Texnologiya fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: Texnologiya darslarida ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg`ulotlarni bajarish; turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlash; qog`ozlarni turli ko`rinishda murakkab shakllarda buklab o`yinchoqlar yasash; qog`ozdan qorbobo ustaxonasi uchun archa bezaklarini yasash, to`g`ri to`rtburchak ichida gilamdagi naqshlarni hosil qilish; yumshoq o`yinchoq tikish; kichik hajmda buyumlar to`qish, ipdan o`yinchoq yasash; plastilindan ertak qahramonlarini, oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasash; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xomashyolardan gullar yasash. Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar yog`ochning xususiyatlari to`g`risida boshlang`ich bilimlarni egallashi, ularni rejalash, yo`nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo`l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika va ilg`or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to`g`risida bilim va amaliy ko`nikmalarni; dizayn talablari darajasidagi ro`zg`orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; xalq hunarmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Metallga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar metallarning xususiyatlari to`g`risida boshlang`ich bilimlar, rejalash, ishlov berish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo`l hamda elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika, ilg`or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, mehnat qonunchiligi va xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to`g`risida bilim, amaliy ko`nikmalarga; ro`zg`orbob hamda xaridorgir, dizayn talablari darajasidagi buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; metallga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; metallarga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Dostları ilə paylaş: |