Referat topshirdi: Kenjayev Azizbek Qabul qildi: Jo`rayev Alisher Namangan-2017 Mavzu



Yüklə 277,89 Kb.
səhifə3/6
tarix25.09.2023
ölçüsü277,89 Kb.
#148422
növüReferat
1   2   3   4   5   6
15cacd04258d1086dc97dfd55f15b45c Somoniylar davlati

Somoniylar davlatining vujudga kelishi



Bu davrda Movarounnahrning Samarqand, Fargʻona, Toshkent va Ustrushona viloyatlarida noiblik qilayotgan somoniylar xonadonining siyosiy hayotida ham asta-sekin birmuncha oʻzgarisÛar yuz beradi. Yurtga awal Nuh, soʻngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri oʻz hukmronligi davrida oʻz nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar.
Ahmad vafotidan (865-yil) keyin uning oʻgʻli Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. Buxoro vohasi, Naxshab (Qashqadaryo), Chagʻonrud (Surxondaryo) vodiylaridan tashqari Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini koʻradi. Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan oʻzgarib, istiqlol uchun qulay sharoit paydo boʻladi. Oʻz holiga tashlab qoʻyilgan Buxoro ahli hatto saforiylarga tobe boʻlishni xohlamaydi. Shahar zodagonlari somoniylarga murojaat qilib, Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuboradilar, undan Buxoroni oʻz qoʻl ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni soʻraydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib qilib yuboradi.
Shunday qilib, IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli
barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga oʻtib, u oʻz mustaqilligini tiklab oladi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Nasr oʻzini butun Movarounnahrning boshlig'i deb hisoblay boshlaydi. Garchi ukalari Shosh viloyatining noibi Yoqub va Fargʻona hokimi Asadlar oʻz nomlari bilan chaqa pul zarb etib oʻzboshimchalik qilsalar ham, ammo u somoniylar hukmronligi tarixida birinchi boʻlib kumush dirham zarb etadi. Kumush tangalar chiqarish davlat mustaqilliginmg ramzi hisoblanib, to shu vaqtgacha xalifalik viloyatlarida faqat tohiriylargina bunday dirhamni zarb etish huquqiga ega edilar. Shunday boʻlsa-da, Buxoro noibi Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi. Oʻziga berilgan viloyatni mumkin qadar iqtisodiy jihatdan mustaqil idora qilishga intiladi. Samarqandga Nasrning xazinasiga yuboriladigan har yilgi soliqlarni turli bahonalar bilan toʻxtatib qoʻyadi. Natijada aka-uka oʻrtasida adovat paydo boʻladi. U 888-yildagi jangga olib keladi. Jangda Nasr
qoʻshinlari tor-mor keltiriladi. Shu yildan boshlab Ismoil butun Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmdori boʻlib oladi.



Yüklə 277,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin