Referati mavzu: Magnit maydonining tokli o'tkazgichlarga ta'siri Bajardi


Vakuumda magnit maydoni. Magnit maydon induksiya vektori



Yüklə 214,83 Kb.
səhifə2/2
tarix11.06.2023
ölçüsü214,83 Kb.
#128716
növüReferat
1   2
magnit maydonining tokli o\'tkazgichlarga ta\'siri

Vakuumda magnit maydoni. Magnit maydon induksiya vektori.
Magnit maydon yo`nalishini xarakterlash uchun ramka tekisligiga normal o`tkazamiz. Normalning uchidan qaraganimizda ramkadagi tok soat strelkasiga teskari yo`nalgan holda ko`rinsa, bu yo`nalish normalning musbat yo`nalishi deb qabul qilamiz. Boshqacha aytganda, normalning musbat yo`nalishi deb, dastasi ramkada oqayotgan tok yo`nalishi bo`ylab aylanayotgan parmaning ilgarilanma harakati yo`nalishini qabul qilamiz.
Ushbu keltirilgan namoyishlar hamda ramka tekisligiga o’tkazilgan normal yo’nalishlariga asosan, har qanday tokli o’tkazgichlar atrofidagi magnit maydon yo’nalishi parma yoki o’ng vint qoidasiga binoan topilishi ko’rinadi.



Magnit maydonni xarakterlovchi ikkinchi parametr bu magnit maydon kuch chiziqlari hisoblanadi. Kuch chiziqlarining zichligi magnit maydon induksiya vektoriga to’g’ri proporsional bo’ladi va bu kuch chiziqlarining yonalishi parma qoidasiga asosan aniqlanadi.


Toklarning magnit maydoni. Tajribalar ko’rsatadiki, magnit strelkasi tokli o’tkazgichga yaqinilashtirilsa, magnit strelkasi o’z o’qi atrofida aylanishi kuzatilgan. Bu hodisani birinch bo’lib, Eyxenvald kuzatgan. Har qanday o’tkazgich atrofida magnit maydon hosil bo’ladi, bu maydon o’zgarmas magnit maydoni bilan ta’sirlanishi mumkin
Har qanday harakatlanuvchi zaryadlangan zarrachalar atrofida magnit maydon hosil bo’ladi, bu maydon doimiy magnit maydoni bilan ta’sirlanishi lozim. Bu ta’sirlanishning kattaligi va yo’nalishi quyidagicha aniqlanadi:
Tokli o’tkazgich yaqinida va tartibli harakatdagi zaryadlangan zarrachalar yaqiniga magnit strelkasi yaqinlashtirtilganda (ya’ni ular orasida ma’lum masofa bo’lishiga qaramasdan) strelka tomonidan ta’sirning sezilishi ma’lum maydon hosil bo’lganligini ko’rsatadi.
Har qanday tokli o’tkazgich yoki tartibli harakatdagi zaryadlar oqimi atrofida magnit maydoni hosil bo’ladi.
Magnit maydon induksiya vektori va kuchlanganligi. Magnit maydon xossalarini tekshirish uchun buralish deformatsiyasini seza oladigan, ingichka ipga osib qo`yilgan ramkadan foydalanamiz.
Agar tokli ramka, tok o’tayotgan o’tkazgichga yaqin keltirilsa, u o’z o’qi atrofida aylanishi kuzatiladi.
Tokli o’tkazgich va ramkaning o’zaro ta’siri ushbu tajribani magnit maydonida joylashgan ramka misolida ham kuzatiladi.
Ushbu o’tkazilgan tajribalar va animatsiya namoyishlaridan ko’rinadiki, tokli ramka magnit maydoniga kiritilganda u o’z o’qi atrofida aylanadi. Demak, magnit maydonidagi tokli ramkaga ma’lum kuch momenti ta’sir etadi va bu kuch momentining kattaligi o’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi va ramkaning kesim yuzasiga to’g’ri proporsional bo’ladi.
M = IS 
Tenglamaga proporsionallik koeffitsiyenti B ni kiritamiz va B magnit maydon xossasini xarakterlovchi fizikaviy parametr hisoblanadi va unga magnit maydon induksiya vektori deyiladi.
Uning qiymati  bu yerda Pm ramkaning magnit momenti hisoblanadi va u Pm = IS ga teng.
Yüklə 214,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin