Loyiha marketingi dasturi va byudjeti. Loyihani amalga oshirish jarayonida marketingni boshqarish Marketing – bu ayni paytda biznes falsafasi hamda faol jarayondir. U harakatdagi jarayon sifatida bozor iqtisodiyotining aniq faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan bir qator vazifalarni hal qiladi. “Marketing” so’zi keng tarqalgan bo’lsada, asosan, quyidagi uch jihatda namoyon bo’ladi: reklama, sotishni rag’batlantirish va xaridorga ta’sir ko’rsatishdir, ya’ni boshqacha qilib aytganda mavjud bozorlarni egallab olish uchun foydalaniladigan savdoning o’ta muhim vositalari majmuasidir. Shu bilan bir qatorda, marketing birinchi navbatda va eng merkantilistik ma’noda asosan ommaviy iste’molchilar bozorida ko’proq, yuqori texnologiyalar, moliyaviy, ijtimoiy va madaniy xizmatlar kabi sektorlarda esa kamroq qo’llaniladi.
Marketing – faqatgina katta korxonalarning imkoniyatiga to’g’ri keladigan bozorni tahlil qilish (sotishni bashorat qilish usullari, bozorning imitatsion modellari va tadqiqotlari kabi) vositalari majmuasi bo’lib, ular ehtiyojlarni va talabni tahlil qilishga istiqbolli va ilmiy yondashuvni ishlab chiqish uchun foydalaniladi. Tanqidchilar bunday qimmatbaho usullarning ishonchliligi va amaliy ahamiyatini unchalik ochiq-oydin emas, deb hisoblaydilar. Marketing – bu iste’mol jamiyatining arxitektoridir, ya’ni bu xaridorlar iste’molchilarni tijoriy jihatdan ekspluatatsiya qiladigan bozor tizimidir. Tobora ko’proq va yanada ko’proq tovar sotish uchun yangi ehtiyojlarni muttasil tashkil qilib borish lozim. Bunday o’ta soddalashtirilgan qarashlar ortida marketing konsepsiyasining uch jihati yotadi: faol jihat (bozorga kirib borish), tahliliy jihat (bozorlarni tushunish) va g’oyaviy jihat (fikrlash shakli). Marketingni uning faol jihatidan tushunish, ya’ni marketingga bir necha sotish usullari sifatida qarash (operatsion marketing) tendensiyasi ko’p uchraydi va uning tahliliy jihatiga (strategik marketing) yetarlicha baho berilmaydi. Marketingga bunday qarash marketing va reklama hamma narsaga qodir, ular bozorni qudratli kommunikatsiya usullari yordamida istalgan narsani qabul qilishga majbur qila oladi, degan mavhum fikrga asoslangandir. Bunday sotish usullari ko’pincha xaridorlarning real ehtiyojlarini qondirish istagiga mutlaqo bog’liq bo’lmaydi. Asosiy e’tibor sotuvchining ehtiyojlariga, ya’ni savdoni amalga oshirishga qaratiladi. Shuning uchun marketingni strategik jihatdan ishlab chiqish va marketing strategiyasini tushunish muhim ahamiyatga ega.
Marketing strategiyasi firma imkoniyatlarining bozordagi holatga muvofiqlashtirish, qo’yilgan maqsadlarga erishishning kompleks vositalarini belgilashdan iborat. Amerikalik yetuk iqtisodchi olim I. Ansoffning fikricha, strategiya o’z mohiyati va jihatidan tashkilotning o’z faoliyatida qaror qabul qilish jarayonida qo’llash uchun mavjud bo’lgan qoidalar majmuiga aytiladi. Strategiya bir muncha qiyin va mavhumlashtirilgan amaliy faoliyat falsafasi sifatida namoyon bo’ladi.
U aniq sharoitda va o’zgarishlar ta’sirida oydinlashtirilib orientirlarga aylanadi. Tegishli davr mobaynida, qisqa muddatda, tegishli sharoitdan kelib chiqqan holda qabul qilinadigan qarorlarda, tavakkalchilik siyosatida (uni xavfxatar darajasiga ko’ra) uslublar yig’indisi - taktikasi tarzida ushbu strategiyani amalga oshiradi. Umumlashtirib aytganda, marketing strategiyasi o’zaro bir-biri bilan asoslangan besh asosiy jihat bilan tavsiflanadi: bozorni tanlash, maqsadni tanlash, mablag’ va muddatlarni tanlash, samaradorlikni nazorat qilish, muqobil strategiyani tanlashdan iboratdir. Bu holda iste’molchilar tamoyilini ham ko’rib chiqsak bo’ladi. Aslida marketing asosini, uning konsepsiyasini tashkil qiluvchi nazariya yoki g’oya mutlaqo boshqachadir. U iste’molchining ustivorlik tamoyilidan kelib chiqadigan shaxsiy tanlash nazariyasiga asoslanadi. Ushbu yondashuv nuqtai nazaridan qarasak, marketing - o’n sakkizinchi arsning oxirida klassik iqtisodiyot tomonidan ilgari surilgan tamoyillar menejmentining ijtimoiy ifodasi va operatsion atamalarga qilingan tarjimasining aynan o’zidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida to’rtta markaziy g’oyani ko’rishimiz mumkin: - insonlar hayotdan manfaat olishga intiladilar. Aynan shaxsiy manfaatning ko’zlanishi kishilarni mehnatga undaydi, o’sishning, shaxsiy kamolotning harakatlantiruvchi kuchi vazifasini o’taydi va oxir-oqibatda butun jamiyatning farovonligini belgilab beradi;
- manfaatlarning xarakterini did, madaniyat, qadriyatlar va hokazolarga bog’liq bo’lgan shaxsiy qarashlar belgilaydi. Bu tanlovning muhimligi yoki oddiyligi haqida yoki “haqiqiy” yoki “yolg’on” ehtiyojlar deb nimani tan olish haqida fikr yuritish uchun jamiyatdagi milliy, ahloqiy va ijtimoiy qoidalarni hurmat qilishdan boshqa hech qanday asoslarga yo’l qo’yilmaydi.
- aynan erkin va raqobatli ayirboshlash yordamida kishilar va ular bilan hamkorlik qiladigan tashkilotlar o’z maqsadlariga erishadilar. Agar ayirboshlash erkin bo’lsa, u faqat ikkala tomon uchun ham foydali bo’lgan taqdirdagina amalga oshadi, agar ayirboshlash raqobatli bo’lsa, u holda ishlab chiqaruvchilarning bozordagi pozitsiyasini suiste’mol qilish xavfi cheklangandir;
- bozor iqtisodiyoti mexanizmlari shaxsiy erkinlik tamoyiliga va ayniqsa iste’molchining ustivorlik tamoyiliga asoslangandir. Tizimning ahloqiy negizi kishilarning o’z hatti-harakatlari uchun javobgar ekanligini hamda o’zlari uchun nimaning yaxshi va nimaning yomon ekanligini o’zlari hal qilishlariga asoslanadi. Marketing sohalari. Marketing zamirida yotuvchi to’rt tamoyildan xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish bilan shug’ullanuvchi har qanday tashkilot uchun muhim bo’lgan harakat falsafasi kelib chiqadi. Bu marketing harakatlari sohasini uch asosiy bo’lakka bo’lish mumkin:
- iste’mol marketingi, bunda ayirboshlash firmalar va pirovard iste’molchilar, jismoniy shaxslar yoki oilalar o’rtasida amalga oshiriladi;
- firmalararo marketing, bunda ayirboshlash jarayonida ikkala tomon sifatida tashkilotlar ishtirok etadi;
- ijtimoiy marketing, u muzeylar, universitetlar va shu kabi daromadsiz tashkilotlarning faoliyat sohalarini o’z ichiga oladi.
Marketing konsepsiyasi tashkilotning butun faoliyati foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishni asosiy maqsad qilib olishi lozimligini ko’zda tutadi, chunki bu o’z taraqqiyot maqsadlariga erishish va rentabellikni oshirishni eng yaxshi yo’lidir.
Marketingning ikki qiyofasi. Mazkur harakat falsafasining qo’llanilishi firma faoliyatining ikki yo’nalishini ko’zda tutadi.
1. Birinchi yo’nalish iste’molchilarning hal qiluvchi guruhlari ehtiyojlari va talablarini muntazam va doimiy tahlil qilib borish, shuningdek, kompaniyaga tanlab olingan xaridorlar guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq xizmat ko’rsatishga imkon beruvchi va shu yo’l bilan ishlab chiqaruvchiga raqobatchilikdagi barqaror ustunlikni ta’minlovchi samarali tovar va xizmatlar konsepsiyasini ishlab chiqishdan iboratdir. Bu jarayon strategik marketingning asosiy vazifalariga kiradi.
2. Ikkinchi yo’nalish esa potensial xaridorlarni xabardor qilish va xaridorlarni izlash xarajatlari kamayganda tovarning o’ziga xos sifatlarini namoyish qilish maqsadida savdoni va kommunikatsiyalar siyosatini tashkil qilishdan iborat bo’lib, bu operatsion marketing vazifasini tashkil qiladi. Bu ikki yondashuv bir-birini to’ldiradi va firmaning marketing siyosati doirasida o’zining muayyan ifodasini topadi. Bu o’rinda J.J.Lamben marketingga quyidagicha ta’rif beradi: “Marketing – bu kishilar va tashkilotlarning ehtiyojlari va istak hohishlarini xaridor uchun qiymatli bo’lgan tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlash bilan qondirishga qaratilgan ijtimoiy jarayondir”. Bu ta’rifda uch asosiy tushuncha ehtiyoj, tovar va ayriboshlashdir. Ehtiyoj tushunchasi xaridorning hulq-atvori va uni bir tovar yoki xizmatni sotib olishga undagan sababni ifodalaydi; tovar konsepsiyasi harakat usullari, ishlab chiqarish va ishlab chiqaruvchilarning tashkiloti bilan bog’liq; ayirboshlash e’tiborni bozorga hamda talab va taklifning o’zaro ta’sirlashuvini ta’minlovchi mexanizmlarga jalb qiladi.
Xulosa “Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanini o’rganish talabalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo’yicha qarorlarni qabul qilish, ularni moliyalashtirish, monitoringini olib borish, shuningdek, samaradorligini ta’minlash bilan bog’liq mustahkam bilimlarni shakllantirish hamda amaliy ko’nikmalarni hosil qilish vazifalarini o’zida namoyon etadi. O’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlari talabalari, kollej o’quvchilari hamda bankmoliya sohasi xodimlari va boshqa foydalanuvchilarga mo’ljallangan. “Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanini o’qitishning asosiy maqsadi talabalarda moliyaviy qo’yilmalarning maqbul yo’nalishlarini tanlash, ular samaradorligini aniqlash va ta’minlashda muhim ahamiyat egallovchi investitsiya loyihalarini boshqarishni tashkil etishning asosiy yo’nalishlari, zamonaviy usullaridan foydalanish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakani shakillantirishdan iborat.
Foydalanilgan adabiyodlar
https://hozir.org/pars_docs/refs/
http://www.un.org/ru> - BMT rasmiy sayti.
http://www.gov.uz> - O’zbekiston Respublikasining hukumat portali.
http://www.lex.uz - O’zbekicton Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. Normativ-huquqiy
hujjatlarni rasmiy sayti.
www.cbu.uz - O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank rasmiy sayti.
http://www.stat.uz> - O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo’mitasining rasmiy sayti.