Referat topshirdi: inomjonov. M tekshirdi: narkuziyev a Mavzu: Yangi korxonani tashkil qilishda asosiy omillar



Yüklə 23,2 Kb.
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü23,2 Kb.
#180727
növüReferat
1   2   3   4
Korxona iqtisodiyoti maruza 2

Ta`sis hujjatlari
Ta`sis hujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat
yuritish jarayonidagi muqim bosqichlaridan biri qisoblanadi. Ta`sis qujjatlari faoliyat yurituvchi korxonalarning ququq va majburiyatlarini qamda sharoitlarini ifodalaydi.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun qujjatlarida ikki xil ta`sis
qujjatlari belgilab berilgan: korxona Nizomi;
Ta`sis shartnomasi.
Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta`sis shartnomasi asosida,
shuningdek, bir vaqtning o`zida Nizom va ta`sis shartnomasiga asosan faoliyat
yuritish qollari mavjud.
Shuni qayd qilib o`tish kerakki, korxonaning (ququqiy shaxsning) ta`sis
shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan
tasdiqlanadi. Bitta ta`sischi tomonidan tuzilgan ququqiy shaxs shu ta`sischi
tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Korxona Nizomi asosiy ta`sis qujjati bo`lib, unda korxonaning tashkiliyququqiy shakli, nomi va manzilgoqi, Nizom jamg`armasining miqdori,
daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi qamda korxona fondlarini tashkil
qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko`rsatilishi shart.
Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning ququqiy maqomini, ququq va
majburiyatilarini belgilab beradi.
Nizomda shuningdek, korxona faoliyat ko`rsatuvchi soqa va tarmoq, atrofmuqit va odamlar sog`lig`ini muqofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, qisobga olish va qisobot tizimi qam aks ettirilishi lozim.
Korxona to`g`ri va to`liq tayyorlangan Nizom asosida maqalliy qokimiyat
organlarida ro`yxatga olinadi, keyin esa o`z muqriga ega bo`lish va bankda qisob raqami ochish ququqini qo`lga kiritadi. O`z muqri va qisob raqamiga ega bo`lmagan korxona, ququqiy shaxs qisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga kiritilmaydi.
Ta`sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki
qamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi qujjatdir. U shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning Nizomini to`ldiruvchi qujjat qam qisoblanadi. Ta`sis shartnomasida korxonani tashkil qilish tartibi, daromad va xarajatlarni qatnashchilar o`rtasida taqsimlash shartlari, korxona tashkilotchilari (muassislar) tarkibidan chiqish shartlari belgilab qo`yiladi.
Ta`sis shartnomasi asosida ko`pincha kichik korxonalar, xo`jalik o`rtoqliklari va shu kabi sub`ektlar faoliyat yuritadi. Masalan, o`rtoqlik yoki korxonaning ta`sis shartnomasida boshqaruv faqat barcha ishtirokchilarning roziligi bilangina emas, balki qaror ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinishi mumkinligi qam belgilab qo`yilishi mumkin. Biroq ta`sis shartnomasida ishtirokchilar ovozini aniqlashning boshqa tartibi ham ko`rsatib o`tilishi mumkin. To`liq o`rtoqchilik korxonalarining daromad va xarajatlari agar shartnomada boshqa tartib ko`rsatilmagan bo`lsa, ishtirokchilar o`rtasida ularning umumiy kapitaldagi ulushiga mos ravishda taqsimlanadi.
Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish Nizom va Ta`sis
shartnomasining muqim qismi qisoblanadi. “Korxonalar to`g`risida” gi qonunga
asosan quyidagilar korxona mulkini shakllantirishning manbalari qisoblanadi:
• muassislarning pul va moddiy ko`rinishdagi badallari;
• maqsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan
daromadlar;
• qimmatbaqo qog`ozlardan olingan daromadlar;
• banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar;
• byudjetdan olinuvchi mablag`lar (dotatsiya), kapital qo`yilmalar;
• korxona, tashkilot va fuqarolarning beg`araz va xayriya badallari,
shuningdek, almashish, meros va sovg`a tariqasida olinuvchi mulk;
• qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Davlat korxonalarning mulkiy ququqlarini kafolatlaydi. Davlatning korxonalar mulkini (asosiy fondlar, aylanma mablag`lar va qokazo) tortib olishiga yo`l qo`yilmaydi, qonunchilikda ko`zda tutilgan qollar bundan mustasno.

Yüklə 23,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin