarakterlovchi asosiy ko c rsatkichlardan biri -bu soliq yuki ko‘rsatkichidir. Bu ko'rsatkichni makro-, mezo- va mikrodarajada hisoblash hamda tahlil qilish muhim iqtisodiy ahamiyatga egadir. Soliq yukini mikrodarajada tahlil qiiishga qaratish korxonalarga soliq yukini hisoblashni turli tavsiflari mavjud. Mikrodarajada, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyekt darajasida, soliq yukini hisoblashda ham qarashlar turlicha bo‘lib, turli ko‘rsatkichlarga nisbatan aniqlash uslublari mavjud. Korxonaning soliq yukini budjetga soliq va yig‘im shaklida olinadigan yoki soliq to‘lovlarining umumiy summasi sifatida olinadigan daromadning ulushi sifatida ko‘rib chiqadi. Mualliflaming ikkinchi guruhi soliq yukini xojalik yurituvchi subyektga soliq solish samarasining murakkab tavsifi sifatida belgilaydi. Soliq yukini bir emas, balki bir nechta ko‘rsatkichlarga nisbatan aniqlash kerakligini bildirishadi. Uchinchi guruh olimlari soliq yukini korxona moliyaviy yukining bir qismi sifatida qarashadi. Shunday qilib, A.N.Sigichko soliq yuki ostida korxonalami kengaytirish va modemizatsiya qilish uchun resurslami cheklaydigan umumiy moliyaviy yukning bir qismi tushuniladi. U soliq yukini moliyaviy bosimning boshqa tarkibiy qismlari - inflyatsiya, kreditlar stavkasi, tabiiy monopoliyalarning ta’riflari va boshqalar bilan birgalikda ko‘rib chiqish kerak, deb hisoblaydi. Haqiqatan ham, davlatga majburiy to‘lovlardan tashqari kompaniya qonuniy ravishda nodavlat tashkilotlarga sug‘urta mukofotlari va boshqa majburiy to‘Iovlami to‘lash majburiyatini oladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. Яҳёев К,.А. Солиққа тортиш назарияси ва амалиёти. —Т.: Фан ва технологиялар маркази нашриёти, 2003.

  2. Government Financial Statistics. IMF, 2001-2003

  3. Эклунд К. Эффективная экономика - шведская модель. /Пер. со швед. -М.: Экономика. 1991.

  4. Маликов Т.С. Солиқлар ва солиққа тортишнинг долзарб масалалари. -Т.: Академия, 2002.

  5. Булатов А. Экономика. - М.: Бек, 1994.

Yüklə 100,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin