Eng keng tarqalgan allergenlar Allergen — ayrim sezgir shaxslarda allergik reaktsiyaga sabab bo’ladigan modda. Ularning ba’zi bir turlari aksariyat bemorlarda reaktsiyaga sabab bo’ladi.
Hayvonlar:
Chang burgalari — ularning najasi;
Jun;
Mo’yna;
Kepak;
Fel d1 — mushukning yog’ va so’lagida aniqlanadigan oqsil.
Tibbiy:
Penitsillin;
Salitsilatlar — odatda aspirinda mavjud salitsil kislotasining tuzi;
Burga, chivin, boshqa zaharli hasharotlar chaqishi.
Tashxislash Patologiyani aniqlashning bir necha yo’li bor. Shifokor bemorga allergiyaning kelib chiqishi, qachon paydo bo’lishi, uning simptomlari haqida savollar beradi. Bundan tashqari, oilaning boshqa a’zolarida shunday holat mavjudligini so’raydi.
Allergiya mavjudligini aniqlash uchun bir qator testlar mavjud. Quyida ba’zi misollar keltirilgan:
Qon tahlili— immunitet tizimi tomonidan chiqarilgan IgE antitanalari darajasini o’lchaydi. Ushbu sinov ba’zida radioallergosorbent test (RAST) deb ham ataladi.
Terini tilish testi ham turli antibiotiklarni qabul qilishdan oldin test sifatida tanilgan. Teri shpritsning uchi bilan tirnaladi va jarohatga biroz allergen qo’llaniladi. Agar terida reaktsiya kuzatilsa, tashxis tasdiqlanadi.
Patch testi — dermatit bo’lgan bemorlarda qo’llaniladi. Belga shubha qilinayotgan allergen kerakli miqdorda maxsus metall disklarga qo’yib biriktirialdi. Shifokor 48 soatdan keyin terining reaktsiyasini tekshiradi.