Referat Texnologiya fanida texnika-xavfsizlik qoidalari va ularga amal qilish


Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bo`limi



Yüklə 19,62 Kb.
səhifə4/8
tarix03.03.2023
ölçüsü19,62 Kb.
#86350
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Referat Texnologiya fanida texnika-xavfsizlik qoidalari va ularg

Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar gazlama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berish, bichish-tikish asoslarini o`rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv asbob-uskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq hunarmandchiligi tarmoqlari: kashtachilik, do`ppido`zlik, zardo`zlik, quroqchilik, popopchilik, milliy o`yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo`nalishlari asoslarini egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.

Pazandachilik asoslari bo`limi: o`quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning inson hayotidagi o`rni, xususiyatlari, to`yimliligi, turlari, ovqatlanish me`yori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo`llarini o`rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizlik texnikasi qoidalarini; uy-ro`zg`or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jamg`armasi, uni sarflash madaniyati, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.

Buyumlarni ta`mirlash bo`limi: Turli chokidan so`kilgan buyumlarni ta`mirlash. Kiyimlarni saqlash va tuzatish usullari. Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.
Qishloq xo`jaligi yo`nalishi

Qishloq xo`jaligi asoslari bo`limi: o`quvchilar qishloq xo`jaligi sohalari; dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari; agronomiya asoslari, qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash va melioratsiya asoslari; fermerlik va mulkdorlikning boshqa turlari; qishloq xo`jaligida tadbirkorlik; mahsulotlar bozori haqida tushunchalar; madaniy ekinlarning kelib chiqishi, tarqalishi, o`sishi va rivojlanishi; tuproqning tuzilishi, unumdorligi; yerga ishlov berish va bunda qo`llaniladigan mehnat qurollari, mashina, moslamalar va ularning umumiy tuzilishi hamda ishlash jarayonlari, ularga qo`yiladigan agrotexnik talablar; o`g`it turlari, o`g`itlash muddati va unda ishlatiladigan mashinalar; urug`larni tayyorlash va ularga ishlov berish; urug` va ko`chat ekish usullari hamda mashinalari; g`alla, don, dukkakli, tugunakli va ildiz-mevali ekinlar; sabzavot, poliz, meva, moyli, tolali va ziravor ekinlar yetishtirishda ishlatiladigan mehnat qurollari va mashinalar majmuasi; yopiq joylarda (issiqxonalarda) ekin yetishtirishning ahamiyati, istiqboli, xususiyatlari va ularda ishlatiladigan kichik o`lchamli mashinalar; yetishtirilgan hosilni yig`ib-terib olish, birlamchi ishlov berish va saqlashga oid bilimlar va amaliy ko`nikmalar; chorvachilik biologiyasi; chorva mollari, parrandachilik va boshqalar; chorvachilikda naslchilik; ozuqabop ekinlar; chorvachilikda sanitariya-gigiyena talablari, zootexnika, zooveterinariya asoslari; chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish usullari; qishloq xo`jaligi sohalari bo`yicha kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.


Yüklə 19,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin