Referat topshirdi: Kenjayev Azizbek Qabul qildi: Jo`rayev Alisher Namangan-2017 Mavzu



Yüklə 277,89 Kb.
səhifə5/6
tarix25.09.2023
ölçüsü277,89 Kb.
#148422
növüReferat
1   2   3   4   5   6
15cacd04258d1086dc97dfd55f15b45c Somoniylar davlati

Somoniylar va islom dini


Movarounnahr mustaqillikka erishib, Somoniylar davlatining qaror topishi va uning ravnaqida islom dini mhoniylarimng hissasi katta boʻldi. Shu boisdan ularning obroʻsi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda koʻplab ibodatxonalar, shu jumladan jomeʼ masjid, xonaqo (gʻaribxona) va nomozgoh (iydi ramazon va iydi qurbon ibodatlari oʻqiladigan sajdagoh) lar bino qilindi. Xuddi shu davrda musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh madrasalardan bin Buxoro shahrida qad koʻtardi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi shaharning Darvozayi Mansur mahallasida xon hammomining yonida joylashgan edi. Mamlakat maʼnaviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda „ustod“ deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom tark


etilib, din peshvolari va islom ulamolarining rahnamosi „shayxulislom“ nomi bilan yanada ulugʻlandi. Ustoddan keyin „xdtib“ lar turardi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa va xonaqolar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar tasarrufidagi yerlar kengayib, yangi turdagi diniy-feodal xoʻjaligi tarkib topadi.


Somoniylar davlatida mudofaa ishlari


Somoniylar tashqi va ichki dushman xurajlaridan mamlakatni muhofaza qilish masalasiga katta eʼtibor beradilar, Xususan Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan harbiy qoʻshkuva maxsus saroy muntazam sarbozlar qismini tuzadi. Muntazam sarbozlar oliy dargoh va shaxsan armrni hamda uning xaramini qoʻriqlash uchun turk gʻulomlaridan tuzilgan edi. Turkiston va Movarounnahr harbiy xizmatchi, mohir chavandoz turk oʻsmirlarini qadimdan doimiy ravishda voyaga yetkazib kelgan boʻlsa ham, ammo faqat somoniylargina turk yigitlarini birinchilar qatorida saroyning shaxsiy sarbozlari safiga tortgan edilar. Saroy sarbozlariga qabul qilingan oʻspirin turk gʻulomining harbiy xizmati maʼlum muddatga va qatʼiy belgilangan tartibda oʻtar edi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar „hojib“ lavozimiga koʻtarilg Hojiblarning boshligʻi „hojibul hujob“ yoki „hojibul buzruk“ deb yuritilar edi. Sunday unvon Somoniylar davlati saroyidagi oliy unvon hisoblanardi. Hojiblar, ayniqsa hojib-ul hujob saroyda katta nufuzga ega edi. U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Somoniylar sarbozlardan tashqari ozod mehnat ahlidan tuzilgan harbiy qoʻshinlarga ega edilar. Harbiy qoʻshin va uning taʼminoti bilan „ariz“ boshliq devoni ariz deb atalgan maxsus mahkama shugʻullanar edi. Ariz qoʻshinlarga maosh berar, uning intizomi, yarogʻ-aslahasi, oziq-ovqati va otlarining yem-xashagi taminoti bilan shugʻullanar edi. Qoʻshinlarga xizmat haqi har uch oyda, yaʼni yiliga toʻrt marta toʻlanar edi.


Shunday qilib, IX—X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar davlati tashkil topdi. Oʻrta asrlar mulkchilik zamonining bu yirik davlatini boshqarishda hukmdor xonadon Sharqning qadimiy davlat boshqaruvi anʼanalariga suyanib, muntazam harbiy qism va kuchli harbiy qoʻshinlarga ega boʻlgan markazlashgan boshqaruv mahkamasini tashkil qildi. Oʻrta asrlarning bu yirik davlati oʻzining boshqaruv tizimi jihatidan shubhasiz Oʻrta Osiyoda yirik mulkdorlar davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyoti tarixini oʻrganishda alohida ahamiyat kasb etadi.



XULOSA
Xulosa qilib shuni aytamanki, O’zbekiston tarixida Somoniylar davlatining o’rni beqiyos bo’lib bu davlatga asos solgan Ismoil Somoniydir. U o’rta asrlarning qobiliyatli, shijoatli, serg’ayrat va nihoyatda zukko tajribalari davlat arbobi edi. So’zimning isboti mamlakatni boshqarishda birinchi qilgan ishi mamlakat tinchligi edi, ya’ni mamlakatga xavf solib turgan ko’chmanchi qipchoqlardan hududni tozaladi. Va Ismoil o’zini “men tirik ekanman, Buxoro devori menman “ degan gaplari so’zimning isboti. U Movarounnahr tarixida 1-bo’lib markazlashgan davlatga asos solgan. Uning davrida islom dini ham rivoj topdi.
Somoniylar davridan boshlab islom dini bilan shug’ullanuvchi ustod atamasi shayxulislom nomi bilan almashtirilgan.Mudofaa ishlari,qishloq xo’jaligi ishlari,chorvachilik va hunarmandchilik keng rivoj topdi.Bu davrdan boshlab yer egaligining yangi turi ya’ni “iqto’” yerlar berila boshladi,bu yerlar davlat ishlari uchun ba’zi kishilarga beriladigan sovg’a yerlar hisoblanib ,u merosiy emas edi va bu unvon sohiblari davlatga soliq to’lar edilar. Keyinchalik Qoraxoniylar davriga kelganda esa bunday iqto’ yerlar maydoni kengaya bordi va merosiy mulkka ayala boshladi. Yer egaligining shakllaridan biriga aylana bordi. Ichki va tashqi savdoda ham rivojlanish sodir bo’ldi. 4 xil tanga pullar zarb qilina boshladi. Bu davrdan boshlab tashqi savdoda “sarroflik cheklari” ishlatila boshlangan. Somoniylar hayotida 900-yillardan keyingi davr siyosiy vaziyat keskinlashuvi davri hisoblanib, 961-yilda Buxoro harbiy askarlarining g’alayoni ko’tariladi. Natijada, Somoniylar davlati nihoyatda zaiflashib qoladi. Bugungi kunda mustaqillikni qo’lga kiritganimizdan buyon esa biz yoshlar uchun katta sharoitlar yaratilmoqda. Bizning bosh maqsadimiz mana shu yaratuvchanlik g’oyalariga sodiq bo’lish.

Yüklə 277,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin