hokimga, ikkinchi tomondan esa, markaziy mahkamaning tegishli devoniga
boʻysunar edilar. Viloyat hokimlari baʼzan vazir deb yuritilardi.
Mansabdorlarning xizmat haqi uchun davlatning yillik daromadi (budjeti) ning
deyarli yarmi sarf etilar edi. Shu bilan birga X asrlarda yirik
mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-
katta mulklar inʼom qilina boshlaydi. Ayniqsa u XI asrda keng yoyiladi.
Bunday mulkka „iqtoʻ“, unga ega boʻlgan mulkdorlar „muqtoʻ“ yoki „iqto 'dor“
deb yuritilardi. Iqtoʻ tarzida esa ayrim viloyat, voha yoki shaharlar va
tumanlar hadya etilgan. Iqtoʻ dastawal asosan oliy tabaqa zodagonlar:
sulolaʼ aʼzolari—amirzodalar va yirik mansabdorlarga inʼom etilgan. Iqtoʻ
mulklari awalda bir umrga emas, balki maʼlum muddatga berilib, nasldan-
naslga oʻtkazilmagan. Iqtoʻdorlar hadyaga berilgan mulklarga hali toʻla egalik
qila olmaganlar. Ular iqtoʻ yerlaridan tushadigan daromad yoki uning maʼlum
qisminigina yigʻib olish huquqiga ega boʻlganlar, xolos. Butun bir viloyat iqtoʻ
qilib berilgan noib
— vazirga baʼzan oʻz nomi bilan chaqa pul zarb etish
huquqi ham berilar edi. Bu shubhasiz, 0’z navbatida markaziy hokimiyatni
kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining
kuchayishiga olib edi.
Dostları ilə paylaş: