Referati mavzu: Elektron hukumat tizimi Reja: Elektron hukumat tizimi haqida tushunchalar


Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi



Yüklə 41,91 Kb.
səhifə2/2
tarix03.03.2023
ölçüsü41,91 Kb.
#86475
növüReferat
1   2
1-TOPSHIRIQ

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi


«Elektron hukumat» tizimi doirasida axborot - kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali va shaffof mexanizmlarini yaratuvchi, shuningdek, ushbu sohadagi loyihalar, loyiha va texnik hujjatlarni sifatli ekspertizadan oʼtkazishni taʼminlovchi tashkilotdir.
Markaz Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PP-4699-sonli 'Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida'gi va Vazirlar mahkamasining 2020-yil 25 iyundagi 409-sonli 'Oʼzbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida'gi Farmonlari asosida Oʼzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida tashkil etildi.

Markaz faoliyati yoʼnalishlari


Markaz 'Elektron hukumat' tizimini va 'Raqamli Oʼzbekiston - 2030' dasturini (keyingi oʼrinlarda - dastur) rivojlantirish doirasida raqamli iqtisodiyot va 'Elektron hukumat' tizimini takomillashtirish sohasidagi islohotlarning asosiy yoʼnalishlarini amalga oshiradi, xususan:

  • elektron hukumatni rivojlantirishda yagona texnologik yondashuvni taʼminlash

  • davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yoʼnalishlarini ishlab chiqish

  • davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish

  • elektron hukumat sohasidagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish

Elektron hukumat rivojlanish bosqichlari


Jarayon (angl. process) – tashkilot (tizim) muxitiga kiritilgan kuch va vositalarni (resurslarni) chiqishda istemolchi uchun qimmatli maxsulotga aylantiruvchi xarakatlarning izchil ketmaketligi
Boshqaruv jarayonlari – tashkilot (tizim) faoliyat yuritishini taminlovchi, ya’ni o’zgaruvchi tashqi tasirlarga moslashtiruvchi jarayonlardir. Xususan, faoliyatni rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, rivojlantirish, shuningdek bu bilan bog’liq qarorlar qabul qilish va ijrosini nazorat qilish boshqaruv jarayonlaridir.
Operatsion jarayonlar – tashkilotnining (tizimning) zimmasi va vakolatidagi asosiy faoliyati, jumladan vazifasi, maxsuloti va xizmati yaratiladigan, shuningdek asosiy daromadi shakllantiriladigan jarayonlardir.
Ko’maklashuvchi-funksional jarayonlar – operatsion va boshqaruv jarayonlari uchun xizmat qiladigan jarayonlar. Jumladan, tashkilotning xodimlar bo’limi, kanselyariya, umumiy bo’lim, xo’jalik ishlari bo’limi, buxgalteriya, yuridik xizmatlar singari bo’limlarining faoliyatidagi vazifalar misol bo’ladi.
Ma’muriy jarayonlar – boshqaruv, operatsion va ko’maklashuvchi-funksional jarayonlar yig’indisi 
Reinjiniring (angl. Reengineering) – vazifa, maxsulot va xizmatlar sifati, muddati, tannarxi va servis darajasini qisqa muddat ichida keskin oshirish uchun boshqaruv, operatsion va ko’maklashuvchi jarayonlarini tubdan qayta tashkillashtirish (optimallashtirish) xamda axborot texnologiyalariini joriy etish orqali kardinal ravishda islox qilish tadbiri.
Optimallashtirish – barcha turdagi resurslar sarfini yakuniy natija sifati bilan oqilona muvozanatlashgan nisbatini topish va unga erishish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar komleksi. Uni amalga oshirish natijasida resurslarni isrofgarchiliksiz, aniq maqsad va vazifalar uchun samarali yo’naltirish, shuningdek sifat ko’rsatgichlarining eng yuqori (ekstrimum) parametrlariga erishish imkoniyati yaratiladi.
Funksiya va xizmatlar – ixtisoslashgan davlat va xo’jalik boshqaruv organlari va ularning tuzilmaviy bo’limlari tomonidan, iste’molchilarning extiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan vazifalar. Vazifalar - jarayon, loyixa va funksional faollik shaklid bo’lishi mumkin.
BPMN (BusinessProcessModelandNotation) – faoliyat jarayonlarini diagramma shaklida modellashtirish va tavsiflash uslubi bo’lib u mazkur formatda qo’llaniladigan shartli belgilar tizimidan iborat.
Kontatktsiz muloqot – davlat va xo’jalik boshqaruv organlari funksional vazifalarini bajarish, maxsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish yoki xizmat ko’rsatish jarayonlarining yakuniy maxsulini iste’molchining interaktiv murojaati asosida, inson omili ishtirokisiz, ya’ni ixtisoslashgan tizimlar, mexanizmlar va vositalar orqali yetkazib berishini nazarda tutuvchi, o’zaro interaktiv munosabat shaklidir.
Rudiment protseduralar – boshqaruv tizimi va usullarining rivojlanishi, takomillashuvi natijasida o’zining asl moxiyatini yo’qotgan, ammo tartibotlarda o’rnashib qolgan funksional protseduralar. Bu protsedurlar amalga oshiriladigan funksiya yoki ko’rsatiladigan xizmat sifatiga qimmat qo’shmaydi, balki o’zini oqlamaydigan qo’shimcha, ortiqcha resurs sarflanishiga, maxsulot/xizmatlar tan narxi va qiymatini oshirib yuboruvchi omil sifatida faoliyat samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan tarkibiy tuzilma yoki amaliyot hisoblanadi.
Umumiy qoidalar
Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi unga turdosh usullaridan farqli ravishda, qisqa muddatda eskirgan, o’zini oqlamagan samarasiz usullar va vositalardan, rudiment jarayonlardan butunlay voz kechish xamda jarayonlarga zamonaviy AKTni joriy etish orqali mamuriy jarayonlarni tubdan isloh qilishni nazarda tutadi.
Bunda ma’muriy jarayonlarni amalga oshiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruv organlari manfaatlari emas, balki, faqat va faqat istemolchi fuqarolar manfaatlari, ularning extiyojlari, talabi va shart-sharoitlari birlamchi hisoblanadi.
Davlat va xo’jalik boshqaruv organlarning mutassadi rahbarlari, mas’ul xodimlari va xizmatchilari tomonidan reinjiniring tadbirlarini paysalga solishga bo’lgan harakat va intilishlari, davlat xizmatlarini modernizatsiyalashga yo’naltirilgan islohotlarga jiddiy to’siqlar yaratishi mumkin.
Reinjiniringni quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
1. Siyosiy qaror va hohish-irodaning mavjudligi;
2. Samaradorlik – asosiy omil sifatida;
3. Iste’molchi uchun qulayliklar yaratish;
4. Jarayonlarning funksiyalarga nisbatan afzallikka ega bo’lishi;
5. Vakolatlarni quyi bo’limlarga va mutaxassislarga topshirish;
6. Innovatsion yondashuv;
7. Muammoli masalalarni aniqlashda ichki va tashqi muhitni uzviy o’rganish.
Ushbu tamoyillarga va reinjiniring tadbirining asosiy omillariga ko’ra, ma’muriy jarayonlar reinjiniringini amalga oshirishda yuqori lavozimdagi rahbarlarning siyosiy qaror va hohish-irodalari birlamchi omil hisoblanadi va reinjiniring tadbirlarini “yuqoridan pastga” qarab amalga oshirish uchun asosiy turtki vositasini o’taydi.
Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi natijasida ham davlat organlari, ham iste’molchilar (aholi, tadbirkorlik sub’yektlari) manfaatdor bo’lishini ta’minlash joiz. Bunda barcha ortiqcha, takroriy va salbiy byurokratik to’siqlar bartaraf etilib, faqatgina “zaruriy byurokratiya”ga yo’l qo’yiladi. YA’ni, aholi va tadbirkorlar uchun ma’muriy yukning minimal zaruriy ko’rinishlarigagina yo’l qo’yiladi.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda “proaktiv” xizmatlar konsepsiyasi ilgari surilmoqda, ushbu konsepsiyaga muvofiq, ayrim davlat xizmatlari uchun hattoki iste’molchilarning murojaatlari ham talab qilinmaydi. Masalan, farzand tug’ilishi bilan mahalliy hokimiyatlar tomonidan bolalar bog’chasi va umumta’lim maktabiga ro’yxatga olish xizmati “proaktiv” xizmatlar ro’yxatiga kiradi.
Aksariyat hollarda davlat va xo’jalik boshqaruv organlarida har bir tarkibiy funksional bo’linma tomonidan faqatgina mazkur bo’linmaning funksiyalari doirasida e’tibor qaratilib, yakuniy natija rahbariyatdan tashqari hech kimni qiziqtirmaydi. YA’ni, har bir funksional bo’lim qo’yilgan masalaning yoki jarayonning faqatgina bir qismi bilan shug’ullanishi hamda boshqa bo’limlar faoliyatidan doimiy ravishda xabardor bo’lmasligi va umumiy muvofiqlashtirishning sustligi natijasida jarayonlarda nuqsonlar vujudga kelishi kuzatiladi. Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi jarayonlarni yaxlit holatda nazorat qilish mexanizmlarini joriy qilishni nazarda tutadi va yakuniy natijaga barcha tarkibiy bo’linmalar tomonidan qiziqish bo’lishini ta’minlashga undaydi.
Ayrim turdagi qarorlarni qabul qilish vakolatlarini quyi tashkilotlarga tushirish va Markaziy apparatga xos bo’lmagan funksiya va vazifalarni quyi tashkilotlarga berish orqali amalga oshirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Reinjiniring tadbirlarini o’tkazishda yangi g’oyalar uchun cheklovlar o’rnatilishi mumkin emas, har qanday yangi g’oyalar davlat xizmatini kelajakdagi yangi modeli uchun muhimdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ayni paytda ishlayotgan samarasiz tizimlarda emas, balki ma’muriy jarayonlari reinjiniringi natijasida yaratilgan yangi tizimlarda qo’llanilgan taqdirdagina yuqori samaradorlikka olib keladi. YA’ni, boshqa so’z bilan aytganda samarasiz tizimlarni avtomatlashtirish qisqa muddatda ma’lum vazifalarni soddalashtirsada, iste’molchilar uchun yetarli darajada qulayliklar yaratmaydi, balki eski tizimning barcha nuqsonlarini yanada ko’proq namoyish qiladi. SHuning uchun ham AKT vositalarini reinjiniring tadbirlari asosida yaratilgan yangi tizimlarda tadbiq etish maqsadga muvofiq.
Ma’lumki, bugungi kunda ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko’rsatishda ikki va undan ortiq ma’muriy organlar ishtirok etadi. SHu sababli, ma’lum bir xizmatga aloqador bo’lgan va ushbu xizmatni ko’rsatishda ishtirok etayotgan mazkur ma’muriy organlarda ham har bir ma’muriy jarayonlarni o’rganish talab etiladi. Bundan tashqari, reinjiniring tadbirlari mobaynida muammoli masalalar mazkur davlat xizmatlaridan foydalanuvchi aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan so’rovnoma yo’li bilan aniqlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bundan tashqari, ayrim turdagi eng ko’p uchraydigan xatoliklar mavjudki, ular reinjiniring tadbirlarini muvaffaqiyat qozonishiga jiddiy to’sqinliklar yaratadi.
Nisbatan qisqa muddatda katta odimlar bilan yuqori pog’onaga ko’tarilish, eng ilg’or ko’rsatgichlarga erishish vazifasi eskirgan, o’zini oqlamayotgan usullar, kuch va vositalarning baxridan o’tish, ma’muriy va xo’jalik boshqaruvidagi rudiment protseduralardan butunlay voz kechish orqali an’anaviy faoliyat tarkibini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan xolda tubdan islox qilish orqali amalga oshiriladi.
Bunday natijaga erishish uchun reinjiniring uslubining zaruriylik va yetarlilik shartlari asosida shakllantirilgan quyidagi tadbirlar aniq maqsad va o’zgarmas mo’ljal sifatida qat’iy mustaxkamlab qo’yilishi joiz:
1) davlat organlari va davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini keskin oshirish va baxolash mexanizmlarini xatosiz ishlashini ta’minlash;
2) davlat va xo’jalik boshqaruv organlari funksiyalari, xizmatlari va maxsulotlari sifatini global raqobat talablaridan ham yuqori darajasigacha oshirish;
3) davlat organlari funksiyalarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish va maxsulot ishlab chiqish me’yor-tartiblari faqat va faqat iste’molchi shart-sharoitiga mos bo’lgandagina tasdiqlanishiga erishish;
4) jarayonlarni qayta tartibga solishda mantiqiy va funksional jixatdan izchillik va uzluksizlikni ta’minlash;
5) uzundan uzoq, murakkab, samarasiz ma’muriy va funksional jarayonlarga butunlay barxam berish yoki eng minimal darajagacha soddalashtirish;
6) ortiqcha va bir birini takrorlovchi ma’muriy va funksional jarayonlarga barxam berish, voz kechish;
7) jarayonlardagi byurokratik g’ov va korrupsion sxemalarni tashkil etuvchi omillariga va muxitiga qarshi kurashish, yo’qqa chiqazish, xamda qayta g’ovlashga imkon bermaydigan innovatsion, kontaktsiz boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqib tizimning butun tarmog’ida keng ko’lamda joriy etish;
8) zamonaviy axborot kommunikatsiya tizimlarini joriy etish orqali avtomatlashtirish tadbirlarini faqat va faqat reinjiniring orqali optimallashtirish jarayonlaridan so’nggina amalga oshirish asosiy va birlamchi shart ekanligini qonun hujjatlarida mustaxkamlab qo’yish;
Reinjiniring doirasidagi optimallashtirish tizim zimmasidagi funksiyalarni bajarish uchun sarflanadigan o’zining hisobidagi, katta-kichikligidan qat’iy nazar, tashkiliy-tuzilmaviy, me’yoriy-huquqiy, moddiy-moliyaviy, mehnat, axborot va vaqt resurslari, shuningdek boshqa barcha kuch va vositalarning xar biridan unumli, o’z o’rnida, eng maqbul kombinatsiyalarda va motivatsion faollashtirish asosida foydalanishni nazarda tutadi.
Reinjiniringda ortiqcha jarayon va ob’yektlardan voz kechishga urg’u beriladi. Hususan:
1) Katta xajmdagi, qayta ishlanmaydigan va taxlil uchun foydalanilmaydigan, yakuniy natijaga qimmat qo’shmaydigan ma’lumotlarni qayta-qayta kiritish, uzatish, almashish, zaxiralarini ko’paytirish amaliyotlaridan vozkechish;
2) Ortiqcha, foydasi tegmaydigan inventar, moddiy-texnik resurslar zaxirasi va boshqa aktivlarni manfaatli loyihalar uchun safarbar etish;
3) Funksional jarayonlarning xar xil bosqichlarida bir xil vazifalarni takrorlanishi xolatlariga yo’l qo’ymaslik;
4) Faoliyatining yakuniy natijasi noaniq, mavxum va mantiqsiz bo’lgan tuzilmaviy bo’limlar, lavozim va xizmat vazifalarini bekor qilish;
5) Bir birini maqsad va vazifalarini, funksiya va vakolatlarini takrorlovchi tuzilmalarni uyg’unlashtirish, birlashtirish yoki qisqartirish tadbirlari resurslar ortiqcha sarfini optimallashtirishning kardinal shakli sifatida qaraladi.
Reinjiniring xulosalarini shakllantirishda:
- jarayonlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o’ta murakkabligi, izox va xavolalarni xaddan ziyod ko’pligi xolatlarini bartaraf etish;
- istemolchilarga samimiylik, beg’arazlik, g’amho’rlik, daxldorlik xislari bilan munosabatda bo’lish madaniyatini ommalashtirish ruxi aniq sezilib turishi lozim;
Reinjiniring davlat organlari va xizmatchilari funksiyalarini bajarish, xizmatlar ko’rsatish va maxsulot ishlab chiqarish:
1. jarayonini soddalashtirish;
2. jarayonlarining bosqichlari va qadamlari sonini qisqartirish;
3. muddatlarini qisqartirish;
4. ishtirok etuvchi davlat va xo’jalik boshqaruv organlari sonini qisqartirish;
5. talab etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish;
6. resurslar sarf-xarajatini optimallashtirish;
7. davlat boji va murojjatni ko’rib chiqish to’lovlarni optimallashtirish;
8. norasmiy to’lovlarga batamom barxam berish ko’rsatkichlari va me’zonlari orqali baxolanadi.
Hususiy kapital hisobiga faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik yuritish sub’yektlari reinjiniring tadbirlarini o’tkazishdan katta iqtisodiy foyda ko’radilar va shuning uchun reinjiniring tadbirlarini tezroq, samaraliroq va keng ko’lamda o’tkazishdan manfaatdor bo’ladilar. Ulardan farqli o’laroq iste’molchilarning soliq va boshqa qonuniy to’lovlari hisobiga shakllanadigan davlat byudjeti hisobidan faoliyat yurituvchi davlat boshqaruv organlari xamda davlat ulushi katta bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar esa, odatda reinjiniring tadbirlarini samarali va keng qamrovda amalga oshirishni paysalga solish va latent ko’rinishdagi to’siqlar yaratishga xarakat qiladilar.
CHunki, reinjiring tadbirlari ularni innovatsion boshqaruv usullarini o’zlashtirish, o’zilarining kasbiy maxoratlarini muttasil oshirib borish, iste’molchi manfaatlarini tashkilot va xususiy manfaatlaridan ustun qo’yish, resurslarni maqsadli sarflash, tez va sifatli ishlash singari yangicha talablar asosida faoliyat yuritishga majbur qiladi. SHu munosabat bilan bu toifadagi vazirlik-idora va tashkilotlarda reinjiniring tadbirlarini samarali o’tkazilishi birinchi raxbarning avvalam bor siyosiy idroki, ma’naviy va mafkuraviy immunitetining mustaxkamligi, zamonaviy dunyoqarashi, professional darajasi, omilkorligi va tadbirkorligi, g’ayrat-shijoati, ayniqsa ruxiyatida mardlik, vatanparvarlik va xalq dardiga daxldorlik tuyg’usining ustuvorligiga bevosita bog’liq.
Davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xar qaysi darajadagi mutassadi raxbari, mas’ul xodimlari va xizmatchilari tomonidan reinjiniring tadbirlarini asossiz ravishda paysalga solishga bo’lgan “xarakat va intilish”lari ularning fuqarolik pozitsiyasining davlat boshqaruvi organlarini modernizatsiyalashga yo’naltirilgan isloxotlarning siyosiy axamiyatini anglay olmasligi sifatida baxolash uchun belgi (signal) va tegishli xulosa chiqarilishiga asos bo’lishiga axamiyat qaratiladi.
Vazirlik-idora, tashkilot raxbari reinjiniring tadbirlarini o’tkazish uning zimmasiga yangi, innovatsion shart-sharoitlarda faoliyat yuritishni o’zlashtirish, ko’nikmalarni shakllantirish bilan bog’liq murakkab, ammo sharafli mas’uliyat yuklashini ham anglashi, unga ruxan va professional darajada tayyorgarlik ko’rishi, nostandart sharoitlarda karxt xolatga tushib qolmay, yechimini operativ ravishda topish va hal etish, sharoit jilovini o’z qo’liga, javobgarlikni o’z zimmasiga olish, ya’ni jarayonni nazorat qilib bora olish vazifasini yuklaydi.

MA’MURIY JARAYONLAR REINJINIRINGI TADBIRINI TAYYORLASH VA O’TKAZISH BOSQICHLARI


Ma’muriy va operatsion jarayonlar reinjiniringini o’tkazish lozimligini aniqlash me’zonlari
Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari faoliyatidagi ma’muriy va operatsion jarayonlarni reinjiniring orqali optimallashtirmasdan turib, joriy amaliyotni to’g’ridan to’g’ri avtomatlashitirib qo’yish mumkin emas. YA’ni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni reinjiniring tadbiri bilan birgalikda, bevosita bog’liq xolda amalga oshirilishi zaruriy shartdir. Bu shart BPR va IKT ning uzviy bog’liqlik konsepsiyasi bilan ifodalanadi. (Ilova 3)
Davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyatlari organlarida Ma’muriy va operatsion jarayonlar reinjiniringi tadbirlarini o’tkazish zarurligi quyidagi me’zonlar orqali aniqlanadi:
Muassasa tashkiliy tuzilmasining yiriklashib ketishi;
Jalb etiladagan tuzilma, tashkilotlar, bo’lim, xodim va ishtirokchilar soni ko’pligi;
Kelishish jarayonlarini murakkabligi va uzayib ketishi;
Xizmat ko’rsatish tartiblarining murakkabligi;
Me’yoriy tartiblarni byurokratik to’siqlarga aylanib ketishi;
Xizmat ko’rsatish muddatlarini uzayib ketishi;
Xizmat ko’rsatish sifatini pasayib ketishi;
Sarf-xarajatlarning ortib ketishi;
Xizmat ko’rsatish uchun sarflanadigan resurslar hajmining kattaligi va yakuniy natija qimmatiga nomuvofiqligi;
Talab etiladigan hujjatlar sonining ko’pligi;
Jarayon ichida ham paydo bo’ladigan xujjatlar mavjudligi;
Asosiy funksiya va vazifalardan og’ish;
Faoliyat samaradorligini pasayib ketishi;
Korrupsion omillar va muxit mavjudligi;
Hisobotlarda shaffoflikning yo’qolishi;
Real xolatni baxolash mexanizmlarini yo’qligi yoki buzilishi;
Iste’molchi va foydalanuvchilar e’tiroz va shikoyatlarining ortib ketishi;
Qonun buzilish xolatlarining davriy tus olishi;
Tizimli muammolarni uzoq vaqt yechimini topmasligi.
Vazirlik-idora yoki tashkilot faoliyati samaradorligini monitoring qiluvchi reja-iqtisodiyot, strategik rejalashtirish bo’limlari, revizion komissiyalari yoki turdosh funksiyalarni bajaruvchi tuzulmaviy bo’linmalari tomonidan mazkur mezonlarning kuzatilishi birinchi raxbar tomonidan ma’muriy va operatsion jarayonlarini reinjiniring qilish tadbirlarini o’tkazish rejasini tuzish uchun belgi (signal) vazifasini bajarishi lozim.
Reinjiniring tadbiri birinchi bor o’tkazilayotgan tashkilotlarda 7 ta bosqichdan iborat birlamchi reinjiniring tadbirlarini o’tkazish maqsadga muvofiq (Ilova 4). Keyingi reinjiniring tadbirlari xar 4-5 yilda bir marotaba o’tkazib boriladi. Ikkinchi va undan keyingi reinjiniring tadbirlari quyida tavsiflangan standart shaklda, 5 bosqichda amalga oshiriladi (Ilova 5, 4-jadval):
1. Tashkiliy tayyorgarlik bosqichi;
2. Reinjiniring ob’yekti muxitini taxlil qilish bosqichi;
3. Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatini taxlil qilish bosqichi;
4. Reinjiniring ob’yekti istiqbolli modelini loyhalash bosqichi;
5. Istiqbolli model loyhasini joriy etish bosqichi.
Tashkiliy tayyorgarlik bosqichi
Davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida reinjiniring tadbirlarini o’tkazish rejasining birinchi bosqichida quyidagi tashkiliy-tayyorgarlik masalalari inobatga olingan bo’lishi lozim:
Ma’muriy va funksional jarayonlar reinjiniringi tadbirini o’tkazish haqida me’yoriy xuquqiy xujjatni rasmiylashtirish;
Reinjiniring tadbirlarini o’tkazish Ishchi guruxini tuzish;
Muammoli ob’yekt (tashkilot, xizmat) larni va me’zonlarni aniqlash;
Vazifalarni belgilash va taqsimlash;
Ishchi gurux rejasini tuzish.
1) Ma’muriy va funksional jarayonlar reinjiniringi tadbirini o’tkazish haqida me’yoriy xuquqiy xujjat reinjiniring o’tkazilishi tashabbuskori bo’lgan organ tomonidan qabul qilinadi. Bu organlar davlat hokimiyati markaziy organlari, Vazirlik idora yoki reinjiniring tadbirlarini o’tkazish vakolatiga ega idora-muassasalar yoki tegishli litsenziyaga ega konsalting kompaniyalari ham bo’lishi mumkin. Meyoriy hujjatda reinjiniring tadbirlarini o’tkazish muddatlari, tadbir uchun mas’ul muassasalar, javobgar ijrochilar xamda moliyalashtirish manbaalari albatta qayd etilgan bo’lishi lozim.
2) Reinjiniring tadbirlarini o’tkazish Ishchi guruxi tarkibini tegishli me’yoriy xujjat qabul qilgan organ belgilaydi. Ishchi gurux a’zolarining 30 % gacha vazirlik-idora mas’ul xodimlaridan (bu tarkibga birinchi raxbar albatta kiritiladi), 70 % esa reinjiniring tadbirlarini o’tkazuvchi vakolatli tashqi organ ekspertlaridan iborat bo’ladi. Ishchi gurux a’zolari soni vazirlik-idora xajmiga qarab 5-30 kishidan iborat bo’lishi mumkin. Ishchi gurux tarkibi loyiha raxbari, loyixa koordinatori, ekspertlar, vakillardan iborat bo’lishi mumkin. Ishchi guruxi a’zolari tarkibidagi ekspertlar tizimli tahlilchilar, iqtisodchilar, huquqshunoslar, sotsiologlar, AKT muxandislari singari ixtisosliklar bo’yicha oliy ma’lumotga, ilmiy va amaliy ko’nikmaga ega, “Tizimli tahlil” (System Analyst, SA) yoki “Biznes-tahlil” (Business Analyst, BA) yo’nalishi, ixtisosligi bo’yicha malaka va tajribaga ega mutaxassislardan tuzilishi lozim.
3-5) Ishchi guruxining birinchi yig’ilishida muammoli ob’yekt (tashkilot, bo’linma, xizmat yoki jarayon), obektni baxolash mezonlari va parametrlarini aniqlash, ishchi gurux a’zolari orasida vazifalarni belgilash, taqsimlash va ishchi gurux rejasini tuzish masalalari hal etilishi maqsadga muvofiq. Ishchi gurux a’zolari ish rejasida belgilangan xizmat vazifalari bo’yicha ishlarni olib boradilar va davriy ravishda o’tkaziladigan “aqliy hujum” uslubidagi ishchi taqdimotlarda faoliyat natijalari sarhisob qilinadi va muvofiqlashtiriladi.
Istiqbolli model loyixasini joriy etish
Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi tadbirini o’tkazish bo’yicha tuzilgan ishchi guruxi tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli model loyixasini joriy etish vazifasini quyidagi bosqichlarda amalga oshirishi maqsadga muvofiq::
Reinjiniring yakunlari bo’yicha axborot taxliliy doklad tayyorlash va taqdimot o’tkazish;
Faoliyatning istiqbolli modelini joriy etish bo’yicha Vazirlar Maxkamasi qarorini rasmiylashtirish;
O’tkazilgan reinjiniring natijalari asosidagi istiqbolli modelni joriy etish natijalari xaqida axborot taxlily doklad tayyorlash.
1) O’tkazilgan reinjiniring tadbirlari yakuni xaqidagi axborot tahliliy doklad yuqoridagi bosqichlar so’ngida tayyorlangan ahborot tahliliy xujjatlar yig’indisidan iborat, hajmi 50-60 betdan iborat kengaytirilgan sharh shaklidagi hujjat bo’lib, uni O’zbekiston Respublikasi Milliy ahborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish Kompleks chora tadbirlari rejasini bajarilishi bo’yicha muvofiqlashtiruvchi Komissiya yig’ilishi kun tartibiga kiritiladi va taqdimoti (ppt) o’tkaziladi.
Dokladga ilova qilingan, reinjiniring tadbirlari nitijasida ishlab chiqilgan sohani isloh qilish konsepsiyasi, uni joriy etish tarmoq grafigi, chora-tadbirlar rejalari, davlat va ho’jalik boshqaruv organlari funksiyalari, xizmatlari, faoliyat jarayonlarning modellari, diagrammalari va istiqbolli reglamentlari muxokama qilinadi.
2) Loyiha bo’yicha bo’lib o’tadigan munozaralar doirasida bildirilgan fikr-muloxazalar inobatga olingan xolda, ushbu yig’ilish bayonnomasi asosida tegishli soha faoliyatning istiqbolli modelini joriy etish bo’yicha Vazirlar Maxkamasi qarorini loyixasi ishlab chiqiladi va rasmiylashtiriladi. Vazirlar Maxkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reinjiniring tadbirlari natijasi xisoblangan loyixani joriy etish chora-tadbirlar rejasida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishi tarmoq grafiklari asosida ijrosi ta’minlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 fevraldagi PF-4702 sonli farmoni 3-bandiga asosdan O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli me’yoriy xuquqiy xujjati (buyruq) bilan davlat va ho’jalik boshqaruv organlariga ijro uchun yuborilishi xam mumkin.
Birlamchi reinjiniring tadbirlari natijasi, shuningdek qolgan 80% funksiya va xizmatlar bo’yicha davlat organi va uning xizmatchilari faoliyatining samaradoriligi quyida tavsiflanadigan baxolash mexanizm orqali monitoring qilinadi.
Xulosa: Shunday qilib, elektron hukumat – davlat boshqaruvining elektron hujjat aylanish tizimi hisoblanadi. Natijada demokratik jamiyatni takomillashtiradi va davlatni xalqoldidagi ma’suliyatini oshiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



1.S.S Gulomov ,B.A .Begalov.informatika va texnologiyalari.Darslik. 
2. https://slideplayer.com/slide/15643735/ sayt
3.https://staff.tiiame.uz/storage/users/114/presentations/IiutAHLwi59koB5r07IoMantCVCL7NWmWHZ8Guan
4. http://www.myshared.ru/slide/1416939/
Yüklə 41,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin