Referat tayyorlagan Mavzu: : Korxonalarni soliqqa tortish va solik yukini kamaytirish



Yüklə 100,36 Kb.
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü100,36 Kb.
#178311
növüReferat
1   2   3   4
Mirjamilov ASM mustaqil ish totally

Mustaqil ishning maqsadi. Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida korxonalar xo‘jalik faoliyatida budjet bilan hisob-kitoblami to‘g‘ri yo*Iga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan tashqi foydalanuvchilardan biri davlat soliq xizmati organlari bo'lib, ular soliqlaming moliyaviy hisobini to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishidan manfaatdor ham hisoblanadi.
Mustaqil ishning vazifalari. Mamlakatimizda soliqlar va majburiy to‘lovlar buxgalteriyada hisobga olish “Buxgalteriya hisobining milliy andozalari”da belgilangan tamoyillar asosida har bir soliq turi bo‘yicha alohida-alohida olib boriladi. Soliqlaming buxgalteriya hisobini tashkil etish, awalo soliq to‘lovchining hisob siyosati o’z aksini topmogi lozim.
Mustaqil ishning obyekti sifatida “Jumayev Vali” YATT tanlab olindi.
Mustaqil ishning ilmiy-amaliy ahamiyati Amaldagi qonunlarda soliq toMovchi yuridik shaxs mansabdor shaxslari daromadini yoki soliq solishning boshqa obyektlari hisobining yo‘qligi, bu hisobni belgilangan qonunchilikni buzgan holda yuritilganligi, shuningdek soliq organlariga soliqlami hisoblash va to‘lash uchun zarur bo‘lgan hisobotlar, hisob-kitoblar hamda boshqa hujjatlami o‘z vaqtida taqdim etmaganligi, foydani yoki boshqa soliq solish obyektini yashirganligi (kamaytirib ko‘rsatganligi) uchun jazoga tortilishi belgilab qo‘yilgan.
Mustaqil ishning tuzilishi va hajmi. Mustaqil ish 15 betdan iborat bo’lib, kirish, bitta bob , xulosa va takliflardan hamda adabiyotlardan iborat.


    1. Soliqlar va majburiy to'lovlarning mohiyati hamda ahamiyati

Soliqlar va majburiy to‘lovlar davlat xazinasini to‘ldiruvchi asosiy elementlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun soliqlarga davlat budjetining daromad qismini shakllantiruvchi, eng muhim bo c lgan umumdavlat vazifalarini hal etish uchun zarur miqdordagi mablag‘ni jamlantiruvchi dastak sifatida qarash lozimdir. Soliq tizimi aniq maqsadga yo‘naltirilgan moliyaviy siyosat bo'lishi bilan birgalikda yalpi milliy mahsulotning bir qismini qayta taqsimlaydi va shu tarzda iqtisodiyotning va ijtimoiy hayotning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirishda, aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etadi. Soliq tizimini isloh qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad —korxonalar zimmasidagi soliq yukini yengillashtirilishi orqali ishlab chiqarishni jonlantirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishdir.


O‘zbekiston Respublikasi hududida amaldagi soliq turlari:
Soliqlar:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo'shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
10) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Boshqa majburiy to‘Iovlar:
1) ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar:
- yagona ijtimoiy to‘lov;
- fuqarolaming budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta
badallari;
- budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
2) Respublika yo‘ljamg‘armasiga majburiy to‘lovlar:
- Respublika yo‘ljamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
-Respublika yo‘ljamg‘armasiga yig'imlar;
3) davlat boji;
4) bojxona to‘lovlari;
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlami ko‘rsatish huquqi uchun yig’im.
Soliq yuki - soliq to’lovchining muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyati natajasida to’lagan soliqlari yig’indisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilaming to‘laydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to’lovlarining yig’indisi ifodalanadi. Soliq yukining darajasi o‘z navbatida mamlakatning iqtisodiy qudratiga, inflyatsiya darajasiga, davlatning vakolatli funksiyalami qo’llashiga, qolaversa bozor munosabatlarining rivojlanishi va ijtimoiy harakat doirasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Soliq stavkalarini o'zgartirishi orqali ham iqtisodiyotga samarali ta’sir qilishi mumkin.
Soliq stavkalari hozirgi paytda tobora murakkablashib va turkumlashib bormoqda. Soliq stavkalarini o'zgartirish orqali moliyaviy oqimlar va tovarlar oqimlarining ayrim sohalari uchun qo'shimcha rag’batlar yaratiladi.
Soliq imtiyozlari - soliq to'lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil yangiliklar bo’lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to’liq yoki qisman va boshqa ko'rinishlarda berilishi mumkin. Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish mexanizmlari, belgilash mezonlari mamlakat ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Soliq imtiyozlari rag‘batlantirish va samarali qo'llanilishiga qarab quyidagi ko‘rinishlarda ifodalash mumkin:
- soliqlardan butunlay ozod qilish;
- yangi tashkil etilgan korxonalarga imtiyozlar berish;
- soliq to‘lashdan vaqtincha ozod etish;
- soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish;
- soliqdan qisman ozod qilish;
- xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar berish;
- eksportga imtiyozlar berish va boshqalar.
Soliq yuki darajasini quyidagi omillar belgilab beradi:
1) soliqlar, yig’imlar va budjetdan tashqari fondlarga majburiy ajratmalar soni;
2) ulaming stavkalar darajasi;
3) har bir soliq bazasining o’ziga xos shakllanish xususiyati (soliq obyektiga kiruvchi elementlar miqdori);
4) soliq imtiyozlaridan foydalanish darajasi (imkoniyati).
Ushbu omillardan binning kamayishi (o'sishi) boshqa omillar o‘zgarmagandagina soliq yuki kamayishiga (o'sishiga) ta’sir etishi mumkin. Aytaylik soliq stavkalari pasaytirilsa-yu, soliqlar soni ko‘paysa yoki soliq obyekti elementlari kengaytirilsa, soliq stavkasining pasaytirilishi hech qanday natija bermaydi va soliq yuki o‘zgarmaydi yoki ko‘tariladi.
Shuning uchun davlat tomonidan soliq tizimini shakllantirishda bu 4 xil omilni bir-biriga bog‘liq holda qaralishi va soliq yukining maqbul darajasini belgilashi va o‘matishi lozimdir. Bu darajani belgilashda davlat quyidagi holatlar ta’sirini ham e’tiborga olish zarur:
- mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi;
- soliq to’lovchilaming to‘lov qobiliyati, umumiy moliyaviy imkoniyatlari; - bozor munosabatlarining, xususan, mulkchilik munosabatlarining holati;
- inflyatsiyaning o‘sish darajasi;
- ma’lum davr xususiyatlariga ko‘ra, davlatning o‘z oldiga qo'ygan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari nisbati.
Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida korxonalar xo‘jalik faoliyatida budjet bilan hisob-kitoblami to‘g‘ri yo’lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan tashqi foydalanuvchilardan biri davlat soliq xizmati organlari bo'lib, ular soliqlaming moliyaviy hisobini to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishidan manfaatdor ham hisoblanadi.


Yüklə 100,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin