Operativ hisob korxonaning har xil bo’linmalari - bo’limlari, sexlari,
omborlari va hokazolar tomonidan yuritiladi.
Operativ axborot yordamida
- menejerlar ishlab chiqarish, foyda bo’yicha
topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani ta’minlash va mahsulot sotishsi
bo’yicha topshiriqlarning bajarilishi, tovar moddiy qiymatliklar zaxirasining
darajasi
hamda boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-
kitoblarning holati va borishi haqidagi ma’lumotlarni olishda foydalanishadi.
Operativ hisob korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlanganligi, uning harakati,
xodimlarning malakasini oshirish va boshqalar ustidan nazorat qilish uchun
zarurdir. Sexlar, omborlar va boshqa bo’linmalar xodimlari undan ma’lum xo’jalik
qismidagi topshiriqlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar olishadi.
Operativ hisobdan ishlab chiqarish bo’linmalarida sodir bo’layotgan
operatsiyalar yoki jarayonlarning borishi haqidagi axborotlarni olishda keng
foydalaniladi.
Bu yerda u maxsus grafiklar, xabarchi taxtalar va boshqalar
yordamida amalga oshiriladi.
Operativ hisobning ba’zi ma’lumotlaridan faqat korxonaning tarkibiy
qismidagina foydalanilmay, ulardan boshqaruv organlarida ham foydalaniladi.
Bunday ma’lumotlar umumlashtirilib, ichki operativ hisobot
tarkibiga kiritilishi
mumkin. Operativ hisobotning ko’rsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun xalq
xo’jaligi miqyosida tegishli jarayonlarni borishi ustidan kuzatish va axborotni
umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Operativ hisobotdan, masalan, mahsulot
iishab
chiqarish, xom ashyo bilan ta’minlanganlik, ishga kelish, ekish va hosil
yig’ishning borishi haqida va boshqa ma’lumotlar olinadi. Operativ hisobning
ma’lumotlari ulardan keyinchalik foydalanishda buxgalteriya yoki statistik hisobda
qayta ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: