Referat tema orinlaǵan: Orinlaǵan



Yüklə 54 Kb.
tarix01.01.2022
ölçüsü54 Kb.
#50790
növüReferat
O'zbek millati tarixi - копия


ÓZBEKISTAN RESPUBLIKASI JOQARI HÁM ORTA ARNAWLI BILIMLENDIRIW MINISTIRLIGI

_____________________________________Filali _______________________________fakulteti

________________________________kafedrasi

________________________________qanigeliginin’

“__”kurs studenti_________________________nin’

“__”kurs studenti_________________________nin’

“____________________________________”

Paninen


REFERAT

TEMA_____________________________________

Orinlaǵan: __________________

Orinlaǵan: __________________

Qabıllaǵan: __________________

Reja


1. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi.

2. O’zbek tilining siyosiy-huquqi.

3. Til har bir millatning ulkan boyligi.

O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko‘pchiligi bo‘lmish o‘zbek xalqining ona tilidir. U O‘zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili hisoblanadi. O‘zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish muhim vazifadir.

1989 yil 21 oktyabrda, O’zbekiston hali o’z mustaqilligini qo’lga kiritmay turib ajdodlarimiz uzoq yillar orzu qilib, intilib va kurashib kelgan Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti sari qo’yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ushbu tarixiy hujjatga ko’ra, o’zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo’ldi.

Istiqlol yillarida o’zbek tili tom ma'noda davlat tili maqomiga erishib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mamlakatda davlat tili o’zbek tilidir, deb qat'iy belgilab qo’yilgan. Aynan mazkur konstitutsiyaviy tamoyilning amalda ta'minlanayotganini so’nggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlari misolida ham yaqqol ko’rish mumkin. Xususan, bu borada davlat va hukumat tomonidan qator amaliy sa'y-harakatlar qilinmoqda. Xususan, joriy yil 10 apreldan kuchga kirgan qonun bilan 21 oktyabr - O’zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Undan avvalroq esa, mamlakat Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul qilinganining o’ttiz yilligini keng nishonlash to’g’risida”gi qaroriga asosan, mazkur sana munosabati bilan o’tkaziladigan ommaviy ma'naviy-ma'rifiy chora-tadbirlar tasdiqlandi va izchil amalga oshirildi. Bunda dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo’lgan o’zbek tili xalqimiz uchun milliy o’zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotida g’oyat muhim o’rin egallab kelayotgan buyuk qadriyat ekanligiga alohida e'tibor berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni bilan esa, hukumat tarkibida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilinganini ham alohida qayd etish joiz.

Aynan ushbu farmon bilan bir qator tashkilotlar qatori «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va keng jamoatchilikning o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun - 21 oktyabr sanasini «O’zbek tili bayrami kuni» deb e'lon qilish to’g’risidagi taklifi ma'qullangani ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o’rni va nufuzi tobora yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon qildi.

O’zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalarda faol qo’llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e'tibor va uni o’rganishga qiziqish kuchaymoqda. Shu bois O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to’g’risida» Farmonining qabul qilinishi ham tilga berilayotgan e'tiborning har tomonlama kuchaytirishga qaratilib, bu borada ilmiy asoslarni ham mustahkamlash nazarda tutildi.

O’zbek tiliga berilayotgan alohida e'tibordan ruhlanib, yurtimizda faoliyat yuritayotgan ko’plab diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ham turli davralarda aynan o’zbek tilida so’zlab, ma'ruzalar qilayotganliklarini ham bu boradagi islohotlarimiz samarasi sifatida baholash mumkin.

Har yili 21 oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ham turli jamoat muassasalarida, maktablarda, kutubxonalarda, klinikalarda tegishlicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Qonunga asosan eng muhim qadriyatlardan biri hisoblangan til qonun darajasida huquqiy asosga ega bo‘ldi. Bu qonun bilan o‘zbek millatining ma'naviyatini, ruhiyatini, qadrini ko‘rsatadigan muhim omil, ya'ni tilning maqomi huquqiy mustahkamlandi. Mazkur huquqiy asos orqali yangi shakllanayotgan davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining elga, yurtga nisbatan e'tibori, ehtiromi namoyon etildi.

Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘zbek adabiy tilini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o‘zbek tili davlat tili, davlat ramzi, milliy madaniyat va ma'naviyatni ifodalovchi hamda ularni kelajak avlodga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi rasmiy uchrashuvlar, muzokaralarda tilimiz keng qo‘llanilayotgani, xorijdagi ko‘plab universitetlar, ilmiy muassasalarda o‘zbek tili markazlari tashkil etilib, ularda ona tilimizni o‘rganishga qiziquvchilar safi tobora ortib bormoqda.

O‘zbekistonda nafaqat o‘zbek tili, balki boshqa millat va elatlarning tillari, urf-odatlari hurmat qilinishi milliy qonunchiligimizda aks etgan. Uning amaliy isbotini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasidagi quyidagi norma misolida ko‘rish mumkin: «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi».

«O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasida qayd etilishicha, davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta'minlaydi, shu jumladan, unga hamma e'tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta'minlaydi. Bu orqali davlat o‘zbek tilini asrash, boyitish va rivojlantirishda mas'ullikni o‘z zimmasiga olgan. Shu asosda yurtimizda o‘zbek tilining boyitish va takomillashtirishga doir ko‘plab ilmiy izlanishlar, loyihalar olib borilmoqda, turli sohalarga oid lug‘atlar, ilmiy risolalar muntazam nashr etilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha nashriyot matbaa-ijodiy uylari tomonidan ona tilimizning jozibasini bor bo‘y-basti bilan namoyon etishga doir nashrlar chop etilib, kitobxonlar e'tiboriga havola etilayotganini alohida qayd etish lozim.



Shuningdek, yuqoridagi Qonunning 8-moddasida O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va e'lon qilinishi belgilangan. Mazkur norma «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi Qonun 26-moddasining to‘rtinchi qismida yanada aniqlashtirilgan. Unga asosan, «qonun loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilik tashabbusi huquqi sub'yektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga davlat tilida kiritiladi». Ushbu normalarning ijrosi amalda ta'minlanayotganini hozirgi kunda Qonunchilik palatasiga kirtitilayotgan qonun loyihalari misolida yoki Oliy Majlisda qabul qilinayotgan qonunlar o‘zbek tilida qizg‘in muhokama etilayotganligida ko‘rish mumkin.

Til insonlarning o’zaro aloqa vositasi bo’lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne'matidir. Millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir.Dunyoda har bir xalqning o’z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so’zlar, she'ru dostonlar, qo’shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o’z nufuzi, obro’siga ega bo’ladi. Har bir xalqqa o’z tili aziz va ardoqli. Sho’rolar davrida rus tili Ittifoq tili sifatida rivojlantirildi. U jahon tillari darajasiga ko’tarildi. Ayniqsa, ko’p ming asrlik tarixga ega bo’lgan turkiy xalqlar ham o’z ona tillari dunyodagi hech bir xalqning tilidan kam emasligini yoqlab chiqdilar. Bu yo’ldagi sun'iy to’siqlarni pisand etmadilar. Mustaqillik arafasida oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ketmadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Davlat hujjatlari, davriy nashrlar, darsliklar ona tilimizda yozila boshlandi. Bu xalqimiz ruhini ko’tardi. Sho’rolar davrida ham o’zbek tilini tiklashga, uni Davlat tiliga aylantirishga intilish kuchli bo’lgan. Xususan, ona tiliga bag’ishlangan turli tadbirlar o’tkazishga harakat qilingan bunday tadbirlar ayniqsa, mustaqillik arafasida tez-tez o’tkazila boshlangan.1988 yil matbuotda yangi bayram — «Til bayrami» haqida ma'lumotlar paydo bo’la boshlagan. Bunday bayram Rossiya Federasiyasi, Ukraina, Boltiq bo’yi va Kavkaz orti respublikalarida va mamlakatimiz poytaxtida ham o’tkazilgani haqida gazetalarda maqolalar bosilgan. Bu bayramlarning asosiy maqsadi — ona tilini e’zozlash, ona tili bilan birga boshqa tillarni ham chuqurroq o’rganishga da'vat qilish bo’lgan. O’zbekistonda ilk bor «Til bayrami» 1988 yil 3 dekabrda Toshkentning talabalar shaharchasida ToshDUning o’zbek filologiyasi, tarix fakul’teti, shuningdek, politexnika instituti va boshqa o’quv yurti talabalari tomonidan o’tkazilgan.
Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin