Gilamlarni boshqa, qattiq qoplamalar bilan almashtirish (masalan, laminat);
An’anaviy pardani rulonli parda bilan almashtirish;
Muntazam ravishda yostiq, stul va yumshoq o’yinchoqlarni tozalash. Iloji bo’lsa, ularni qaynoq suvda yuvish;
Junli yoki tukli yostiqlardan foydalanmanmaslik.
Mushuk va itlarga allergiya Agar uy hayvonlari bo’lgan xonadonga tashrif buyurish kerak bo’lsa, bundan oldin antigistaminlar qabul qilish kerak.
E’tiborli jihati, allergiyani hayvonlarning o’zi emas, ularning siydigi, so’lagi, junida mavjud oqsillar chaqiradi. Agar kerak bo’lmasa, uy egasidan hayvonni boshqa xonada saqlashini yoki boshqa xonaga o’tishni iltimos qiling.
Uy hayvonlariga joyingizda uxlashga yo’l qo’ymang. Uy hayvonlari uchun mo’ljallangan yumshoq o’yinchoq va to’shamlar qaynoq suvda muntazam ravishda yuvib turilishi lozim.
Mog’or zamburug’iga
Suv quvurlari tekshiring. Suv oqishi namlikni hosli qiladi, u esa mog’or zamburug’i uchun eng qulay muhitdir;
Ko’lami kichkina mog’orlagan joylarni mustaqil ravishda tozalash mumkin. Maxsus xizmat esa oson erishib bo’lmaydigan joylarda mog’orni tozalashga yordam berishi mumkin;
Gipsokarton mog’orlagan bo’lsa, uni kesib, almashtirish;
Uyning nam bo’ladigan joylariga gilam to’shamaslik, mog’orlagan gilamlarni almashtirish;
Hammom yaxshi shamollashiga ishonch hosil qilish;
Konditsioner uyni quruq saqlashga yordam beradi. Filtrlarni muntazam almashtirib turish.
Oziq-ovqatga Muayyan mahsulotni sotib olish va foydalanishdan oldin, yorliqdagi masalliqlar ro’yxatini ko’ring. Ko’p oziq-ovqatda sut, tuxum yoki yer yong’oq kabi allergenlar bo’lishi mumkin. Ko’pgina mamlakatlarda allergiya chaqirishi mumkin bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari aniq belgilanishi talab qilinadi.
Restoran va kafelarda ofitsiantga qaysi mahsulotga allergiyangiz borligini aniq tushuntiring.