Referat topshirdi: Kenjayev Azizbek Qabul qildi: Jo`rayev Alisher Namangan-2017



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix19.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#117989
növüReferat
1   2   3   4   5   6
Referat topshirdi Kenjayev Azizbek Qabul qildi Jo`rayev Alishe

Somoniylar va islom dini 
Movarounnahr mustaqillikka erishib, Somoniylar davlatining qaror 
topishi va uning ravnaqida islom dini mhoniylarimng hissasi katta boʻldi. Shu 
boisdan ularning obroʻsi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng 
nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda koʻplab ibodatxonalar, shu 
jumladan jomeʼ masjid, xonaqo (gʻaribxona) va nomozgoh (iydi ramazon va 
iydi qurbon ibodatlari oʻqiladigan sajdagoh) lar bino qilindi. Xuddi shu davrda 
musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh madrasalardan bin Buxoro shahrida qad 
koʻtardi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi shaharning Darvozayi Mansur 
mahallasida xon hammomining yonida joylashgan edi. Mamlakat maʼnaviy 
hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasi
ga bu davrda „ustod“ deb 
atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom tark 


etilib, din peshvolari va islom ulamolarining rahnamosi „shayxulislom“ nomi 
bilan yanada ulugʻlandi. Ustoddan keyin „xdtib“ lar turardi. Somoniylar islom 
mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa va 
xonaqolar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun 
katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar tasarrufidagi 
yerlar kengayib, yangi turdagi diniy-
feodal xoʻjaligi tarkib topadi. 
 
Somoniylar davlatida mudofaa ishlari 
Somoniylar tashqi va ichki dushman xurajlaridan mamlakatni 
muhofaza qilish masalasiga katta eʼtibor beradilar, Xususan Ismoil Somoniy 
yaxshi qurollangan harbiy qoʻshkuva maxsus saroy muntazam sarbozlar 
qismini tuzadi. Muntazam sarbozlar oliy dargoh va shaxsan armrni hamda 
uning xaramini qoʻriqlash uchun turk gʻulomlaridan tuzilgan edi. Turkiston va 
Movarounnahr harbiy xizmatchi, mohir chavandoz turk oʻsmirlarini qadimdan 
doimiy ravishda 
voyaga yetkazib kelgan boʻlsa ham, ammo faqat 
somoniylargina turk yigitlarini birinchilar qatorida saroyning shaxsiy 
sarbozlari safiga tortgan edilar. Saroy sarbozlariga qabul qilingan oʻspirin 
turk gʻulomining harbiy xizmati maʼlum muddatga va qatʼiy belgilangan 
tartibda oʻtar edi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar „hojib“ lavozimiga 
koʻtarilg Hojiblarning boshligʻi „hojibul hujob“ yoki „hojibul buzruk“ deb 
yuritilar edi. Sunday unvon Somoniylar davlati saroyidagi oliy unvon 
hisoblanardi. Hojiblar, ayniqsa hojib-ul hujob saroyda katta nufuzga ega edi. 
U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Somoniylar 
sarbozlardan tashqari ozod mehnat ahlidan tuzilgan harbiy qoʻshinlarga ega 
edilar. Harbiy qoʻshin va uning taʼminoti bilan „ariz“ boshliq devoni ariz deb 
atalgan maxsus mahkama shugʻullanar edi. Ariz qoʻshinlarga maosh berar, 
uning intizomi, yarogʻ-aslahasi, oziq-ovqati va otlarining yem-xashagi 
taminoti bilan shugʻullanar edi. Qoʻshinlarga xizmat haqi har uch oyda, yaʼni 
yiliga toʻrt marta toʻlanar edi. 


Shunday qilib, IX
—X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda 
Somoniylar davlati tashkil topdi. Oʻrta asrlar mulkchilik zamonining bu yirik 
davlatini boshqarishda hukmdor xonadon Sharqning qadimiy davlat 
boshqaruvi anʼanalariga suyanib, muntazam harbiy qism va kuchli harbiy 
qoʻshinlarga ega boʻlgan markazlashgan boshqaruv mahkamasini tashkil 
qildi. Oʻrta asrlarning bu yirik davlati oʻzining boshqaruv tizimi jihatidan 
shubhasiz Oʻrta Osiyoda yirik mulkdorlar davlatchiligining shakllanishi va 
taraqqiyo
ti tarixini oʻrganishda alohida ahamiyat kasb etadi. 




 XULOSA 
Xulosa qilib shuni aytamanki, O’zbekiston tarixida Somoniylar 
davlatining o’rni beqiyos bo’lib bu davlatga asos solgan Ismoil Somoniydir. 
U o’rta asrlarning qobiliyatli, shijoatli, serg’ayrat va nihoyatda zukko 
tajribalari davlat arbobi edi. So’zimning isboti mamlakatni boshqarishda 
birinchi qilgan ishi mamlakat tinchligi edi, 
ya’ni mamlakatga xavf solib 
turgan ko’chmanchi qipchoqlardan hududni tozaladi. Va Ismoil o’zini “men 
tirik ekanman, 
Buxoro devori menman “ degan gaplari so’zimning isboti. U 
Movarounnahr tarixida 1-
bo’lib markazlashgan davlatga asos solgan. Uning 
davrida islom dini ham rivoj topdi.
Somoniylar davridan boshlab islom dini bilan shug’ullanuvchi ustod 
atamasi shayxulislom nomi bilan almashtirilgan.Mudofaa ishlari,qishloq 
xo’jaligi ishlari,chorvachilik va hunarmandchilik keng rivoj topdi.Bu davrdan 
boshlab yer egaligining yangi turi ya’ni “iqto’” yerlar berila boshladi,bu yerlar 
davlat ishlari uchun ba’zi kishilarga beriladigan sovg’a yerlar hisoblanib ,u 
merosiy emas edi va bu unvon sohiblari davlatga soliq to’lar edilar. 
Keyinchalik Qoraxoniylar davriga kelganda esa bunday iqto’ yerlar maydoni 
kengaya bordi va merosiy mulkka ayala boshladi. Yer egaligining 
shakllaridan biriga aylana bordi. Ichki va tashqi savdoda ham rivojlanish 
sodir bo’ldi. 4 xil tanga pullar zarb qilina boshladi. Bu davrdan boshlab 
tashqi savdoda 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin