Allergiyani davolash usullari Davolashning eng samarali usuli — allergen ta’siriga duch kelmaslik hisoblanadi. Biroq, ba’zida allergendan to’la qutulishning imkoni bo’lmaydi. Bemorlarni sezgir bo’lgan moddalarga qay tarzda to’g’ri aniqlash o’rgatish muhimdir.
Dori vositalari Dorilar allergiya belgilarini bartaraf etishga yordam beradi, ammo uni davolay olmaydi. Har qanday dori vositasini ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Antigistaminlar (gistamin antagonistlari): ular allergik reaktsiyaning bir qismi bo’lgan, tanada ishlab chiqariladigan gistaminning ta’sirini to’xtatadilar. Ba’zi antigistaminlar bolalar uchun mos emas.
Burun uchun tomchilar: Ba’zi bemorlar pollinoz bo’lgan hollarda burun uchun tomchilar yordam beradi, deb aytishadi. Burun uchun tomchilar qisqa muddatli ta’sir ko’rsatadi.
Leykotrien retseptorlari antagonistlari (antileykotrienlar): astmada yoki boshqa davo vositalari foyda bermaganda buyuriladi. Ushbu guruh preparatlari leykotrien — shishga olib keladigan kimyoviy moddalar ta’sirini bloklaydi. Leykotrien allergik reaktsiya vaqtida organizmda ishlab chiqariladi.
Steroid tomchilar: burun bitishini kamaytirishga yordam beradi.
Enterosorbentlar: oziq-ovqat va dori vositalariga bo’lgan allergiyani davolash uchun ishlatiladi.
Immunoterapiya Bundan tashqari giposensibilizatsiya deb ham ataladi. Bunday terapiya immun tizimning normal faoliyat ko’rsatishini qayta tiklaydi. Shifokor bir necha yillar davomida allergen dozalarini asta-sekin ta’sir ettiradi. Maqsad uzoq muddatli tolerantlikka olib keladi, bu esa IgE hosil qilishni pasaytiradi. Immunoterapiya faqat kuchli allergiya turlari uchun ishlatiladi.
Immunoterapiyaning boshqa usuli vena ichiga anti-IgE monoklonal antitanalarni kiritish hisoblanadi. Ular B-limfositlar yuzasidagi IgE bilan erkin IgE`ni bog’lab qo’yishadi, bu ularning buzilishi uchun signal bo’lib xizmat qiladi. Ular bazofillar va mastositlar yuzasida fiksatsiyalangan IgE bilan Fc-retseptorlar vositasida bog’lanmaydi, aks holda ular allergik reaktsiya rivojlanishini chaqirishi mumkin bo’lar edi. Ushbu guruhdagi birinchi antigen omalizumab hisoblanadi.
Bunday in’yektsiyalar muntazam ravishda qilinadi, doza esa tobora oshirib boriladi. Immunoterapiya o’tkazilishida bir necha oy davomida haftasiga 2 marta shifokor ko’rigiga kelib turish zarur. Bunda preparatning kerakli dozasi tanlanmaguncha u har safar oshirib boriladi. Agar u yordam bera boshlasa, shifokorga ko’rinish 2-4 haftada bir martagacha kamaytiriladi, tashfirflar bir necha yil davom etadi. Bu vaqtda allergiyalar soni kamroq, kuchi zaifroq bo’ladi, hatto to’liq yo’qolib ketishi ham mumkin.
Muqobil usullar Allergiya qisqa muddatli emas, surunkali xarakterga ega ekanligi va uning yuzaga kelishi infektsiya bilan bog’liq emasligi tufayli terapiya uzoq muddatli ta’sirga ega usullarni o’z ichiga olishi kerak. Shu sababli hayot tarzini, atrof muhitni, bemorning odatlarini o’zgartirish eng samarali davolash usullari sanaladi.
Oldini olish Davolash allergiya simptomlarini yengillashtirishga yordam berishi mumkin bo’lsa-da, bemorlar ba’zi allergen ta’siridan qochishlari kerak. Ba’zi hollarda bu oson ish emas. Bahor va yoz oylarida o’simlik changidan qochish deyarli imkonsiz. Hatto eng toza uylarda ham zamburug’ sporalari yoki chang mavjud. Shunday qilib: