Somoniylar davlati
Poytaxti
Samarqand
,
Buxoro
Til(lar)i
Fors
Dini
Islom
Maydoni
2,850,000 km²
kelib chiqishi eftaliylar bilan bogʻlik U sosoniylarga qarshi koʻzgʻolon koʻtarib
(590 y.) magʻlubiyatga uchragandan keyin Fargʻonaga qochib kelgan va
turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha oʻsha yerda kolib ketgan.
Uning avlodlari ham oʻzlarini podshoxdar oilasiga mansub deb
hisoblaganlar va Sosoniylar davlati
dagi shahanshoxlar oliy taxtiga daʼvo
kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining
(Juba, Jamchan, Tamgʻas kabi) turkiy ismlari boʻlgan. Shunisi diqkatga
sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabgʻu (yaʼni Somonxudot)
turkiylarning Oʻgʻuzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida
tilga olingan.
Oʻrta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim
maʼlumotlarga koʻra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn
Abdulloh lQushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan
dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida
dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va oʻgʻlining
ismini amirning sharafiga Asad koʻyadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va
Ilyos i
smli ugʻillari alMaʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va
Rofi ibn Lays koʻzyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga
alMaʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.).
Xususan, Nuh
— Samarqand amiri, Ahmad — Fargʻona amiri, Yahyo —
Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib t`ayinlanadi. Ular
dastlab Xuroson amirlari boʻlgan tohiriylarga tobe boʻlgan va harbiy kuch
toʻplab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qoʻriqlab turishgan,
shuningdek, shim.dagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan.
Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni oʻziga tobe qiladi. Shunday
qilib, akaukaning toʻngʻichi boʻlgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sugʻdning
katta qismini, shuningdek, Fargʻona va boshqa bir qancha shaharlarni oʻz
hokimiyati ostida birlashtiradi. Nuhning vafotidan keyin (842 y.) suloladagi
yetakchilik uning ukasi Ahmad ibn Asad oilasiga oʻtadi. Uning 7 ta oʻtli
boʻlib, ular otasining vafotidan keyin (866 y.) Movarounnahrning asosiy
shaharlarida
hokimiyatni oʻz qoʻllariga oladilar. Faqat Buxoro sh. tohiriylar
qoʻlida edi. Ilyos ibn Asad vafotidan keyin unga qarashli boʻlgan Hirot
shahrida ham hokimiyat S.ning qoʻlidan ketdi. Tohiriylar hokimiyati
tugatilgandan keyin (873 y.) Buxoroda bir muddat siyosiy beqarorlik va
tartibsizliklar yuz berdi. Shunda S. oilasining boshligʻi boʻlgan Nasr ibn
Ahmad mahalliy dehqonlar taklifiga binoan, Buxoroga ukasi Ismoil ibn
Ahmadni hokim qilib yuboradi. Shunday qilib, Buxoro ham S qoʻliga oʻtib,
ularning qudrati y
ana ham ortdi. Nasr davrida S turklarning Shovgʻar
shahriga yurish qiladilar. Deyarli butun Oʻrta Osiyo yerlari ularning
hrkimiyati ostida birlashgandan keyin oila boshligʻi Nasr xalifa
alMuʼtamiddan Movarounnahrni boshqarishga maxsus yorliq oldi (875 y.).
Koʻp oʻtmay Ismoil akasi Nasrga boʻysunishdan bosh tortib, unga qarshi
koʻshin tortadi. Akauka qoʻshinlari orasida boʻlib oʻtgan jangda (888 y.) Nasr
magʻlubiyatga uchraydi va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni oʻz
qoʻliga oladi. U Taroz shahriga yurish qilib, uni bosib oladi (893 y.) va
natijada boy Shalji kumush konlariga egalik kidali. Oʻsha yilning oʻzida
Ahmad Ustrushonadagi afshinlar sulolasining oxirgi vakillarini yoʻq qiladi va
viloyatni butkul oʻzining hokimiyatiga boʻysundiradi. S.ning kuchayib
borayotganidan xavfsiragan arab xalifasi Ismoilni hokimiyatdan chetlatib,
oʻrniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Safforiyni tayinlaydi (898 y.). Amr
qoʻshin bilan Movarounnahrga yoʻl olganda, Ismoil unga qarshi chiqib, bir
necha jangdan keyin uni magʻlubiyatga uchratadi (900 y.) va natijada
safforiylarta qarashli boʻlgan Xurosonni ham oʻz yerlariga qoʻshib oladi.
Shunday qilib, Ismoil ibn Ahmad hukmronligi davrida Talas vodiysidan
Xurosongacha boʻlgan yerlarni oʻz hrkimiyati ostida birlashtirdi. Ismoil ibn
Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat uning avlodlari qoʻliga oʻtdi:
Ahmad ibn Ismoil (907
—914 yillar), Nasr ibn Ahmad (914—943 yillar), Nuh
ibn Nasr (943-954 yillar), Abdulmalik ibn Nuh (954
—961 yillar), Mansur ibn
Abdulmalik (961
—976 yillar), Nuh ibn Mansur (976—997 yillar), Mansur ibn
Nuh (997
—999 yillar), Abdulmalik ibn Mansur (999—1000 yillar). Shundan
keyin mamlakatdagi hokimiyat qoraxoniylar sulolasining qoʻliga oʻtib, S.
hokimiyati tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil alMuntasir (1000
—1005
yillar) qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash olib borib, S. hokimiyatini
tiklashga urindi, lekin natija boʻlmadi va oxiri oʻzi ham oʻldirildi. Shu bilan S.
sulolasi tarix sahnasidan butunlay ketdi.
Maʼmuriy boshqaruv tizimi. S. sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir
deb atalgan boʻlib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy
boshqarmalar) boʻysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar,
Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy
va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. S.da vazir devonidan tashqari
10 devon boʻlib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta
bino qurilgan edi. S.ning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar,
aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan boʻlib, har bir amaldor arab va
fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan
xabardor boʻlishi shart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb
atashgan. Saroy harbiy qoʻmondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa
sipoxsolor deb atalg
an boʻlib, boshqaruv ishlariga katta taʼsir oʻtkazib
kelishgan. S.ning soliklardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln.
dirhamni tashkil qilgan boʻlsa, bu mablagʻdan 20 mln.ga yaqini boshqaruv
tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qoʻshin ehtiyojlariga sarflangan.
Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, yaʼni bir yilda 4 marta
muntazam ravishda berib turilgan.
X-asr boshida S. hukmronligi ostidagi mulklar quyidagi viloyatlardan
tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Fargʻona, Shosh, Isfijob,
Xorazm, Kesh, Nasaf, Chagʻoniyon, Xuttalon, Badaxshon, Balx, Tohariston,
Guzganon, Gʻarchiston, Marv, Hirot, Gʻur, Nishopur va Goʻrgon.
Viloyatlarda boshqaruv gʻokimlar qoʻlida boʻlib, ular amir tomonidan
tayinlangan. Bu mansabga koʻpincha mahalliy yer egalari va viloyat
hokimlari xonadoni vakillari tayinlanar edi. Shaharlarning boshqaruvi raislar
qoʻlida boʻlib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan. Mas, S. hukmronligi
davrida Tohariston shaharlarida banichuriylar sulolasi, Xurosonda
simjuriylar sulo
lasi, Guzganonda farigʻuniylar sulolasi, Xorazm va Isfijobda
mahalliy turkiy sulolalar, shuningdek, Chagʻoniyon, Gʻazna, Sijiston, Gʻur va
Gʻarchistonda mahalliy sulolalar hukm surgan.
S.ning saroy maʼmuriyati ichidagi amaldorlarning bir qismini forelar,
qolgan qismini mahalliy turkiylar tashkil etgan. Viloyatlarda ham xuddi
shunday ahvol kuzatilgan. Harbiy va mudofaa ishlari toʻla turkiylarning
qoʻlida boʻlgan. 10-a. ga kelib Isfijob, Taroz va boshqa shaharlarning turkiy
aholisi koʻplab islom dinini qabul qilganliklari tufayli S.ning boshqaruv
tizimida ularning salmogʻi oshib ketgan. Xususan, Alptegin, Sabuktegin, Alp
Arslon, Alitegin, Simjuriy, Bektuzun, Qorategin, Ayach, Altuntosh, Banichur,
Tosh singari mashqur tarixiy shaxslar va ularning avlodlari shular
jumlasidandir. Shuningdek, turli viloyatlar va shaharlarni Inaj, IlMangu,
Sabukra, Boyqaro, Alxunmish, Boytuz, Tuztosh, Kunbosh, Suboshitegin,
Kamtegin, Fayozbek, Xumorbek, Xumortosh, Oytugʻdibek, Bilgategin,
Fategin, Shukrtegin, Aytugʻmish va boshqa gʻukmdorlar boshqargan.
Hokimiyat S. qoʻlidan ketib, qoraxoniylar qoʻliga oʻtgandan keyin
ularning deyarli barchasi ikkilanmay yangi hukmdorlar xizmatiga oʻtishgan.
Shuning uchun Bugʻroxon 992 yilda Isfijobdan yurish qilib, Samarqand va
Buxoroni egallagand
a, unga hech kim qarshilik koʻ)|satmagan. Chunki
mahalliy aholi, shu jumladan, amaldorlar ham, ularga Movarounnahrning
arablargacha boʻlgan asl egalari sifatida va endi islom dinini qabul qilib, oʻz
yerlariga qaytib kelgan hukmdorlar deb qaraganlar.
Shunday qilib, S boshqaruv tizimi aniq va mukammal ravishda
tuzilgan boʻlib, oʻzida davlatchilikning oʻsha davrda eng ilgʻor anʼanalarini
mujassamlashtirgan. Lekin qonunchilik nuqtai nazaridan S. hukmronligini
teng huquqli mustaqil davlat sifatida qarash haqiqa
tga toʻgʻri kelmaydi.
Chunki u davrda, yaʼni 9— 10-a.larda, Abbosiylar xalifaligida markaziy
hokimiyat zaiflashib, viloyatlardagi mahalliy hokimiyat kuchaygani va deyarli
mustaqil ichki siyosat olib borgani bilan, barcha mahalliy sulolalar, shu
jumladan, S
. ham, rasman boʻlsada, Bagʻdod xalifalariga boʻysungan edilar.
Ular faqat maʼmuriy boshqaruvda va xoʻjalik ishlarini yuritishda xalifalar
tomonidan berilgan keng huquklar va oʻzini oʻzi boshqarish vakolatlariga
ega boʻlganlar. Shariat nuqtai nazaridan gʻam, xalqaro huquq nuqtai
nazaridan ham, Xuroson va Movarounnahr maʼmuriy jihatdan Abbosiylar
xalifaligining ajralmas qismi, S. esa xalifalarning shu viloyatlardagi
hokimiyatni boshqarish uchun tayinlangan voliylari hisoblangan. Demak,
S.ning hukmronligi davlatchilik sifatida emas, balki Abbosiylar xalifaligining
tarkibida Bagʻdoddan tayinlangan va nisbatan mustaqil ichki siyosat olib
borgan mahalliy hukmdorlar sulolasining hokimiyati sifatida baholanishi
mumkin.
Madaniyati. S. boshqaruvtizimining tashkil topishi siyosiy barqarorlik
va iqtisodiy koʻtarilish, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Buxoro,
Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy
markaz sifatida taraqqiy qila boshlaydi. Forsiydariyda nazm, nasr va ilmiy
asarlar yozila boshlandi. 9
—10-a. larda, ayniqsa, Buxoro sh. madaniy
jihatdan yuksaladi. Poytaxtda amir saroyida turli sohalarga oid qoʻlyozma
kitoblar saqlanadigan kattagina kutubxona barpo etiladi.
Movarounnahrda meʼmorlik va sanʼat yangi taraqqiyot bosqichiga
oʻtdi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Oʻzgan va Marv
kabi shaharlarda koʻplab saroy, masjid, Madrasa, minora, xonaqoh,
maqbara, tim va karvonsaroylar qurildi.
Dostları ilə paylaş: |